|
Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyotBog'liq portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot (1)4.Jahonda xufyona iqtisodiyot
Xufyona iqtisodiyot iqtisodiy tizimlarning barcha xillariga xos bo‘lib, uning ko‘lamlari
rivojlangan mamlakatlarda ham, rivojlanayotgan mamlakatlarda ham g‘oyat keng.
2015-yillarning ikkinchi yarmida rivojlangan mamlakatlarda xufyona iqtisodiyot
YaIMning o‘rtacha 12 foiziga, o‘tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda 23 foiziga,
rivojlanayotgan mamlakatlarda esa 39 foiziga teng bo‘lgan.
2015 yilda ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Gretsiya (YaIMning 29,0 foizi), Italiya (27,8%),
Ispaniya (23,4%), Belgiya (23,4%) ―etakchilik qildi‖. Irlandiya, Kanada, Frantsiyada ham
48
xufyona iqtisodiyotning ko‘lamlari keng – 14,9 foizdan 16,3 foizgacha. Bu borada Avstriya
(9,1%), AQSh (8,9) va Shveytsariya (8,0) eng qulay hisoblanadi16.
Xufyona iqtisodiyot ko‘lamlarining eng tez sur‘atlar bilan o‘sishi Gretsiya, Italiya,
Shvetsiya, Norvegiya va Germaniyada kuzatilmoqda. Masalan, Germaniyada 2016 yilda xufyona
sektorning o‘sishi 3,5 foizni, ayni paytda YaIMning o‘sishi esa 1 foizni tashkil qilgan. Jami
xufyona sektor YaIMning 16,5 foizini tashkil qiladi.
Xufyona sektor rivojlanayotgan mamlakatlarda eng keng ko‘lamlarga ega. Masalan,
xufyona sektor Nigeriyada YaIMning 76 foizini, Taylandda 71 foizini, Misrda 68 foizini,
Boliviyada 66 foizini, Panamada 62 foizini tashkil qiladi.
XX asrning so‘nggi o‘n yilligi sobiq sotsialistik mamlakatlarda amalga oshirilgan chuqur
islohotlar bilan bog‘liq. Ham siyosiy, ham huquqiy tizimning beqarorligi iqtisodiy sohaga ham
salbiy ta‘sir ko‘rsatdi17. Ushbu mamlakatlarda xufyona iqtisodiyotning o‘sish sur‘atlari 7.2-
jadvalda keltirilgan.
Quyidagi jadval ma‘lumotlari o‘z mualliflari tomonidan elektr-muvazanat usuli yordamida
hisoblab chiqilgan. Mazkur usul g‘oyasi shundan iboratki, elektr energiyasini g‘amlab bo‘lmaydi
va shuning uchun iste‘mol qilinayotgan energiya hajmining o‘sish sur‘atlari YaIM o‘sish
sur‘atlariga qaraganda yuqori bo‘lishi energiyaning xufyona iste‘mol qilinayotganligidan dalolat
beradi.
6.3-jadval
O‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlar uchun xufyona iqtisodiyotning YaIMdagi
ulushi dinamikasi (YaIMga nisbatan foiz hisobida)*
Mamlakatlar
1989
1990
1991
2012
2013
2014
2015
Ozorbayjon
12,0
21.9
22,7
39,2
51,2
58,0
60,6
Belarus
12,0
15,4
16,6
13,2
11,0
18,9
19,3
Bolgariya
22,8
25,1
23,9
25,0
29,9
29,1
36,2
Vengriya
27,0
28,0
32,9
30,6
28,5
27,7
29,0
Gruziya
12,0
24,9
36,0
52,3
61,0
63,5
62,6
Qozog‘iston
12,0
17,0
19,7
24,9
27,2
34,1
34,3
Latviya
12,0
12,8
19,0
34,3
31,0
34,2
35,3
Litva
12,0
11,3
21,8
39,2
31,7
28,7
21,6
Moldova
12,0
18,1
27,1
37,3
34,0
39,7
35,7
Polsha
15,7
19,6
23,5
19,7
18,5
15,2
12,6
Rossiya
12,0
14,7
23,5
32,8
36,7
40,3
41,6
Ruminiya
22,3
13,7
15,7
18,0
16,4
17,4
19,1
Slovakiya
6,0
7,7
15,1
18,0
16,4
17,4
19,1
O‘zbekiston
12,0
11,4
7,8
11,7
10,1.
9,5
6,5
Ukraina
12,0
16,3
25,6
33,6
38,0
45,7
48,9
Chexiya
6,0
6,7
12,9
16,9
16,9
17,9
11,3
Estoniya
12,0
19,9
26,2
25,4
24,1
25,1
11,8
Manba: Jensen M. Politics and Enterpreneurships in Transition Esonomies G‘ M.Jensen, P.Kaufmann, A.Sheifer G‘G‘
Working Paper, - 1997G‘ WDI. - № 57.
Xufyona sektor dastlabki besh yilda Ozorbayjon va Gruziyada eng keng ko‘lamlarga ega
bo‘lgan – tegishlicha YaIMning 60,6 va 62,6 foizini tashkil qildi. Keyingi o‘rinlarda Rossiya
(41,6%), Bolgariya (36,2%), Moldova (35,7%), Latviya (35,7%) va Qozog‘iston (34,3%) turadi.
O‘zbekistonda esa ushbu ko‘rsatkich boshqa davlatlarga nisbatan eng past darajada bo‘lgan.
Xulosa
Iqtisodiy sub‘ekt tomonidan o‘z biznesi uchun institutsional muhitni – oshkora yoki
xufyona – tanlash to‘g‘risidagi qaror birinchi va ikkinchi holatlarda bitimlarni amalga oshirishda
yuzaga keladigan transaktsiya xarajatlarini qiyoslash orqali belgilanadi. Boshqacha aytganda,
qonunga bo‘ysunish normasi yana bir bor oqilona asoslanadi: shaxs uning talabini mutlaq
imperativning ta‘siri ostida emas (qonuniy narsalarning hammasi yaxshi), balki qonunga amal
16 Эксперт. 2015. №12 (223) от 27 марта.
17 Jensen M. Politics and Enterpreneurships in Transition Есоnomies / M.Jensen, P.Kaufmann, A.Sheifer // Working Paper, -
2016/ WDI. - № 57
49
qilishdan kutilayotgan foydalar tufayli bajaradi. Qonunga ixtiyoriy bo‘ysunishga undovchi
omillar shaxsda faqat, davlat iqtisodiyotining oshkora sektorida transaktsiya xarajatlarini
pasaytirish yo‘li bilan uning manfaatlarini amalga oshirishga qodir bo‘lgan taqdirda, paydo
bo‘ladi.
Iqtisodiy sohada xufyona bitimlar amalga oshiriladigan o‘yin qoidalarida, birinchi galda
bozor konstitutsiyasidan bitimlarning barcha ishtirokchilarini «o‘ziniki» va «begonalarga»
ajratish bilan katta farq qiladi. O‘zinikilarga nisbatan opportunizmni oldini olishning ijtimoiy
mexanizmlari amal qiladi, ishonch va o‘zaro yordam me‘yorlari hukmronlik qiladi. Aksincha,
«begonalarga» nisbatan opportunizm me‘yor bo‘lib qoladi. Xufyona iqtisodiyot «hasadguylik
raqobatchiligiga» asoslangan «yovvoyi» bozor modeliga juda yaqin. Va nihoyat, xufyona
iqtisodiyot eng yuqori darajada turli ko‘rinishga ega va u to‘liq tizim shaklini qabul qilmaydi
hamda bozorning barcha ishtirokchilari uchun yagona va majburiy bo‘lgan konstitutsiyani qabul
qilmaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, qonunga bo‘ysunishning yuqori bahosiga muqobil variant
ham g‘oyat qimmat turadi.
|
| |