Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/123
Sana30.01.2024
Hajmi6,57 Mb.
#148347
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   123
Bog'liq
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot (1)
JIZZAX VILOYATIDAGI SELLAR VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH, 3. PUXTALIK KO\'RSATKICHLARNING TARQOQLIGI STATISTIK SINOVLAR USULI, Transformatorlar va ularning ishlash prinsipi, MATEM, 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim (KUNDUZGI), Abdullo Fayzullayev, 5-Ma\'ruza, Bipolyar Tranzistorlarning tuzulishi. Bipolyar turlari ishlashi statik haraktersitikalari va parametrlar, АТБ Қишлоқ, ми электроника амалий, 2 mustaqil ish, Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hisobi Reja Kirish Asosiy q, Fayllarni arxivlash jarayoni, 6 -mavzu. Matn va uning turlari. Mikro matn va makro matn. Reja-fayllar.org, 8-MARCH
Takrorlash uchun savollar 
1. Institutlar nima? Ularning ta‘riflarini keltiring. 
2. Institutlar tarkibiy qismlariga nimalar kiradi? 
3. Rasmiy va norasmiy normalar qanday yuzaga keladi? 
4. Norasmiy qoidalarning jamiyatdagi roli nimada? 
5. Institutsional matritsa ta‘rifini keltiring va uning g‘oyasi nimadan iborat? 
6. Norma bazaviy institut ekanligini izohlang. 
7. O‘zaro hamkorlikni qurishda normaning o‘rni qanday tavsiflanadi? 
8. O‘zingizning odatiy kuningizni ertalabdan kechgacha kelishuv (murosa, ekspansiya, 
urinish) lar atamalarida yoritishga urinib ko‘ring. 
9. Institutsional o‘zgarishlarga nimalar sabab bo‘ladi? Eski va yangi institutlar o‘rtasida 
qanday bog‘liqliklar mavjud? 
10. Rasmiy va norasmiy normalarni muvofiqlashtirish zarurati nima bilan belgilanadi? 
11. Tashkilotlar institutsional jarayonda qanday funktsiyalarni bajaradi? 
 
3-Mavzu. O’yinlar nazariyasi va o’zaro hamkorliklarni modellashtirish 
 
Reja: 
1. O’yinlar nazariyasining asosiy tushunchalari 
2. Muvozanatlar turlari va ularni qidirish yo’llari 
3. O’yinlar nazariyasi tayanch modellarining tasnifi 
 
Tayanch so’z va iboralar: o‘yinlar nazariyasi, muvozanat, Paretto bo‘yicha muvozanat, 
Shtakelberg bo‘yicha muvozanat, Ustun strategiyali muvozanat, Nesh bo‘yicha muvozanat, 
kooperativ (koalitsiyali) o‘yinlar, nokooperativ (koalitsiyasiz). 
 
1. O’yinlar nazariyasining asosiy tushunchalari 
Ma‘lumki, neoklassikaning «qat‘iy negizi»dagi o‘zaro hamkorliklarni tahlil qilishda 
differentsial hisoblashdan foydalanilgan. Institutsional iqtisodiy nazariyada yuqoridagi tadqiqot 
usulini tayanch usul sifatida qo‘llash unchalik qulay emas. Institutsional iqtisodiy nazariyaning 
predmetini individlarlarning o‘zaro hamkor(harakat)ligi hamda ushbu hamkorlikni ta‘minlovchi 
tuzilmalar tashkil etadi.
Institutsional iqtisodiyot formal modellarni tuzish uchun Jon fon Neyman va Oskar 
Morgenshternning «O‘yinlar nazariyasi va iqtisodiy xatti-harakat» (1944) kitobidagi fikrlarga 
asoslangan o’yinlar nazariyasidan foydalanadi [47].Ushbu nazariyaning rivojlanishi Djon Nesh
1950 yilda kiritgan muvozanat vaziyati tushunchasi bilan bog‘liq. Bu bilan nokoalitsion 
o‘yinlarning echish usuli ishlab chiqildi. 1994 yilga kelib, birdaniga uch tadqiqotchi 
―nokooperativ o‘yinlar‖ nazariyasidagi muvozonatni birinchi bor tahlil qilib chiqqanligi uchun 
iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldilar. Bular: Raynxad Selten (Germaniya), 
Jog Nesh (AQSh), Jon S.Xarsani (asli vengriyalik – AQSh). Ushbu tadqiqot usulining o‘ziga xos 
asosiy belgilari ichida quyidagilarni ajratish lozim. Birinchidan, o‘yinlar nazariyasi 
individlarning o‘zaro shartlashilgan xatti-harakatlari vaziyatini tahlil qilish bilan shug‘ullanadi: 
har bir shartning hal etilishi o‘zaro hamkorlik natijasiga va o‘z navbatida, qolgan individlarning 


21 
qarorlariga ta‘sir ko‘rsatadi. Individ o‘z harakatlari masalasini hal etayotib, o‘zini kontragentlar 
o‘rniga qo‘yib ko‘rishi kerak. Ikkinchidan, o‘yinlar nazariyasi, mukammal kalkulyator sifatidagi 
individdan tortib to robot sifatidagi individgacha qator modellardan foydalangan holda, 
individlarning to‘liq ratsionalligini talab qilmaydi. Uchinchidan, o‘yinlar nazariyasi o‘zaro 
hamkorliklardagi muvozanatning mavjudligi, yagonaligi va Pareto-optimalligini nazarda 
tutmaydi. Ushbu sabablar o‘yinlar nazariyasi yordamida qurilgan institutlarning formal 
modellariga bo‘lgan qiziqishni orttiradi. 
O‘yinlar nazariyasidagi formal modelni tashkil etish uchun: ishtirokchi individlarning 
mavjudligi; har bir ishtirokchining imkoniyatlar to‘plami; ishtirokchilarning strategiyalari 
hisobga olinishi lozim. 
O‘yinlar nazariyasi tarkibiy jihatdan kooperativ (koalitsiyali) va nokooperativ (koalitsiyasiz) 
nazariyalarga ajratiladi. Bunda o‘yin ishtirokchilarining o‘zaro kelishuvi darajasiga ko‘ra, 
kooperativ(koalitsiyali) va nokooperativ(koalitsiyasiz) o‘yinlar nazarda tutiladi. Shartli ravishda
aytish mumkinki, birinchi guruh nazariyalar makrodarajadagi tahlilga, ikkinchi guruhdagilar esa, 
mikrodarajaga e‘tiborni qaratadilar.
Kooperativ (koalitsiyali) o‘yinlar – bu ishtirokchilar o‘rtasida axborot almashish va ittifoq 
tuzish mumkin bo‘lgan vaziyatlar. Nokooperativ (koalitsiyasiz) o‘yinlarda yakka ishtirokchi 
tahlil qilishning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi, bunda ishtirokchilar o‘rtasida axborot 
almashish va ittifoq tuzish mumkin emas. O‘yinlar asosan matritsa shaklida namoyon etiladi. 
Nokooperativ (koalitsiyasiz) o‘yinlarda ishtirokchilar o‘zaro ziddiyatli munosabatda bo‘ladilar. 
Har bir ishtirokchi o‘z yutug‘ini oshirishga xarakat qiladi. Birining yutug‘i ikkinchisining 
yutqizishiga olib keladi. Har bir o‘yin ishtirokchisining ziddiyatli vaziyatlarni hal etish 
borasidagi xarakat dasturi o‘yin ishtirokchisining strategiyasi deyiladi.
GqF(N,St,P) 
Demak, o‘yin (G)ni tahlil etishda uch qism: o‘yinchilar soni (N); strategiyalar majmuasi 
(St); ishtirokchilarning yutuq (P)lari asos bo‘ladi. 

Download 6,57 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   123




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot

Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish