Bog'liq portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot (1)
5.1.-jadval Transaktsiya harajatlarining tasniflanishi Bitim
tuzilguncha
amalga
oshirilgan
xarajatlar
Bitim tuzilganidan keyingi xarajatlar
Axborotni
qidirib
topish
xarajatlari
-
imkoniyatli sherik haqidagi, bozordagi vaziyat
haqidagi axborotni qidirib topish xarajatlarini,
shuningdek qo‘lga kiritiladigan to‘liqsiz va
nomukammal axborot bilan bog‘liq yo‘qotishlarni
o‘z ichiga oladi.
Monitoring va opportunizmni oldini olish
xarajatlari - bitim shartlariga rioya etilishini nazorat
qilish va ushbu shartlarning bajarilishidan bosh
tortilishini oldini olish xarajatlari
Muloqot
yuritish
xarajatlari
-almashuv
shartlari, bitim shaklini tanlash haqida muloqotlar
olib borish xarajatlarini o‘z ichiga oladi
Tafsirlash va mulkchilik huquqlarini himoya
qilish xarajatlari - sudlar, hakamlar xarajatlari;
shartnomani
bajarish
jarayonida
buzilgan
huquqlarni tiklash uchun zarur bo‘lgan vaqt va
resurslar
sarflari,
shuningdek
mulkchilik
huquqlarining yaxshi tafsirlanmagan va ishonchsiz
himoyadan ko‘rilgan yo‘qotishlar
O‘lchash xarajatlari - bitim predmeti bo‘lgan
tovarlar va xizmatlar sifatini o‘lchash uchun zarur
bo‘lgan xarajatlar
Shartnoma tuzish xarajatlari - bitimni yuridik
yoki
xufyona
(norasmiy)
rasmiylashtirish
xarajatlari
Uchinchi shaxslardan himoyalash xarajatlari
- uchinchi shaxslar (davlat, uyushgan jinoyatchilik
va h.k.)ning bitim natijasida olinadigan foydali
samara
qismiga
e‘tirozlaridan
himoyalash
xarajatlari
Transaktsiya xarajatlarining bunday tasniflanishi ularni miqdoriy baholash masalasiga nisbatan
mikro va makroiqtisodiy darajada yondashish imkonini beradi. Masalan, kvartiradan foydalanish
12 Коуз Р. Фирма, рынок и право. – М.: Дело ЛТД, 1993. – 8-9 б.
33
huquqining mulkdor tomonidan ijarachiga topshirilishini nazarda tutuvchi kvartirani ijaraga olish
bo‘yicha bitim tuzishda ijarachining transaktsiya xarajatlari quyidagi shakllarga ega bo‘ladi (5.2.-jadval).