• Tayanch so’z va iboralar
  • Institutlar
  • -Mavzu. Institutlar va ularning jamiyat rivojlanishidagi roli




    Download 6,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/123
    Sana30.01.2024
    Hajmi6,57 Mb.
    #148347
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   123
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot (1)

     
    2-Mavzu. Institutlar va ularning jamiyat rivojlanishidagi roli 
    Reja 
    1. “Institut” va “norma” tushunchalarining mohiyati 
    2. Rasmiy va norasmiy normalar va ularning shakllanishi 
    3. Institutsional matritsa 
    4. Institutsional o’zgarishlar va institutlarning o’zaro bog’liqligi. 
     
    Tayanch so’z va iboralar: individual imperalizm, metodlogik imperalizm, norma, institutsional 
    matritsa, institutsional o‘zgarishlar, ekspantsiya, murosa, urinish. 
     
    1. “Institut” va “norma” tushunchalarining mohiyati 
    Institutlar jamiyat hayotida muhim o‘rin tutadi. Agar bir daqiqaga barcha institutlar yo‘q 
    bo‘lib ketishini tasavvur qiladigan bo‘lsak, u holda tartibsizlik boshlanib ketgan bo‘lardi va bu 
    hol, o‘z navbatida, abadiy davom etmas edi. Chunki insonlarning o‘z hayotini tartibga keltirishga 
    urinishlari yangi institutlarning paydo bo‘lishiga olib kelgan bo‘lardi. 
    Institutlar tabiatini yanada chuqurroq tahlil qilish global xususiyatlarga ega bo‘lgan qator 
    savollarga, xususan, nima uchun bozorlar ―ishlaydi‖ yoki ―ishlamaydi‖? Iqtisodiy siyosatning u 
    yoki bu tadbirlari nima uchun samarali yoki samarasiz bo‘ldi? Iqtisodiyotdagi qaysi o‘zgarishlar 
    ichki sabablarga ko‘ra yohud hukumatning u yoki bu qarori tufayli yuzaga keldi, degan 
    savollarga javob topish imkonini beradi.
    Institutlar o‘zi nima? Turli davrlar tadqiqotchilari institutlar mohiyatini va ularning 
    faoliyat ko‘rsatish mexanizmini yoritvchi bir necha ta‘riflarni asoslashgan. T.Veblen [32] 
    institutlarni quyidagicha ta‘riflagan: ―Institutlar – bu insonlar ularga amal qilgan holda turmush 
    kechiradigan odatiy tafakkur tarzi‖ yoki ―Institutlar – bu o‘tmishda sodir bo‘lgan jarayonlar 
    natijasi bo‘lib, ular o‘tmish sharoitlariga moslashgan va, o‘z navbatida, hozirgi vaqt talablariga 
    to‘liq moslashmagan‖.
    E.Erdvard tomonidan [60] ―Institutlar – bu ko‘plab individuumlar ulardan hamma joyda 
    va har kuni foydalanadigan va asosan o‘zining noyobligi bilan tavsiflanadigan ijtimoiy 
    ne‘matlar. Institutlar almashuv jarayonini soddalashtiradi. Ular – qarorlar qabul qilish 
    jarayonining yakka tartibdagi qarorlarni ijobiy qarorlarga aylantiruvchi ajralmas qismi‖, deya 
    ta‘riflangan.
    J.Xodjsonning ta‘riflashicha [55], ―Institutlar – an‘ana, urf-odat yoki qonunchilik 
    cheklovi orqali uzoq muddatli va barqaror hulq-atvor namunalarining yaratilishiga olib keluvchi 
    ijtimoiy tashkilot‖.


    13 
    Institutlarni ko‘z bilan ko‘rib, ularni jismonan his etib yoki o‘lchab bo‘lmaydi. Bu inson 
    ongi bilan yaratilgan o‘ziga xos konstruktsiyalar, ko‘zga ko‘rinmaydigan mexanizmlardir. 
    Institutlar insonlarning muayyan jamoasiga xos bo‘lgan tafakkur tarzini aks ettiradi. 
    Institutlarning yana boshqa bir ta‘rifi B.Z.Milner tomonidan D.Nort [46] yozgan 
    so‘zboshishida keltirilgan: ―institutlar – bu insonlar tomonidan ishlab chiqilgan cheklovlar 
    hamda ularning o‘zaro hamkorligini tarkiblashtiruvchi majburlash omillari. Bularning barchasi 
    birgalikda jamiyat va iqtisodiyotning undovchi tarkibini hosil qiladi‖. 
    Yuqorida keltirilgan ta‘riflar institutlarning asosiy xususiyatlarini qamrab olgan holda, 
    ularning asosiy funktsiyalarini hamda rivojlanish qonunlarini aks ettiradi hamda jamiyatni 
    rivojlantirish uchun institutlarning muhimligini ta‘kidlaydi. Yuqorida ko‘rsatilgan barcha 
    holatlarni umumlashtirgan holda, instituttsionalizmning hozirgi zamon talqinlariga asosan 
    institutlarni quyidagicha ta‘riflash mumkin: 

    Download 6,57 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   123




    Download 6,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Mavzu. Institutlar va ularning jamiyat rivojlanishidagi roli

    Download 6,57 Mb.
    Pdf ko'rish