25
-
kooperatsiya muammosi - Nesh bo‘yicha muvozanat mavjud, u yagona, lekin
Pareto bo‘yicha optimal emas (III model - «mahbuslar dilemmasi»). Ushbu vaziyatda ham
institutsional cheklovning joriy etilishi Pareto bo‘yicha optimal natijaga erishishni ta‘minlaydi;
-
adolatlilik muammosining dolzarbligi -
Nesh bo‘yicha yagona muvozanat
asimmetrik, yutuqning o‘zaro hamkorlik ishtirokchilari o‘rtasida adolatsiz taqsimlanishi bilan
tavsiflanadi (V, VI modellar). Adolatsizlik muammosini hal etish variantlaridan biri
takrorlanadigan o‘yinlarga o‘tish va «aralash» strategiyalar asosida normalarni ya‘ni, t
0
vaqt
lahzasida individ A strategiyani, t
1
vaqt lahzasida esa B strtegiyani tanlaganda bo‘ladi.
Xulosa
Institutsional iqtisodiy nazariyaning predmetini individlarlarning o‘zaro hamkorligi
hamda ushbu hamkorlikni ta‘minlovchi tuzilmalar tashkil etadi.
Jon fon Neyman va Oskar Morgenshternning «O‘yinlar nazariyasi va iqtisodiy xatti-
harakat» (1944) kitobidagi fikrlar institutsional iqtisodiyotda
o’yinlar nazariyasini tatbiq etish
uchun asos bo‘lgan. 1994 yilga kelib, birinchi bor ―nokooperativ o‘yinlar‖ nazariyasidagi
muvozonat tahlili uchun bir varakayiga uch tadqiqotchi iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga
sazovor bo‘ldi. Bular: Raynxad Selten (Germaniya), Jon Nesh (AQSh), Jon S.Xarsani (asli
vengriyalik – AQSh). O‘yinlar nazariyasidagi formal modelni tashkil etish uchun: ishtirokchi
individlarning mavjudligi; har bir ishtirokchining imkoniyatlar to‘plami; ishtirokchilarning
strategiyalari hisobga olinishi lozim.
O‘yinlar nazariyasi tarkibiy jihatdan kooperativ(koalitsiyali) va nokooperativ
(koalitsiyasiz) nazariyalarga ajratiladi. O‘yin (G)ni tahlil etishda uch qism: o‘yinchilar soni (N);
strategiyalar majmuasi (St); ishtirokchilarning yutuq (P)lari asos bo‘ladi.
Har bir hamkorlik uchun muvozanatlarning turli xillari mavjud bo‘lishi mumkin: ustun
strategiyali muvozanat, Nesh bo‘yicha muvozanat, Shtakelberg bo‘yicha muvozanat va Pareto
bo‘yicha muvozanat