3. Transaktsiya xarajatlarini optimallashtirish tajribasi
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, o‘tgan yili mamlakatimiz aholining hayot darajasi va
sifatini oshirish borasida mutlaqo yangi bosqichga o‘tdi. Amalga oshirilgan barcha islohotlar ―Inson
manfaatlari va farovonligi hamma narsadan ustun‖ degan tamoyilga asoslandi.
Valyuta bozorini liberallashtirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar
amalga oshirildi va 2017 yil 5 sentyabrdan milliy valyutamiz – so‘mning erkin ayirboshlanishi
ta‘minlandi. Xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning o‘z valyuta resurslarini erkin tasarruf etishlari yo‘lidagi
barcha sun‘iy to‘siqlar bartaraf etildi va ular tomonidan valyuta tushumlarini sotish majburiyatlari bekor
qilindi. Yuridik shaxslar uchun mahsulotlarni import qilishda chet el valyutasini erkin xarid qilish va chet
el investorlarining foydani erkin olib chiqish imkoniyati yaratildi. Fuqarolarga chet elda ta‘lim olish yoki
davolanish, turizm, biznes va boshqa maqsadlar uchun valyuta mablag‘larini hech qanday to‘siqlarsiz
qonuniy sotib olishi va sotish imkoniyati yaratildi. Inflyatsiya darajasi hamda ichki bozorda iste‘mol
tovarlar narxlarining barqarorligini nazorat qilish kuchaytirildi. Ushbu maqsadda, resurs bazasi 100
million dollarga teng ichki iste‘mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirish jamg‘armasi tashkil etildi.
Hayot uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlarni sotib olish uchun qo‘shimcha 70 million dollar ajratildi.
Tashqi savdoni liberallashtirish va samarador bozor iqtisodiyotini yaratish maqsadida bojxona to‘lovlari
stavkalari IKKI BARAVAR PASAYTIRILDI. Ichki bozor uchun zarur bo‘lgan 8 ming turdan ziyod
import tovarlari uchun bojxona to‘lovlari keskin pasaytirildi, jumladan, import boji bo‘yicha 3 ming 550
ta va aktsiz solig‘i bo‘yicha 1 ming 122 ta mahsulotga nisbatan ―nol‖ darajali stavkalar belgilandi. Kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun maksimal qulay sharoit yaratish va
ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida ―Agar xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va kuchli bo‘ladi‖
tamoyiliga tayanildi. Bunda, birinchidan, tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatini rejadan tashqari va muqobil
tekshirish bekor qilindi. Tadbirkorlik sub‘ektlariga nisbatan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish
huquqidan mahrum qilish ko‘rinishida jazo qo‘llash taqiqlandi. Ikkinchidan, tadbirkorlik sub‘ektlarini
ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibotlari tubdan qayta ko‘rib chiqilib, ular
soni va ro‘yxatdan o‘tish uchun ketadigan vaqt qisqardi. Uchinchidan, Savdo-sanoat palatasi faoliyati
to‘liq qayta isloh qilindi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub‘ektlarining
huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil instituti (ombudsman) ta‘sis etildi.
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tuzildi. To‘rtinchidan,
tijorat banklari va ularning filiallari biznes bilan ishlash, har bir mahallada aholini, avvalo, yoshlarni
tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha o‘z yondashuvlarini tubdan o‘zgartirdi.
Xususiylashtirilgan korxonalar bilan ishlash, ularning faoliyat samaradorligini oshirish,
shuningdek, davlat mulkini boshqarish uslublari tamoman o‘zgartirilib, ijobiy natijalarga erishildi.
Birinchidan, korxonalarni xususiylashtirishdan keyingi qo‘llab-quvvatlashning yangi amaliyoti joriy
etildi, ishlamayotgan korxonalar faoliyatini qayta tiklash bo‘yicha investitsiya loyihalarini ishlab
37
chiqishda davlat tomonidan ko‘maklashish yo‘lga qo‘yildi. Tadbirkorlik sub‘ektlariga faoliyat
yuritmayotgan va to‘liq quvvat bilan ishlamayotgan korxonalar maydonlarida yangi ishlab chiqarish¬larni
tashkil etish imkoniyati berildi. Bu esa, yuqori qiymatdagi inves¬titsiyalarni o‘zlashtirish va minglab ish
o‘rinlarini tashkil etish sharoitini yaratdi. Ushbu loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish maxsus jamg‘armasi tashkil etildi va ushbu jamg‘arma
tomonidan tegishli kredit liniyalari ochildi. Ikkinchidan, tadbirkorlik sub‘ektlariga investitsiya kiritish va
yangi ish o‘rinlarini yaratish majburiyati bilan davlat mulkini ―nol‖ xarid qiymatida berish amaliyoti
sezilarli kengaytirildi. O‘tgan yili tadbirkorlarga 509 ta ob‘ekt ―nol‖ xarid qiymatida investitsiyalar
kiritish majburiyati bilan xususiy mulk sifatida berildi. Uchinchidan, faoliyat yuritmayotgan, bo‘sh
yotgan va samarali foydalanilmayotgan yirik ob‘ektlar, er uchastkalarida yil davomida 45 ta yangi kichik
sanoat zonalari tashkil etilib, ularning umumiy soni 75 TAGA ETKAZILDI. Ularda yuqori talabga ega
bo‘lgan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan yirik investitsiya loyihalari amalga oshirildi
14
.
Korxonalarda ―qat‘iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot
tannarxini kamaytirishni rag‘batlantirish hisobidan mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish‖ ana
shunday vazifalar jumlasiga kiradi. Ushbu vazifalarning bajarilishi natijasida amalda sanoat tarmoqlarida
ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxi 18 foizga, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati,
―O‘zmetkombinat‖ aktsiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasi, ―O‘zeltexsanoat‖ uyushmasi,
―O‘zqurilishmateriallari‖ kompaniyasi va boshqa korxona hamda tarmoqlarda 20-25 foizga kamaygan.
Bunday natijalar korxonalar va ular mahsulotlarining jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirishning
asosiy shartlari hisoblanadi.
Ma‘lumki, iqtisodiyot sub‘ektlari sarf-xarajatlarining ma‘lum qismini transaktsiya xarajatlari
tashkil etadi. Ushbu toifaga kiruvchi xarajatlarni kamaytirish iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va ishlab
chiqarishni diversifikatsiyalash jarayonlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Xorijiy ekspertlarining fikriga ko‘ra, firmaning umumiy chiqimlaridan transaktsiya xarajatlarining
ulushi ular an‘anaviy bozorda faoliyat ko‘rsatganda 1,5 foizdan 5 foizgachani, yangi sotish bozorlariga
chiqishda esa 10-15 foizni tashkil qiladi. Rivojlangan mamlakatlarda transaktsiya xarajatlarining eng
katta ulushi xo‘jalik aloqalari sub‘ektlari sonining o‘sishi, demak, ular tomonidan amalga oshiriladigan
transaktsiyalar sonining oshishi bilan bog‘liq. O‘tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda esa, transaktsiya
xarajatlarining yuqori darajada bo‘ishiga yana bir sabab – ularda hanuzgacha davlat organlari bilan
tadbirkorlik sub‘ektlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik mexanizmi puxta ishlab chiqilmagan.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda muammo shundan iboratki, davlatning sud va huquqni muhofaza qilish
xarajatlarining asosiy qismi iqtisodiy sub‘ektning zimmasiga tushadi. Bundan tashqari, transaktsiya
xarajatlarining tarkibiga muayyan mahsulotni sotish bozorlarining o‘ziga xos xususiyatlari katta ta‘sir
ko‘rsatadi.
Xorijiy manbalar ma‘lumotlariga ko‘ra, AQSh YaMMda xususiy sektor tomonidan ko‘rsatiladigan
transaktsiya xizmatlarining ulushi 1870 yilgi 23 foizdan 1970 yilda 41 foizgacha, davlat tomonidan
ko‘rsatiladigan transaktsiya xizmatlarining ulushi 1870 yilgi 3,6 foizdan 1970 yilda 13,9 foizgacha
oshgan, bu umumiy ko‘rinishda 26,1 foizdan 54,7 foizgacha o‘sishni tashkil qiladi. Yuz yil mobaynida
ushbu o‘sish qismi transaktsiya xarajatlarining nobozor sohadan bozor sohasiga tomon siljishini aks
ettirdi, lekin uning boshqa qismi esa resurslarning real investitsiya qilinishini namoyon etdi.
O‘zbekistonda transaktsiya xizmatlari davlat va nodavlat sektorlari takshilotlari tomonidan olib
boriladi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiyalar vazirligi,
O‘zstandart, Oliy xo‘jalik sudi, Adliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqa davlat organlari
eksportchilar shartnomalarini ro‘yxatga olish, ruxsat berish va boshqa nazorat xizmatlarini olib boradi.
Transaktsiya xizmatlarni ko‘rsatuvchi nodavlat tashkilotlari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, axborot-
maslahat va konsalting markazlari, mulkni baholovchi tashkilotlar, marketing xizmatlari va boshqa
idoralar tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, maslahat va axborot xizmatlarni ko‘rsatadi. Tahlillar shuni
ko‘rsatadiki, tadbirkorga turli transaktsiya xizmatlarini ko‘rsatish, ayniqsa ularning o‘z ishlarini ochish
bilan bog‘liq xarajatlar ushbu sohada xizmat ko‘rsatuvchi davlat sektori tuzilmalari zimmasiga to‘g‘ri
keladi. Shularni inobatga olib, mamlakatimizda Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga qarshi chora-
tadbirlar dasturi doirasida tadbirkorlarga ruxsat berish bilan bog‘liq amalda bo‘lgan transaktsiya
xarajatlari (to‘lov miqdori) qisqartirildi va ular optimallashtirildi.
Ma‘lumki, tadbirkor o‘z faoliyatini boshlashi uchun belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tishi
lozim. Buning uchun tadbirkor davlat ro‘yxatini yurituvchining xizmati uchun, ya‘ni tuman xokimligi
14
2017-2021 yillarga mo`ljallangan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga. Manba Lex.uz.
38
bo‘linmasiga pul to‘lashi talab etiladi. Avval ana shu haq 5 ta eng kam ish haqi (EKIH) miqdorida
bo‘lgan. Hozir esa tadbirkor hukumat qaroriga asosan 2 ta EKIH miqdorida pul to‘lab, davlat ro‘yxatidan
o‘tadi. Yoki tadbirkor ro‘yxatdan o‘tish uchun 140,2 ming so‘m to‘plangan bo‘lsa, hozir bu 56,1 ming
so‘mgacha yoki 60 foizga kamaytirildi. Ushbu amalga oshirilgan chora tufayli 2009 yilda davlat
ro‘yxatidan o‘tgan tadbirkorlar soni 2008 yilga nisbatan 6 ming nafardan ko‘pni tashkil qildi. Shu bilan
birga bankda hisob raqami ochish uchun to‘lov 28 ming so‘mdan 14 ming so‘mgacha kamaytirildi.
Shuningdek, er uchastkalarini rasmiylashtirish xizmati xarajatlari ham 56 foizga yoki 130 mingdan 58
ming so‘mgacha qisqartirilgan.
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, tadbirkor tomonidan qurilish loyihalarini amalga oshirish yoki
qurilish ishlarini bajarish bo‘yicha tanlovlarda qatnashish, loyihalarni ekologik ekspertizadan o‘tkazishga
ruxsat olish jarayonlari uchun to‘lanadigan to‘lovlar summasi ilgari birmuncha baland bo‘lgan. Masalan,
tadbirkor avval qurilish arxitektura-reja topshiriq to‘plamini olish uchun 1 mln. 120 ming so‘m mablag‘
to‘lagan, hozir esa ushbu summa 4 barobarga qisqartirilib, 280,4 ming so‘m miqdorida belgilangan. Yoki
loyiha-smeta hujjatlarini ekspertiza qilish xarajati 280,4 ming so‘mdan 84,1 ming so‘mgacha
kamaytirilgan. Shuningdek, ekologik ekspertiza xarajatlari ham 701,4 ming so‘mdan 28 ming so‘mgacha
yoki 96 foizga qisqartirilgan. Ushbu yo‘nalishda eng katta qisqarish normativ loyihalarini ekspertizadan
o‘tkazish bo‘yicha kuzatiladi, ya‘ni bunday ekspertiza uchun avval 2,1 mln. so‘m to‘langan bo‘lsa,
hozirda bu ko‘rsatkich 28,1 ming so‘mga teng yoki qisqarish 99,7 foizni tashkil etadi.
Ruxsat berish jarayonlari xarajatlarini qisqartirish, O‘zR Monopoliyadan chiqarish, raqobat va
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, litsenziya va ruxsatnomalar
qiymatisiz 5,4 mln. so‘mdan qariyb 831 ming so‘mga yoki 6,1 martaga pasaytirilgan. Jami har bitta
tadbirkor hisobiga iqtisod qilingan mablag‘ 4,2 mln. so‘mni tashkil etadi.
Shu bilan bir vaqtda ―O‘ztelekom‖, ―O‘zstandart‖, ―Qishloqxo‘jalikkimyo‖, ―O‘zagromashservis‖
hamda qurilish materiallarni ishlab chiqarish tizimlarida 30 tadan ortiq monopol mahsulot va
xizmatlarning qiymatini (narxini) pasaytirish choralari amalga oshirildi. Jumladan, internet provayderlar
uchun texnik binolarni ijaraga olish narxi 20 foizga, ularga texnik xizmat ko‘rsatish 10 foizga
kamaytirilgan. Shuningdek, ―O‘zstandart‖ tizimida sinov o‘tkazish, meterologiya xizmatlari, sertifikat
berish, kalibrovka qilish, sifat tizimini joriy etish, sertifikatlash xizmatlarini ko‘rsatishning o‘rtacha narxi
12 foizdan 20 foizgacha pasaytirilgan. ―O‘zagromashservis‖ uyushmasi tizimida 1 gektar maydondagi
g‘allani o‘rib-yig‘ib olishning o‘rtacha narxi 91,3 ming so‘mdan 63,2 ming so‘mga yoki 30,7 foizga
pasaytirilgan. ―Chirchiqqishloqxo‘jmash‖ zavodida ishlab chiqariladigan pulug narxi 6,5 foizga,
―Jizzaxplastmassa‖ zavodining polietilen plenkasi narxi 10,7 foizga pasaytirilgan. Qurilish industriyasi
korxonalarida ishlab chiqariladigan temir-beton, shifer, elektrod, g‘isht va shu kabi boshqa materiallar
narxi 11 foizdan 34 foizgacha kamaytirilgan.
Tadbirkorlarga ruxsat berish uchun to‘lov xarajatlarini qisqartirish bilan birga ko‘plab cheklovlar
va ruxsatnomalarning amal qilish muddatlari ham qayta ko‘rib chiqilgan. Jumladan, ilgari mahsulotlar
gigienik sertifikatining amal qilish muddati 3 yil belgilangan bo‘lsa, hozirda bu cheklov muddati bekor
qilingan. Fitosanitariya xulosalarni berish muddati uzaytirildi, issiqlik va elektr tarmoqlariga ulanish
uchun texnik shartlarni berish bir oydan 3 kunga qisqartirildi. Reklamani joylashtirish tariflari o‘rtacha 20
foizdan 30 foizga pasaytirildi. Elektr energiyasidan foydalanish uchun tuzilgan shartnoma shartlariga
tadbirkorlar manfaatlaridan kelib chiqib o‘zgartirishlar kiritishg yuzasidan qarorlar qabul qilindi.
Transaktsiya xarajatlarini pasaytirish va ular tarkibini optimallashtirish tadbirkorlarni moliyaviy-
iqtisodiy salohiyatini ko‘tarishning ta‘sirchan yo‘li bo‘lib, u tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan
mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirishga, ishlab chiqarishni
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga ko‘proq ichki investitsiyalarni ajratishning
samarali vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Xulosa
Transaktsiya xarajatlari iqtisodiy nazariyasi unda transaktsiyani tahlil qilishning bazaviy birligi
sifatida ishtirok etadigan iqtisodiy tashkilotni o‘rganishga nisbatan qiyosiy institutsional yondashuvni
o‘zida namoyon etadi.
Transaktsiya xarajatlari nazariyasi institutsionalizmning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.
Transaktsiya xarajatlari esa institutlar bilan bir qatorda uning asosiy kategoriyasidir.
Asosiy vosita sifatida ―transaktsiya xarajatlari‖ kategoriyasini qo‘llagan holda dastlabki tadqiqotlar
firma faoliyatini tahlil qilish uchun amalga oshirildi va bu R.Kouz nomi bilan bog‘liq.
39
Transaktsiya xarajatlari nazariyasi qaysidir ma‘noda neoklassik iqtisodiy nazariya bosib o‘tgan,
firmani tadqiq etishdan to iqtisodiy tizimni tahlil qilishgacha bo‘lgan yo‘lni takrorladi.
Transaktsiya xarajatlari – bu mulkchilik huquqlarini almashish va himoyalash bilan bog‘liq barcha
xarajatlardir. Transaktsiya xarajatlari paydo bo‘lishini izohlashning kamida uchta varianti mavjud:
transaktsiya xarajatlari nazariyasining yondashuvi, ijtimoiy tanlov nazariyasining yondashuvi va
kelishuvlar nazariyasining yondashuvi. Transaktsiya xarajatlarini tavsiflashga nisbatan O.Uilyamson
yondashuvi, ya‘ni transaktsiya xarajatlarining bitim tuzilguncha va bitim tuzilganidan so‘ng yuzaga
keladigan xarajatlarga ajratilishi ularni tahlil qilishning asosiy usuli sifatida qabul qilinishi mumkin.
Takrorlash uchun savollar
―Transaktsiya xarajatlari‖ga ularning mohiyatini to‘liq ochib beradigan ta‘rifni bering.
Transaktsiya xarajatlarining turlarini sanab bering. Opportunistik xatti-harakatdan himoyalash
xarajatlari nima?
Transaktsiya nima?
―Transformatsiya xarajatlari‖ga ta‘rif bering. Transformatsiya xarajatlari ishlab chiqarish va
transaktsiya xarajatlari bilan qanday bog‘langan?
Transaktsiya xarajatlarini o‘lchab bo‘ladimi? Virtual va real transaktsiya xarajatlari nima?
Jamiyat rivojlanishi bilan bog‘liq holda paydo bo‘ladigan transaktsiya xarajatlarining yangi
turlariga misollar keltiring.
Muayyan holatda transaktsiya xarajatlarining alohida turlarini hisoblash imkoniyatini baholang.
O‘zbekistonda transaktsiya xarajatlarini pasaytirish va ular tarkibini optimallashtirish uchun
qanday choralar amalga oshirilgan.
|