• 1. Institutsional nazariyalarning paydo bo’lishi va rivojlanishi tarixi
  • Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot




    Download 6,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/123
    Sana30.01.2024
    Hajmi6,57 Mb.
    #148347
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot (1)
    JIZZAX VILOYATIDAGI SELLAR VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH, 3. PUXTALIK KO\'RSATKICHLARNING TARQOQLIGI STATISTIK SINOVLAR USULI, Transformatorlar va ularning ishlash prinsipi, MATEM, 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim (KUNDUZGI), Abdullo Fayzullayev, 5-Ma\'ruza, Bipolyar Tranzistorlarning tuzulishi. Bipolyar turlari ishlashi statik haraktersitikalari va parametrlar, АТБ Қишлоқ, ми электроника амалий, 2 mustaqil ish, Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hisobi Reja Kirish Asosiy q, Fayllarni arxivlash jarayoni, 6 -mavzu. Matn va uning turlari. Mikro matn va makro matn. Reja-fayllar.org, 8-MARCH
    I.O’QUV MATERIALLARI 
    1.1.MA’RUZA MAShG’ULOTLARI MATNI
     
    1-Mavzu. “Institutsional iqtisodiyot” fanining predmeti va mazmuni, tamoyillari 
     
    Reja 
    1. Institutsional nazariyalarning paydo bo’lishi va rivojlanishi tarixi 
    2. Institutsionalizmning metodologik asoslari va institutsional tahlilda boshlang’ich 
    nuqta masalasi 
    3. Neoinstitutsional nazariyaning asosiy yo’nalishlari 
    4. Institutsional iqtisodiyotning rivojlanish xususiyatlari 
     
    TAYaNCh SO’Z VA IBORALAR: institut, instutprovayder, institutsionallashtirish, ijtimoiy 
    adolat nazariyasi, muvozanat nazariyasi, institutsional nazariya, Kouz teoemasi 
    1. Institutsional nazariyalarning paydo bo’lishi va rivojlanishi tarixi 
    Ilmiy iqtisodiy nazariyalar shakllanishi XVII asrda Evropada dastlab V.Petti, Buagilber, 
    keyinroq esa, A.Smit va D.Rikardolarning klassik iqtisodiy ta‘limotlari bilan tavsiflanadi. XIX 
    asrning etmishinchi yillariga kelib, klassik nazariyaning K.Menger, M.Jevons, L.Valras va 
    boshqa tadqiqotchilarning faoliyati zamiridagi marjinal yondashuv bilan kengayishi neoklassik 
    nazariya sifatida A.Marshallning ―Iqtisodiyot printsiplari‖ asarida o‘z ifodasini topdi. 
    Keyinchalik A.Marshallning qarashlari J.B.Klark izlanishlarida takomillashdi.
    Neoklassik nazariyaning asosiy tamoyillari ikki qismdan iborat. Asosiy tamoyillarning 
    birinchi qismini klassikaning ―eski‖ tamoyillari, ikkinchi qismni esa, neoklassikaning ―yangi‖ 
    tamoyillari tashkil etadi. ―Eski‖ tamoyillar ―qat‘iy negiz‖ bo‘lsa, ―yangi‖ tamoyillar 
    neoklassikaning «himoya qobig‘i»ni tashkil etadi
    3

    ―Eski‖ tamoyillarga quyidagilar kiradi: 

    bozorda hamma vaqt muvozanat mavjud, u yagona Pareto (Valras-Errou-Dobre) 
    optimumi talablariga mos keladi; 

    bozorda individlar tomonidan oqilona tanlov amalga oshiriladi; 

    individlarga tashqi omillar ta‘sir ko‘rsatmaydi, ularning biror holatni afzal bilishi 
    barqaror va ekzogen xususiyatga ega;

    xarajatlarning yagona turi – ishlab chiqarish xarajatlari hisobga olinadi. Ayni 
    chog‘da ayirboshlash xarajatlari e‘tiborga olinmaydi. 
    ―Yangi‖ tamoyillarga ko‘ra:

    bozorda ayirboshlashni amalga oshirish uchun resurslarning xususiy mulkni tashkil 
    etishi asosiy zamin hisoblanadi; 

    individlarda bitim to‘g‘risidagi barcha axborot mavjud;

    ayirboshlash chegaralari kamayib boruvchi foydalilik tamoyili asosida hamda 
    resurslarning dastlabki taqsimlanishidan kelib chiqib, belgilanadi. 
    Klassik nazariyaning rivojlanishida kuzatiladigan istalgan qoida tuzatishlar va 
    aniqlashtirishlar jarayonida «Eski tamoyillar»ni tashkil qiluvchi fikrlar o‘zgarishsiz qolishini 
    nazarda tutadi. Ular tadqiqot paradigmasi, nazariyani izchil qabul qiluvchi har qanday 
    tadqiqotchining tanqidi qanchalik keskin bo‘lmasin, ―eski‖ tamoyillardan voz kechilmaydi. 
    Aksincha, nazariyaning rivojlanishiga qarab uning tadqiqot predmetiga «yangi tamoyil»ni tashkil 
    qiluvchi qarashlarga doimiy tuzatishlar, yangi unsurlar kiritiladi. 
    «Eski» institutsionalizm nazariyasining mohiyatini yanada to‘liqroq ko‘rib chiqish uchun 
    ushbu ilmiy yo‘nalishning ko‘zga ko‘ringan vakillari T.Veblen, K.Polani va J.K.Gelbreyt 
    qarashlariga murojaat etish mumkin. Mashinali ishlab chiqarishning paydo bo‘lishini tahlil 
    qilishda kapitalist bilan yollanma ishchi o‘rtasidagi munosabatlar tizimi mehnat taqsimoti qabul 
    qiladigan quyidagi tashkiliy shakllar orqali ularning o‘zaro ta‘siriga e‘tibor qaratildi: tabiiy 
    3
    Alchian A., Demsetz H. The property rights paradigm // Journal of Economic Histo 1973. M. 33. № 1. P. 17.


     6 
    mehnat taqsimoti → kooperatsiya → manufaktura va mutlaq qo‘shimcha qiymatni shakllantirish 
    → xususiy ishchining paydo bo‘lishi → mashinalarning paydo bo‘lishi → fabrika → nisbiy
    qo‘shimcha qiymatni shakllantirish.
    Karl Polanining ta‘kidlashicha, aynan milliy resurslar va mehnat bozorining shakllanishi 
    asosida davlatning aralashuvi yotadi. G‘arbiy Evropaning barcha ichki bozorlari mahalliy 
    bozorlar tabiiy evolyutsiyasining natijasi emas, balki davlatning aralashuvi orqali barpo etilgan.
    T.Veblen «Bekorchi sinf nazariyasi» (1899) [32] asaridagi odatlar to‘g‘risidagi tahlilda 
    xolizm metodologiyasini qo‘llaydi. Odatlar individlarning bozordagi, siyosiy sohadagi, oiladagi 
    xatti-harakatlari doiralarini belgilab beruvchi institutlardan biri hisoblanadi. Insonlar xatti-
    harakati Veblen tomonidan ikkita juda qadimiy odatdan kelib chiqib, ta‘riflanadi. Bu odatlarni u 
    raqiblik hissiyoti (boshqalardan birinchi bo‘lish, umumiylikdan ajralib turish istagi) va mahorat 
    hissiyoti (halol va samarali mehnat qilishga moslashish) deb nomlaydi. T.Veblenning fikriga 
    ko‘ra, raqiblik hissiyoti mulkchilik va bozordagi raqobatning asosida yotadi. Ushbu hissiyotning 
    o‘zi individ o‘z tanlovini amalga oshirishda o‘z foydaliligini ko‘paytirishni emas, balki 
    boshqalarning ko‘z o‘ngida o‘z nufuzini oshirishni ko‘zlovchi «oshkora iste‘mol»ni izohlaydi. 
    Masalan, sotib olmoqchi bo‘lgan avtomobilni tanlashda iste‘molchi uning narxiga va texnik 
    xususiyatlariga emas, balki muayyan rusumdagi mashinaga egalik qilish orqali ta‘minlanadigan 
    nufuzga e‘tiborni qaratadi. 
    Va nihoyat, ―eski‖ institutsionalizm namoyondasi J.K.Gelbreyt o‘z tahlilini axborot va 
    axborot almashuvining ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlanishi masalalaridan boshlaydi. Uning 
    asosiy fikri – hozirgi bozorda hech kim to‘liq axborotga ega emas. Har bir shaxsning bilimlari 
    ixtisoslashgan va xususiy ahamiyatga ega, axborot to‘liqligiga faqat ushbu to‘liq bo‘lmagan 
    bilimlarni birlashtiruvchi tashkilot doirasida erishish mumkin, deb ta‘kidlaydi. Bunda hokimiyat 
    alohida shaxsdan guruhga birlashgan, individuallikka ega bo‘lgan tashkilotlar qo‘liga o‘tadi. 
    So‘ngra mazkur tashkilot individlarning xatti-harakatiga ko‘rsatadigan ta‘sirni tahlil qilib, 
    individlar tavsiflarini institutsional muhit funktsiyasi sifatida ko‘rib chiqadi. Masalan, uning 
    ta‘kidlashicha, iste‘mol talabining o‘sishi iste‘molchilarning o‘z ichki tuyg‘ulari yuqori 
    bo‘lishidan emas, balki ularni ishontirish uchun reklamadan faol foydalanuvchi korporatsiyalar 
    manfaatlarining o‘sishidan kelib chiqadi. 
    Bozor iqtisodiyoti munosabatlarining jadal rivojlanishi barobarida iqtisodiy tadqiqotlar 
    ko‘lami yanada kengaydi va chuqurlashdi. Bu bilan hozirgi zamon iqtisodiy ta‘limotlarining 
    yirik yo‘nalishlari shakllandi
    4

    Hozirgi zamon iqtisodiy ta‘limotlarini o‘rganishning eng keng tarqalgan yondashuvlariga 
    ko‘ra, ular uchta yo‘nalishni o‘z ichiga oladi: neoklassika, institutsionalizm va keynschilik. 
    Biroq, mamlakatimizda mazkur yo‘nalishlar – ayniqsa, institutsionalizm yo‘nalishi sohasidagi
    ilmiy-nazariy, o‘quv-uslubiy jabhalar yaxlit bayon etilgan adabiyotlarni etarli, deb bo‘lmaydi. 
    Institutsionalizmning nazariy yo‘nalish sifatida shakllanishi bevosita klassik va 
    neoklassik nazariyalar bilan bog‘liq. Binobarin, neoklassika tamoyillaridagi yuqorida
    ko‘rsatilgan cheklovlarni hisobga olgan holda, bozor modelini tuzishga yo‘naltirilgan nazariya – 
    institutsionalizm hisoblanadi. Ushbu nazariyaning tadqiqot markazida institutlar – insonlar 
    tomonidan barpo etiladigan va o‘zaro hamkorlikni tarkiblovchi siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy 
    me‘yorlar va qoidalar turadi. Institutsional nazariya qoidalari neoklassik yondashuvga nisbatan 
    yangi nazariya bo‘lib, bozor munosabatlarini tahlil qilishning yangi sohasidir.
    Institutsionalizm bugungi kunda iqtisodiyot fanining eng tez rivojlanib borayotgan 
    yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu ko‘proq neoinstitutsional iqtisodiy nazariyaga yoki yanada 
    kengroq qilib aytadigan bo‘lsak, neoinstitutsional nazariyaga yoki neoinstitutsionalizmga 
    taalluqli. 
    Ilmiy manbalar [30, 32, 34, 40, 41, 47] guvohlik berishicha, neoinstitutsionalizm chuqur 
    tarixiy ildizga ega. XIX asr oxiri – XX asr boshida yuzaga kelgan ―eski‖ institutsionalizmning 
    asoschilari bo‘lib T.Veblen, J.R.Kommons va U.Mitchellar hisoblanishadi. Hozirgi zamon 
    4
    Dobb Maurice, Capitalist Enterprise and Social Progress, London: G. Routledge & Sons, 1925 


     7 
    iqtisodchilari ularning ishlaridan bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan va 
    iqtisodiyot fanining an‘anaviy usullari yordamida izohlanishi qiyin bo‘lgan jarayonlarni tahlil 
    qilish imkonini beruvchi g‘oyalarni topmoqda. 
    Biroq o‘tgan asrning 60-70 yillarigacha institutsional yo‘nalish ancha sust rivojlangan. 
    Keyinchalik eski g‘oyalar ikkinchi bosqich institutsionalistlari – J.K.Gelbreyt, R.Xaylbroner, 
    F.Perru, J.Furaste, G.Myurdal va boshqalarning ishlarida o‘z ifodasini topgan. 
    ―Eski‖ (zamonaviy) institutsionalizmning uchinchi bosqichi asosan J.Xodjson 
    boshchiligidagi [55] ―kembridj maktabi‖ olimlarining faoliyati bilan bog‘liq. 
    Shu bilan birga turli iqtisodiy maktablarga mansub bir qator iqtisodchilar [30, 31] 
    institutsional tizimlarni tahlil qilish bilan shug‘ullanib, o‘z tadqiqotlarida institutsional 
    yondashuvdan bevosita yoki bilavosita foydalanishgan. 
    Institutsional nazariyaning ko‘p sonli masalalarini yorituvchi adabiyotlarda [31, 39, 40, 
    50, 56] institutsionalizm turli yo‘nalishlarining metodologik xususiyatlari to‘g‘risidagi fikr-
    mulohazalarga katta ahamiyat berilgan. 
    ―Eski‖ institutsionalizm bilan neoinstitutsionalizmda ko‘plab umumiyliklar mavjud – bu 
    institutlarni tadqiq etish, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni o‘rganishga nisbatan 
    evolyutsion yondashuvning ayrim jihatlarini tahlil qilishdir. Umuman olganda ushbu ikkita 
    yondashuv kesishuv nuqtalariga ega emas. 
    Rossiyalik olim R.Nureevning fikriga ko‘ra, ―eski‖ institutsionalizm bilan 
    neoinstitutsionalizm o‘rtasida, kamida, uchta asosiy farq mavjud
    5

    1) Agar ―eski‖ institutsionalistlar zamonaviy iqtisodiy nazariya muammolarini 
    jamiyatdagi boshqa fanlar usullari bilan o‘rganishga intilgan holda huquq va siyosatdan 
    iqtisodiyot tomon borishsa, neoinstitutsionalistlar bunga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshi yo‘ldan 
    borishadi, ya‘ni ular o‘z tahlilida neoklassik iqtisodiy nazariya vositalariga tayanadi, zamonaviy 
    mikroiqtisodiy usullarni qo‘llagan holda siyosiy va huquqiy muammolarni o‘rganadi. 
    2) ―Eski‖ institutsionalizm asosan induktiv usulga asoslanib, alohida holatlardan 
    umumlashtirishga tomon intildi, buning natijasida, qator iqtisodchilarning fikriga ko‘ra, umumiy 
    institutsional nazariya yuzaga kelmadi; neoinstitutsionalizm deduktiv yo‘ldan borib, neoklassik 
    iqtisodiy nazariyaning umumiy tamoyillaridan ijtimoiy hayotning muayyan hodisalarini 
    izohlashga intilmoqda. 
    3) ―Eski‖ institutsionalizm radikal iqtisodiy tafakkur oqimi sifatida asosiy e‘tiborni 
    insonlar manfaatlarini himoyalovchi jamoalar (asosan, kasaba uyushmalari va hukumat) xatti-
    harakatiga qaratdi; neoinstitutsionalizm qaysi jamoa a‘zosi bo‘lish uning uchun foydali 
    ekanligini o‘z manfaatlariga amal qilgan holda hal etuvchi mustaqil individga e‘tibor qaratadi. 
    4) ―Eski‖ institutsionalizm metodologik xolizmdan foydalanadi, uni umumiy tarzda 
    quyidagicha ta‘riflash mumkin: ―institutlar birlamchi, individlar ikkilamchi‖. Ushbu holat 
    neoinstitutsional nazariyaga asos qilib olindi. 
    Shu nuqtai nazardan ―eski‖ va ―yangi‖ institutsional maktablarni bir biridan farqlash 
    lozim. Ingliz iqtisodchisi J.Xodjson [55] u yoki bu yo‘nalishga mansub olimlarni quyidagicha 
    tarzda tasniflashni taklif qiladi: 

    Download 6,57 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




    Download 6,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot

    Download 6,57 Mb.
    Pdf ko'rish