Bog'liq portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot (1)
5.2.-jadval Kvartira ijarasi bo’yicha transaktsiya xarajatlari Xarajat mazmuni
Xarajat shakli
Ijaraga topshiriladigan kvartiralar, uy-joy bozoridagi narxlar
haqidagi axborotni qidirib topish xarajatlari: maxsus nashrlarni xarid
qilish va e‘lonlar bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar yoki rieltorlik firmasiga
murojaat etish;
Pul shaklidagi xarajatlar
va vaqt sarflari;
Tanlangan kvartiralar mulkdorlari bilan ijaraning alohida
shartlari haqida muloqatlar olib borish xarajatlari;
Vositachi sarflari va vaqt
sarflari;
Tanlangan kvartiralarni borib ko‘rish jarayonida uy-joy sifatini
baholash xarajatlari
Vositachi
zimmasiga
yuklatish mumkin bo‘lgan vaqt
sarflari va transport xarajatlari
Ijara shartnomasini yuridik rasmiylashtirish, uni notarial
tasdiqlash xarajatlari;
Pul shaklidagi xarajatlar;
Mulkdorning ijara shartlarini o‘zgartirish (ijara to‘lovini
oshirish) bo‘yicha opportunizmni oldini olish xarajatlari;
Vaqt va asab sarflari;
Mulkdor ijarachiga kvartirani saqlab turish yuzasidan e‘tiroz
bildirgan va G‘ yoki shartnomani muddatidan oldin buzishni
xohlagan taqdirda shartnoma amal qilishi muddatiga berilgan
foydalanish huquqini himoya qilish xarajatlari
Vaqt sarflari va sudga
murojaat etish bilan bog‘liq pul
shaklidagi xarajatlar
Shunday qilib, uy-joyni ijaraga olishda yuzaga keladigan transaktsiya xarajatlarini miqdoriy
baholashga yo vositachilik firmalarining daromadlarini tahlil qilish, yoki o‘rtacha soatlik ish haqiga
ko‘paytirilgan bevosita pul xarajatlari va vaqt sarflarini qo‘shish yordamida erishish mumkin.
Transaktsiya xarajatlarining ko‘plab turlari bevosita kuzatilmaydi va shuning uchun bunday toifa
xarajatlar hajmi statistik qiyin o‘lchanadi.
Insonlar hamma vaqt, hech qanday xarajatlarni qilmasdan, natijada ishlab chiqarish qiymati oshishi
uchun huquqlarni qo‘lga kiritish, bo‘lish va o‘rin almashtirish to‘g‘risida kelishib olishlari mumkin. Bu
―nol darajali transaktsiya xarajatlari‖ deb yuritiladi va bu huquqiy chegaralarga bog‘liq hisoblanadi.
Nol darajali transaktsiya xarajatlarida ishlab chiqaruvchi shartnomaga pirovard natijada ishlab
chiqarish qiymatini oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha narsani kiritadi. Agar transaktsiya xarajatlari
mavjud bo‘lmasa, firmaning faoliyat ko‘rsatishi uchun hech qanday iqtisodiy asos bo‘lmaydi.
Qandaydir baland transaktsiya xarajatlariga ega bo‘lgan aniq holatda shartnomalarning ko‘pchiligi
tuzilmaydi va amalga oshirilmaydi. Chunki ularni ijro etishdan keladigan foyda xarajatlarga qaraganda
ancha kam bo‘ladi. Shu tariqa, transaktsiya xarajatlari amalga oshiriladigan transaktsiyalar soniga ta‘sir
ko‘rsatadi (transaktsiya – shartnoma shaklidagi bitim). Shularni inobatga olganda korxonalar nisbiy
ustunligini oshirish uchun transaktsiya xarajatlarini tejash imkoniyatlarini qidirish zarurdir.
Mikrodarajada turli xususiy tashkiliy tuzilmalarda xarajatlarni tahlil etishda quyidagi tamoyillar
qo‘llanilishi lozim:
Transaktsiya (bitim-shartnoma) – bu tahlilning bazaviy birligi.
Har qanday muammoni, bevosita yoki bilvosita shartnomaviy muammo, deb qarab, uni transaktsiya
xarajatlarini kamaytirish nuqtai nazaridan o‘rganish foydalidir.
Transaktsiya xarajatlarini tejashga turli transaktsiyalarni ularni boshqarish tuzilmalariga
tabaqalashtirilgan tarzda biriktirish yo‘li bilan erishiladi.
Tashkiliy tuzilmani tanlash muqobil variantlarni qiyosiy institutsional baholash asosida kechadi.
Mikrodarajada transaktsiya xarajatlari – bu korxonada ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq
bo‘lmagan xarajatlar hisoblanadi. Bunda quyidagi xarajatlar, ya‘ni shartnoma loyihasini tuzish,
muzokaralar yuritish va kelishuv kafolatlarini ta‘minlashda yuzaga keladigan xarajatlar, shuningdek
shartnomani samarasiz moslashtirish, unga tuzatish kiritish bilan bog‘liq bo‘lgan, shartnomani amalga
oshirish bo‘yicha tanlangan yo‘lda qaytish, shartnomadagi xatolar va kutilmagan tashqi nizolar natijasida
yuzaga keladigan xarajatlar farqlanish lozim.
34
Shuni inobatga olgan holda, iqtisodiyotda institutlarni shakllantirishda, ular faoliyatini
samaradorligini oshirishda transaktsiya xarajatlari asosiy rol o‘ynaydi. Shu nuqtai nazardan13
O.Uilyamsonning quyidagi xulosasi diqqatga sazovor: ―moddiy va xomashyolarga kam xarajatlar bilan
ko‘p mahsulotlar ishlab chiqaradigan jamiyat emas, balki mahsulotni ishlab chiqarishda transaktsiya
xarajatlari ulushi past bo‘lgan jamiyat yutuqga ega bo‘ladi‖.