27
turish zarurligi, asabbuzarliklar, ovoragarchiliklar, janjallar (nizolar) tufayli kelib chiqqan yuqori
ruhiy kechinmalar bilan cheklandi. Buyruqbozlik tizimining bu tavsifi «sabr chegarasi»
tushunchasi bilan ham izohlanadi. Sabr chegarasi deganda nizolar va keskinliklar jamlanishining
undan keyin iqtisodiy agentlar shikoyat qila boshlaydigan va norozilik namoyish etadigan
darajasi tushuniladi. Shunday qilib, buyruqbozlik iqtisodiyotining birinchi normasi
oddiy va
cheklangan utilitarizmdan iborat.
Buyruqbozlik iqtisodiyoti normalari tizimining ikkinchi unsuri to‘liqsiz ratsional faoliyat
bilan izohlanadi. Bunda, birinchi navbatda axborotning cheklanganligi va to‘liqsizligi
bilan
shartlangan to‘liqsiz ratsionallik tushuniladi. Iqtisodiy agentlar erkin shakllanmagan narx va
taqchil resurslar sharoitida narxlardagi mavjud axborotni narxga taalluqli bo‘lmagan – zahiralar
hajmi, navbatlarning uzunligi va hokazolar haqidagi ma‘lumotlar bilan to‘ldiradilar. Sof
ko‘rsatkichlarda axborot olish esa, hamma vaqt uni yig‘ish bilan bog‘liq yuqori darajadagi
xarajatlarni keltirib chiqaradi. Natijada tizimda «nizo», ya‘ni sotuvchilar va xaridorlar
pozitsiyalarini muvofiqlashtirishda kechikishlar paydo bo‘ladi.
Nizo prognozlardagi xatolar,
manfaatdor shaxsda boshqa sub‘ektlarning holati va maqsadlari to‘g‘risida axborotning mavjud
emasligi, manfaatdor shaxsning qaror qabul qilishdagi beqarorligi, o‘zgaruvchan sharoitga
moslashishdagi o‘ng‘aysizligi shakliga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, to‘liqsiz ratsional faoliyat,
iqtisodiy agent uchun faqat tashqaridan belgilangan maqsadlarga erishish vositalarini tanlash
erkinligi bilan shartlangan. Mafkura bilan belgilangan partiya-xo‘jalik apparatining
mafkuraviy
maqsadlari reja topshiriqlari shaklini qabul qiluvchi muayyan ma‘muriy va xo‘jalik vazifalariga
aylanadi. Boshqacha aytganda, buyruqbozlik iqtisodiyotida iqtisodiy sub‘ektlarning faoliyati –
mafkuraviy qadriyat ratsionalligi normasiga asoslanadi.
Ishonch normasi ikkita shaklda davlatga ishonch sifatida va bir birini yaxshi bilgan
shaxslar doirasi bilan cheklangan mikrodarajadagi ishonch sifatida mavjud bo‘ladi. Har qanday
ahamiyatli bitimning davlat organiga: partiya, reja, ta‘minot organiga murojaat etish bilan
bog‘liqligi sababli davlatga ishonmasdan turib, yo‘l tutishning iloji yo‘q. Bunday vaziyatda
bevosita kontragentga ishonish mutaqo ortiqcha – davlat uchinchi
tomon sifatida bitim
shartlarining bajarilishini kafolatlaydi. Biroq mikrodarajadagi
ishonch baribir
maksimal
individuallashgan shaklda mavjud bo‘ladi.
Bu norma ham uy xo‘jaligida, ham korxonada amal qiladi. Uy xo‘jaligining ijtimoiy va
iqtisodiy hayotida og‘irlik markazining oila-qarindoshchilik tarkibiga, do‘stlar va tanish-
bilishlarga ko‘chiriladi. Masalan, o‘zaro hamkorlik
umuman vrach, sartarosh bilan emas, balki
tanish vrach yoki sartarosh bilan amalga oshiriladi. Korxonalar xatti-harakatini ham huddi
shunday ta‘riflash mumkin. Ulardan har biri barqaror sherikchilik doirasiga ega bo‘lib, bunda
ushbu korxonalar rahbarlari o‘rtasida shaxsiy darajada ishonchli munosabatlar yo‘lga qo‘yiladi.
Ya‘ni, direktorlar o‘rtasida o‘zaro yordam va o‘zaro ishonch tamoyillari
asosiga qurilgan
korporativ munosabatlar shakllanadi.
Buyruqbozlik iqtisodiyotining navbatdagi bazaviy normasi
«sen – menga, men - senga»,
yoki o‘zaro xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi kelishuvdir. Taqchil resursni olishning keng
tarqalgan variantlaridan biriga ko‘ra, iste‘molchi va etkazib beruvchi vaqti vaqti bilan
vazifalarini almashtirib turadi, ya‘ni ―bugun men po‘lat berib turaman,
sen esa ertaga boltdan
yordam qilib turasan‖. Aynan har qanday barter bitimining asosida «Sen – menga, men - senga»
normasidan foydalanish yotishiga ishonch hosil qilish mumkin. Hatto, barter almashuvi zanjir
bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin bo‘lsa-da, ushbu normaga lokal va tanish-bilishlar doirasi
bilan cheklangan xususiyatni yo‘qotish imkonini bermaydi.
Va nihoyat,
qonunga bo’ysunish normasi. Har qanday o‘zaro munosabatning davlat
nazorati ostida bo‘lishiga qaramay buyruqbozlik iqtisodiyoti doirasida qonunlar partiya
manfaatlariga bo‘ysungan. Buning uchun rasmiy asos bo‘lmasa-da,
partiya qarorlari de fakto
qonun kuchiga ega bo‘lgan. Hatto e‘lon qilingan
de yure umumxalq mulkchilik shakli ham
de
fakto mulkchilik shakli bilan, xususan, byurokratik organlar – «idoralar» (vazirliklar va idoralar)
mulki bo‘lgan. Byurokratiyaning bunday o‘zboshimchaligi oddiy fuqarolarning qonunga
nisbatan munosabatiga aks ta‘sir o‘tkazgan. Boshqacha aytganda,
buyruqbozlik iqtisodiyotida