30
huquqlarini tan olish va hurmat qilish lozim. Kam hosilli yaylovni oluvchi
ikkinchi fermerning
mulkchilik huquqlari joriy etilgunga qadar va undan keyingi nafliligini taqqoslaylik.
Mulkchilik huquqlari o‘rnatilgunga qadar ikkinchi fermer, agar u podasini birinchi
yaylovga olib borsa, 2 R
1
Q 8 (1- R
1
) q 8-6R
1
ga, agar u podasini ikkinchi yaylovga olib borsa, 4
R
1
Q 1 (1- R
1
) q 3R
1
Q 1 ga ega bo‘ladi. So‘ngra, ikkinchi fermer tomonidan birinchi yaylovning
tanlanishi ehtimolini hisobga olgan holda, R
1
, EU q R
2
(8-6R
2
) (3R
1
Q1)ga, oddiy holatda R
1
q R
2
q
1G‘2 ga ega bo‘lamiz, bu EU q 3,75 ni beradi. Mulkchilik huquqlari o‘rnatilganidan keyin esa
ikkinchi fermerga 4; ya‘ni, 4 > 3,75 ga teng bo‘lgan yutuq kafolatlangan.
Ikkala fermer ham bir vaqtning o‘zida bitta yaylovdan foydalangan hollarda past
yutuqlarga erishishiga alohida e‘tiborni qaratish lozim. Mazkur
holat ochiq foydalanishda
bo‘lgan resurslarni nooqilona iste‘mol qilishda o‘z aksini topadigan «jamoat mulki fojiasini»
namoyon etadi. Bunday resurslardan foydalanishning xususiy va jamoat sarf-xarajatlarining
nomuvofiqligi ularning tugashiga olib keladi. Boshqacha aytganda, resursga nisbatan mulkchilik
huquqlari aniq o‘rnatilmagan hollarda uning iste‘mol qilinishi salbiy tashqi ta‘sirlar yoki
eksternallarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Yana misol tariqasida ikkala fermer tomonidan bir
vaqtning o‘zida bir yaylovdan foydalanilishini tasvirlovchi holatni ko‘rib chiqaymiz. Misolda
ishlab chiqarishning faqat ikkita omili – fermerlarning eri va mehnati hisobga olinsin.
Faraz qilaylik, yaylovga qo‘shimcha
mehnat birligi sarflangan, ya‘ni birinchi fermer
egallagan yaylovga ikkinchi fermer o‘z podasini olib keldi. Ushbu holatda qo‘shimcha mehnat
sarfining samarasi pasayadi. Ishlab chiqarish (etishtirish) umumiy hajmi oshgani holda
qo‘shimcha mehnat qilgan fermerning manfaatdorligi pasayadi va o‘rtacha
mahsulotning
kamayishi yuz beradi. Agar yaylov xususiy mulkchilikda bo‘lsa, u holda mulkdorning shaxsiy
sarf-xarajatlari ko‘proq samara keltiradi va renta eng yuqori bo‘ladi. Agar yaylov umumiy
foydalanishda bo‘lsa, mehnat sarfi samaradorligining darajasi pasayib, renta yo‘qoladi.
Yuqorida bayon etilganlarga yakun yasab, ta‘kidlash lozimki,
mulkchilik huquqlarining
o‘rntilishi kamida ikkita sababga ko‘ra iqtisodiy agentlar manfaatlariga mos keladi, ya‘ni
ularning o‘zaro hamkorligidagi noaniqlik (ikkilanish) kamayadi va resurslardan foydalanish
optimallashadi.
Xulosa
Normalar individlarning o‘zaro muvofiq munosabatlari barqarorligining asosiy kafolati
hisoblanadi. Iqtisodiyot konstitutsiyasi deb individlarning iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishini
ta‘minlovchi normalar tizimiga aytiladi. Buyruqbozlik va bozor
tizimlarida iqtisodiyot
konstitutsiyasining normalari o‘zaro zid holda amal qiladi. Buyruqbozlik iqtisodiyotining
normalar (oddiy utilitarizm, maksimal individuallashtirish, «sen – menga, men - senga»,
qonunga tilda buysunish) tizimi surunkali taqchillik, ya‘ni resurslarning etishmasligini namoyon
etadi.
Bozor konstitutsiyasi – bozorda bitimlarni amalga oshirish va unda muvozanatga erishish
imkonini beruvchi xatti-harakatlarning o‘zaro
shartlangan normalari (murakkab utilitarizm,
ratsional maqsadli fe‘l-atvor, depersonifikatsiyalangan ishonch, empatiya, legalizm) yig‘indisini
tashkil etadi.