29
ishonch bo‘lgan taqdirda maqsadli ratsional harakatga erishiladi. Individga o‘z harakatini
boshlashidan oldin atrofdagi harakatlar aniq bo‘lib, individ tanloviga ayrim atrofdagi harakatlar
bo‘yicha kutilishlarning ta‘sir qilishiga ishonch deyiladi.
Bozordagi bitim bilan
individuallashmagan ishonch o‘rtasidagi bog‘liqlik oldindan to‘lovlarning amal qilishida
namoyon bo‘ladi. Bu eng oddiy bozor bitimi hisoblanadi. Iqtisodiyoti rivojlangan malakatlarda
ishonchning individuallashmaganligi bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovlarga javoblar (Daniya-94 %;
Germaniya-90 %; Frantsiya-84%)da yuqori natijalar olingan.
Bozor konstitutsiyasining yana bir normasi empatiya bo‘lib, bunda individ o‘zini hamkor
o‘rniga qo‘yib ko‘radi va uning barcha kechinmalari, qiziqishlari va mo‘ljallarini bozor subekti
sifatida o‘zidan o‘tkazishga harakat qiladi. Ayrim shaxslar doirasi bilan cheklanmagan empatiya
individning o‘z xarakatlarida erkinlikka chiqqani bilan bog‘liq. Insonning faoliyati qancha erkin
bo‘lsa, u atrofdagilarning harakatini shuncha yaxshi tushunadi va uni oldindan ayta oladi. Bu
erkinlik normasining ratsional asoslangan maqsadga erishishda to‘siq emas, balki
muvaffaqiyat
shartiga aylanishini ta‘minlaydi. So‘nggi norma legalizm bo‘lib, bunda qonunni hurmat kilish va
o‘z ixtiyoriga ko‘ra, unga bo‘ysinish tushuniladi. Bu norma ayni chog‘da, mulkiy huquqlarning
samarali himoya qilinishiga ham yo‘l ochadi. Yuqorda bayon etilganlardan shu narsa kelib
chiqadiki, bozor konstitutsiyasi normalarida ham ayrim nuqsonlar mavjud bo‘lgani holda,
ularning o‘zaro bog‘liq tarzda amal qilishi tizimning muntazam takomillashuviga xizmat qiladi.