|
MUAMMOLI MASALA VA VAZIYaTLAR METODI Pdf ko'rish
|
bet | 115/123 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 6,57 Mb. | | #148347 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot (1)
MUAMMOLI MASALA VA VAZIYaTLAR METODI
Muammoli masala va vaziyatlar metodi- ta‘lim beruvchining muammoli vaziyatlarni
yaratishga va ta‘lim oluvchilarning faol bilish faoliyatlariga asoslangan. U aniq vaziyatni tahlil
qilish, baholash va keyingi qarorni qabul qilishdan iborat.
Muammoli masala va vaziyatlar metodidan foydalanish orqali nazariya amaliyot bilan
bog‘lanib, o‘rganilayotgan material ta‘lim oluvchilar uchun yanada muhimligi ortadi.
Muammoli masala va vaziyatlar metodi pedagogik texnologiyasining chizmasi 17-rasmda
keltirilgan.
Muammoli topshiriq faktlarni o‘rganish yoki real hayotdan olingan vaziyat va ba‘zi
insonlarning qiziqarli qarashlarini o‘z ichiga olishi mumkin. Ta‘lim beruvchi o‘quvchilarga
berayotgan topshiriq qanday bo‘lishidan qat‘iy nazar muammoli xarakterga ega bo‘lishi zarur
O’QUV LOYIHA METODI
Ushbu metodning mohiyati shundan iboratki, ma‘lum muddat ichida (bitta o‘quv
mashg‘ulot doirasidan 2-3 oy muddat ichida) ta‘lim oluvchi guruhli yoki yakka tartibda berilgan
mavzu yuzasidan loyiha topshirig‘ini bajaradi. Uning vazifasi – muayyan foydalanuvchiga
yo‘naltirilgan yangi ma‘lumot olish, belgilangan muddat ichida berilgan u yoki bu muammoni ilmiy,
texnikaviy echimidan iborat.
O‘quv loyihasi tushunchasi:
- muayyan iste‘molchiga mo‘ljallangan, muammolarni izlash, tadqiq qilish va echish,
natijani noyob (moddiy yoki intellektual) mahsulot ko‘rinishida rasmiylashtirishga qaratilgan.
Talablarning mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil qilish usuli;
- nazariy bilimlar orqali amaliy vazifalarni echishga qaratilgan o‘quv vosita va qurollari;
- rivojlantiruvchi, ta‘lim-tarbiya hamda bilimlarni kengaytirish, chuqurlashtirish va
malakalarni shakllantirishga qaratilgan didaktik vosita.
Loyiha turi va uning asosiy belgilari
Loyihaning asosiy belgilari
|
| |