Institutsional iqtisodiyotning rivojlanish xususiyatlari




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/123
Sana30.01.2024
Hajmi6,57 Mb.
#148347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Bog'liq
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot (1)
JIZZAX VILOYATIDAGI SELLAR VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH, 3. PUXTALIK KO\'RSATKICHLARNING TARQOQLIGI STATISTIK SINOVLAR USULI, Transformatorlar va ularning ishlash prinsipi, MATEM, 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim (KUNDUZGI), Abdullo Fayzullayev, 5-Ma\'ruza, Bipolyar Tranzistorlarning tuzulishi. Bipolyar turlari ishlashi statik haraktersitikalari va parametrlar, АТБ Қишлоқ, ми электроника амалий, 2 mustaqil ish, Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hisobi Reja Kirish Asosiy q, Fayllarni arxivlash jarayoni, 6 -mavzu. Matn va uning turlari. Mikro matn va makro matn. Reja-fayllar.org, 8-MARCH
 
4. Institutsional iqtisodiyotning rivojlanish xususiyatlari 
Institutsional iqtisodiyot rivojlanishidagi keyingi davr neoinstiutsional hamda yangi 
institutsional bosqichlardan iborat. Bosqichlarning nomlanishidagi o‘xshashlilikka qaramay, 
institutlar tahlilida printsipial jihatdan turli kontseptsiyalar mavjud. Birinchi nomlanish 
neoklassikaning qat‘iy negizini o‘zgarishsiz qoldiradi. Institutlar tahliliga yangi unsurni kiritish 
neoklassika nazariyasining «himoya qobig‘i» to‘g‘risidagi fikrlarga tuzatishlar kiritish hisobidan 
yuz beradi. Aynan shuning uchun neoinstitutsional iqtisodiyot «iqtisodiy imperializm»
*
ga misol 
sifatida keltiriladi: an‘anaviy mikroiqtisodiy quroldan voz kechmagan holda «imperialistlar» 
ilgari neoklassik nazariyaga begana bo‘lgan omillar – mafkura, xatti-harakat normalari, 
qonunlar, oila va hokazolarni tushuntirishga intilishadi. Ikkinchi nomlanish, aksincha, 
institutlarning neoklassikaning ilgarigi qoidalari bilan bog‘liq bo‘lmagan yangi nazariyasini 
yaratishga urinishni aks ettiradi. 
*
Иқтисодий империализм – неоклассик ѐндашув асосида жамият тўғрисидаги фанларнинг тарқоқ 
оиласини умумлаштириш. 


11 
Ronald Kouz «Firma tabiati» (1937), «Ijtimoiy xarajatlar muammosi» (1960) kabi 
maqolalarida birinchi bor neoinstitutsionalizmning tadqiqot dasturini shakllantirgan edi. Ushbu 
dasturda neoklassik nazariyaning ―himoya qobig‘i‖ga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilgan. 
Birinchidan, xususiy mulk bilan bir qatorda mulkchilikning jamoaviy, davlat, 
aktsiyadorlik shakllari tahlil qilinadi va ularning bozorda bitimlarni ta‘minlashdagi nisbiy 
samaradorligi taqqoslanadi. Ya‘ni, mulkchilik shakllari va shartnoma shakllarining keng doirasi 
ko‘rib chiqilib, ular asosida almashuv amalga oshiriladi Mulkchilik huquqlari nazariyasi 
(R.Kouz, R.Pozner, S.Peyovich) va optimal shartnoma nazariyasi (J.Stiglits, Y.Maknil)ning 
tadqiqot dasturi ana shunday. Bu erda mulkchilik huquqlarining o‘rnatilishi va samarali 
himoyalanishi uchun mas‘ul bo‘lgan davlat nazariyasi, ijtimoiy tanlov nazariyasi (J.Byukenen, 
G.Tallok), shuningdek, ijtimoiy tanlov nazariyasidan hosil bo‘lgan konstitutsiyaviy iqtisodiyot 
(V.Vanberg) ajralib turadi. Ayniqsa, konstitutsiyaviy iqtisodiyotning vazifasi neoklassika, «eski» 
institutsionalizmning tarkibiy qismi hisoblangan «tartib nazariyasi» hamda ―ijtimoiy tanlov‖ 
unsurlarini uyg‘unlashtirishdan iborat. 
Ikkinchidan, neoklassik modelga axborot xarajatlari, ya‘ni bitim to‘g‘risidagi va 
bozordagi vaziyat to‘g‘risidagi axborotni qidirish va olish bilan bog‘liq xarajatlar tushunchasi 
kiritiladi. Axborot nazariyasi (J.Stigler) neoinstitutsionalizm rivojlanishiga katta ta‘sir ko‘rsatdi.
Uchinchidan, ishlab chiqarish xarajatlari bilan bir qatorda transaktsiya xarajatlari 
mavjudligi neoinstitutsionalistlar tomonidan ta‘kidlandi. Transaktsiya xarajatlari nazariyasi 
(R.Kouz, O.Uilyamson) uchun markaziy bo‘lgan ushbu atama zamirida bitimlarni amalga 
oshirishda yuzaga keladigan barcha xarajatlar tushuniladi. Transaktsiya xarajatlari nazariyasi va 
mulkchilik huquqlari nazariyasini qo‘llash natijasida Yangi iqtisodiy tarix (D.Nort), deb 
nomlangan tarixiy tahlil paydo bo‘ldi. 
Institutsional iqtisodiyot rivojlanishidagi ikkinchi bosqich o’yinlar nazariyasi (J. fon 
Neyman, O.Morgenshtern, J.Nesh)ning neoklassikadagi umumiy muvozanat modeliga nisbatan 
bildirgan tanqidiy xulosasi bilan boshlandi. 
Aynan o‘yinlar nazariyasi yangi institutsional iqtisodiyot modellarining tilini 
shakllantirdi. O‘yinlar nazariyasi quyidagi taxminlarga asoslanadi:
a) bir necha muvozanat nuqtalari mavjud bo‘lishi mumkin;
b) muvozanat nuqtalari Pareto bo‘yicha optimum nuqtalariga mos kelishi shart emas; 
v) muvozanat umuman mavjud bo‘lmasligi mumkin.

Download 6,57 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Institutsional iqtisodiyotning rivojlanish xususiyatlari

Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish