Institutsionalizmning metodologik asoslari va institutsional tahlilda boshlang’ich nuqta




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/123
Sana30.01.2024
Hajmi6,57 Mb.
#148347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Bog'liq
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot (1)
JIZZAX VILOYATIDAGI SELLAR VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH, 3. PUXTALIK KO\'RSATKICHLARNING TARQOQLIGI STATISTIK SINOVLAR USULI, Transformatorlar va ularning ishlash prinsipi, MATEM, 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim (KUNDUZGI), Abdullo Fayzullayev, 5-Ma\'ruza, Bipolyar Tranzistorlarning tuzulishi. Bipolyar turlari ishlashi statik haraktersitikalari va parametrlar, АТБ Қишлоқ, ми электроника амалий, 2 mustaqil ish, Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hisobi Reja Kirish Asosiy q, Fayllarni arxivlash jarayoni, 6 -mavzu. Matn va uning turlari. Mikro matn va makro matn. Reja-fayllar.org, 8-MARCH
 
2. Institutsionalizmning metodologik asoslari va institutsional tahlilda boshlang’ich nuqta 
masalasi
Hozirgi vaqtda neoinstitutsional yondashuvdan nafaqat iqtisodchilar va sotsiologlar, balki 
yuristlar va siyosatshunoslar ham foydalanishmoqda. Bu ko‘proq ham jahon xo‘jalik tizimini
ham alohida olingan milliy iqtisodiyotni tadqiq etishga taalluqli, chunki fundamental tahlilni, 
xoh u iqtisodiy nazariya, siyosatshunoslik, sotsiologiya, huquq bo‘lsin, bir fan doirasida olib 
borib bo‘lmaydi. 
Hozirgi bosqichda iqtisodiy imperializm
7
iqtisodiy fanning deyarli barcha oqimlariga xos, 
biroq neoinstitutsionalizmda u yaqqol namoyon bo‘ladi, bu boshqa metodologik asoslardan voz 
kechmagan va neoklassikaning ―qat‘iy negizi‖ni o‘zgartirmagan holda jamiyat haqidagi boshqa 
fanlar – psixologiya, sotsiolgiya, siyosatshunoslik fanlarining ishlanmalaridan foydalanish 
imkonini beradi. Bu hol tahlil sohasini sezilarli darajada kengaytirib, uni boyitadi va aniqlikka 
yaqinlashtiradi. 
Neoinstitutsionalizm ikkita umumiy asosdan kelib chiqadi, birinchidan, ijtimoiy 
institutlar ahamiyatga ega, ikkinchidan ular neoklassik nazariya vositalari yordamida tadqiq 
etiladi. Ushbu ikki taraflama xususiyat neoinstitutsionalizmni ―eski‖ institutsionalizm va 
neoklassik nazariyadan ajratib turadi. 
Neoinstitutsionalizm neoklassik nazariyadan insonning ko‘paytiruvchi xatti-harakati va 
metodologik individualizm tamoyillarini meros qilib olgan holda o‘tgan asrning 50-60 yillarga 
6
Эггертсон Т. Экономическое поведение и институты. –М.: ДЕЛО, 2001. – С. 18-19. 
7
Неоклассик ѐндашувнинг асосида жамият тўғрисидаги фанларнинг бутун тарқоқ саналарини 
умумлаштириш (унификациялаш) ѐтади. 


 9 
kelib shakllandi. Neoinstitutsionalizmning ayrim variantlarida o‘yinlar nazariyasidan 
foydalaniladi. Ayrim neoinstitutsionalistlar o‘z tadqiqotlarida evolyutsion nazariya qoidalariga 
tayanadi. 
Biroq, 
ularning 
o‘xshashligiga 
qaramay, 
neoinstitutsional 
va 
neoklassik 
yondashuvlarining metodologik xususiyatlarini belgilab beruvchi bir qator farqlarni ajratish 
mumkin. 
Neoinstitutsional nazariya ijtimoiy jarayonning real faoliyat ko‘rsatuvchi ishtirokchilari 
sifatida guruhlar yoki tashkilotlarni emas, balki alohida individlarni o‘rganadi. Shu tariqa 
tashkilotlar ichida individlar o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlar turli tashkiliy 
tuzilmalarning mavjud bo‘lishini izohlash uchun hal qiluvchi omil hisoblanib, neoinstitutsional 
nazariyani o‘rganish ob‘ekti sanaladi, ayni paytda neoklassik nazariyada firma ―qora quti‖ 
sifatida ko‘rib chiqildi. Firmaning paydo bo‘lishi masalalari ham neoklassiklar nazaridan chetda 
qoldi, ayni paytda neoinstitutsional yo‘nalish vakillarining ko‘plab ishlari, shu jumladan R.Kouz 
ishlari [30]ning maqsadi ―firmaning mavjud bo‘lishini izohlash va uning faoliyati ko‘lamlarini 
belgilab beruvchi sabablarni qidirib topishdan iborat bo‘ldi‖. 
Ta‘kidlash lozimki, metodologik individualizm bir qator jarayonlarni tadqiq etish uchun 
ancha jiddiy cheklovlarni belgilaydi. Masalan, davlatni yagona, uyg‘unlashgan tarzda foliyat 
ko‘rsatuvchi, bo‘linmas organizm sifatida aniq tasavvur qilishga to‘liq tayangan tadqiqotni 
amalga oshirish muammoga aylandi; davlatning maqsadli funktsiyasini ko‘paytirishga, individlar 
funktsiyalarining qismi (agregati) hisoblanmaydigan o‘ziga xos ―ijtimoiy ne‘mat funktsiyasi‖ga 
asoslangan yondashuvlardan foydalanish ham qiyindek tuyuladi. Ikkinchi tomondan, bunday 
asos tadqiqot natijasida olinadigan xulosalarning amaliyot nuqtai nazaridan ahamiyatini yanada 
oshiradi, chunki ular real ma‘lumotlarga asoslanadi. 
Individlar va institutlarning o‘zaro bog‘liqligini tahlil etishda boshlang‘ich nuqtaga 
nisbatan ikkita tamoyil mavjud. Birinchi tamoyilda institutlar individlarning manfaatlari hamda
xatti-harakatlari orqali tushuntiriladi va metodologik individualizm deb nomlanadi. Ya‘ni, individ 
institutlarni tahlil qilishda boshlang‘ich nuqta hisoblanadi. Masalan, davlatni tavsiflashda uning 
fuqarolarining manfaatlari va o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqiladi. Metodologik 
individualizm tamoyilining davomi ichki sabab natijasida vujudga kelgan evolyutsiya 
kontseptsiyasidir. Ushbu kontseptsiyaga ko‘ra, institutlar insonlarning harakatlari natijasida
paydo bo‘ladi degan taxmin ilgari suriladi. Ya‘ni, individlar birlamchi, institutlar esa ikkilamchi 
o‘rin tutishi to‘g‘risidagi taxmin neoklassiklar qarashlarida o‘z aksini topgan. 
Aksincha, tahlil uchun boshlang‘ich nuqta sifatida individlar emas, balki institutlar 
belgilanishi ikkinchi tamoyilga asos bo‘ladi. Shu tariqa ikkinchi tamoyilda xolizm 
metodologiyasidan foydalaniladi. Boshqacha aytganda, individlar institutlarning ta‘rifidan kelib 
chiqib tavsiflanadi. Institutlar esa, o‘zlari makrodarajada munosabatlar tizimini takror ishlab 
chiqarishda bajaradigan funktsiyalar orqali izohlanadi. Endi fuqarolar o‘z hukumatini emas
balki hukumat ma‘lum xildagi fuqarolarning shakllanishiga ko‘maklashadi. So‘ngra, ichki sabab 
natijasida vujudga kelgan evolyutsiya kontseptsiyasiga institutsional determinizm g‘oyasi qarshi 
turadi va u muhim barqarorlashtiruvchi omil hisoblanadi. Institutlar – o‘tmishda sodir bo‘lgan 
«jarayonlar natijasi» bo‘lib, ular o‘tmish holatlariga moslashgan va shuning uchun ijtimoiy 
mo‘rtlik, ruhiy omili hisoblanadi va barcha keyingi rivojlanish «doiralarini» belgilab beradi. 
Shunday qilib, xolizmda individlarning manfaatlari va xatti-harakatlari ularning o‘zaro 
hamkorigini oldindan belgilab beruvchi institutlarning tavsifi orqali izohlanadi. Ya‘ni, bunda 
institutlar birlamchi, individlar esa, ikkilamchi o‘rin tutadi. 

Download 6,57 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Institutsionalizmning metodologik asoslari va institutsional tahlilda boshlang’ich nuqta

Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish