41
transaktsiya xarajatlari tufayli mumkin bo‘lmagan, taqiqlanadigan darajadagi tang vaziyatdan
chiqish yo‘li huddi shu tariqa topiladi.
Mulkchilik huquqlarining oshkora va xufyona tizimlari amalga oshirilishiga ko‘plab
misollar mavjud. Ma‘muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotida, qonunda mustahkamlangan
«mulkchilikning umumxalq xususiyati»ga qaramasdan, asosiy huquqlar ham partiyaviy, ham
ma‘muriy (vazirliklar, yuqori tashkilotlar) buyurokratiya qo‘lida edi.
Tegishlicha savdolar va
bitimlar shaklini hosil qilgan nizolarni hal etishning muqobil mexanizmlari ham mavjud edi,
bunda almashuv predmeti sifatida nafaqat tovarlar va xizmatlar, balki «jamiyatdagi mavqe,
hokimiyat va bo‘ysunish, qonunlar va ularni buzish huquqi» va hatto ishlab chiqarish davlat
rejalari ham ishtirok etgan.
Perulik olim Ernando de Soto tadqiqotlarida Lotin Amerikasi mamlakatlari misolida
xufyona iqtisodiyot masalalari jiddiy tahlil etilgan. Ularda davlat sud-huquq tizimi va u himoya
qiladigan mulkchilik huquqlari almashuvlarning faqat kichik bir qismi mexanizmini
shakllantiradi. Ularda – chakana savdo, jamoat transporti, qurilish kabi iqtisodiyotning bir qator
sektorlari faoliyati mulkchilik huquqlarining xufyona tizimiga asoslanadi. Masalan, Peru
poytaxti Lima shahrida yangi ko‘p qavatli turar joy binosini qurish
meriyada ruxsat olishdan
emas, balki birinchilik tamoyili bo‘yicha qurilish uchun uchastkani egallab olishdan boshlanadi.
Shu tariqa mulkchilik huquqlarining o‘rnatilishi xufyona qayd etilgan mulkchilik huquqi darajasi
bilan emas, balki ijtimoiy sanktsiyalar va oddiy huquq bilan himoyalanadi.
Iqtisodiy faoliyatni xufyona amalga oshirish, birinchi navbatda, qonun doirasidagi harakat
bilan, ya‘ni yuqori transaktsiya xarajatlari bilan bog‘liq. Transaktsiya xarajatlarining tasnifiga
asoslangan holda, ta‘kidlash lozimki, bunda asosan shartnomani tuzishdagi yuqori xarajatlar,
mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoyalash xarajatlari va uchinchi shaxslardan himoyalash
xarajatlari nazarda tutiladi. De Soto ushbu xarajatlarni «qonunga bo‘ysunish bahosi», deya
ta‘riflaydi. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- qonundan foydalanish xarajatlari (yuridik shaxsni ro‘yxatga olish, litsenziya olish,
bankda hisobvaraqlar ochish, yuridik manzilga ega bo‘lish va boshqa rasmiyatchiliklarni bajarish
xarajatlari);
- qonun doirasida faoliyatni davom ettirish zarurati bilan bog‘liq xarajatlar (soliqlarni
to‘lash; mehnat munosabatlari sohasida qonun talablarini bajarish (ish kunining uzunligi, eng
kam ish haqi, ijtimoiy kafolatlar); oshkora sud tizimi doirasida
nizolarni hal etishda sud
xarajatlarini to‘lash).
Ta‘kidlash joizki, qonunga bo‘ysunish bahosi nafaqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlarni, balki
u yoki bu tadbirlarni bajarish uchun vaqt sarflarini ham o‘z ichiga oladi. Bunda uning aynan
ushbu tarkibiy qismi qator holatlarda juda katta bo‘ladi. Masalan, Lima shahrida uy-joyni qurish
uchun ruxsat olish tadbiri taxminan 4 yilu 1 oy, mayda ulgurji bozorini tashkil qilish uchun
ruxsat olish 17 yil, kichik do‘konni ochish uchun ruxsat olish 43 kun vaqtni olgan. «Uchinchi
dunyo» ayrim mamlakatlarida yuridik shaxsni ro‘yxatga olish uchun talab etiladigan xarajatlar
6.1-jadvalda keltirilgan.
6.1-jadval.