35
O‘z navbatida, yuqori transformatsiya xarajatlari, yuzaga kelgan institutsional tizimning
samaradorligidan qat‘i nazar, uning o‘ziga xos barqarorlashtiruvchisi hisoblanadi.
Yanada samarali institutsional qoidalarning joriy etilishi va institutlarning tashkil etilishi katta
miqdordagi transformatsiya xarajatlari bilan bog‘liq, biroq yangi institutlardan (transaktsiya xarajatlarini
tejashdan) keladigan samara ancha katta bo‘lishi mumkin.
Islohotlarga sarflangan mablag‘lar oddiy investitsiyalarga qaraganda katta xatarlar bilan bog‘liq
bo‘lishiga qaramay yangi institutlarning ko‘proq samaradorligini kutish, shuningdek boshqa mamlakatlar
tajribasi institutlarni import qiluvchi islohotchilarni harakatga keltiradi.
Bunday o‘zgarishlarni transformatsiya xarajatlarining yuqori darajasiga ega bo‘lgan o‘tish
iqtisodiyotida ham kuzatish mumkin. O‘tish iqtisodiyotida transformatsiya xarajatlariga quyidagi omillar
ta‘sir ko‘rsatadi:
Resurslarni investitsiyalashning an‘anaviy sohalaridan yangi institutlarni barpo etishga yo‘naltirish.
Eski xo‘jalik mexanizmini tugatish, narxni shakllantirish va soliq solishning yangi usullariga o‘tish,
xususiylashtirish
mexanizmlarini yaratish, moliya va bank tizimini tubdan o‘zgartirish – bularning
barchasi resurslarni investitsiyalashning an‘anaviy sohalaridan chetlashtirish bilan bog‘liq.
Qayta tashkil qilish xarajatlari. Uning ikkita jihatini farqlash lozim. Birinchidan, islohotlar
jarayonida eski tizimining buzilishi yangi tizimning samaradorligi namoyon bo‘lgunga qadar yuz beradi.
Bozorni egallab olish bo‘yicha qat‘iy kurashda ishtirok etuvchi ko‘p sonli iqtisodiyot sub‘ekttlarining
faqatgina bir qismi o‘z loyihalarini amalga oshiradi, natijada – jamiyat yo‘qotishlarga duch keladi.
Ikkinchidan, muvozanatga tomon harakatlanish jarayonida turli sub‘ektlar, shu jumladan davlatning ham,
harakatlarining uyg‘unlashmaganligi. Ushbu jihat islohotchilar tomonidan etarlicha baholanmagan va bu
hanuzgacha etarlicha o‘rganilmagan.
O‘tish rentasini qayta taqsimlash xarajatlari. Buyruqbozlik tizimida jamiyatdagi mavjud
resurslarning qat‘iy tartibga solinishi alohida guruhlar uchun imtiyozlarning paydo bo‘lishiga olib keldi,
bu renta daromadi bilan bir xil bo‘ladi. Ulgurji va chakana narxlar, shuningdek
ichki va jahon narxlari
o‘rtasidagi farqlar hisobidan olingan rentaning katta qismi davlatga kelib tushib, turli ijtimoiy guruhlar
o‘rtasida qayta taqsimlandi, ularning kichik qismi esa amaldorlar va xufyona bozor sub‘ektlar tomoniga
o‘tdi. Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi ushbu xildagi renta daromadlari va suiiste‘mol qilish
imkoniyatlarining yo‘qolishiga olib kelishi lozim.
Transformatsiya xarajatlarining turlarini tahlil qilish o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan
mamlakatlarda ularning o‘sishi mexanizmini tushuntirish imkonini beradi: institutlarning dastlabki sifati
qanchalik yomon bo‘lsa, ularni takomillashtirish uchun shunchalik ko‘p investitsiyalar yo‘naltiriladi;
tizim muvozanatdan qanchalik yiroq bo‘lsa, o‘tish jarayoni shunchalik uzoq davom etadi va tugatish
yo‘qotishlari shunchalik ko‘p bo‘ladi; muvozanatdan yiroqlik o‘tish rentasini qayta taqsimlash
ko‘lamlarining kattaligini, demak u uchun kurashish oqibatida yo‘qotishlar katta bo‘lishini anglatadi.
Ta‘kidlash lozimki, islohotlar xarajatlari va foydasi aholining turli guruhlari o‘rtasida noteng
taqsimlanadi, bu ko‘p jihatdan turli ijtimoiy guruhlarning o‘zaro hamkorligiga bog‘liq bo‘lgan
transformatsiyalar dinamikasida o‘z aksini topadi [103].
Hozirgi vaqtda o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlar, shu jumladan O‘zbekistonda hamda
rivojlanayotgan mamlakatlarda yuz berayotgan keng ko‘lamli institutsional o‘zgarishlar munosabati bilan
katta hajmdagi transformatsiya xarajatlari muammosi g‘oyat keskin turibdi. Bu o‘rinda
transformatsiya
xarajatlarini qanday qilib qisqartirish mumkin va ularni qisqartirib bo‘ladimi degan savol tug‘iladi.
Institutsional muhitni sun‘iy ravishda o‘zgartirishda (mavjud institutlarni o‘zgartirishda yoki
mutlaqo yangi institutlarni import qilishda) ko‘p jihatdan ularda bunday institutlar jamiyat evolyutsiyasi
jarayonida shakllangan va muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatib turgan mamlakatlar tajribasini puxta o‘rganish
transformatsiya xarajatlarining qisqarishiga ko‘maklashishi mumkin.
Afsuski, transformatsiya xarajatlari muammosiga olimlar va iqtisodchilar faqat so‘nggi yillarga
kelib e‘tibor qarata boshladi va, transformatsiya xarajatlari o‘tish iqtisodiyoti va rivojlanayotgan
mamlakatlar iqtisodiyotining iqtisodiyot fanida eng zarur va muhim unsur hisoblanishiga qaramay, ular
kam o‘rganilgan omil bo‘lib qolmoqda.
Shu bilan bir qatorda yangi institutlarini tashkil etishning u yoki bu usullari foydasiga hal etish
nafaqat ularning faoliyat ko‘rsatish samaradorligi turlicha ekanligi tufayli, balki insonlar o‘rtacha
chamalangan bahoni chiqarishda ko‘rsatkichlarni o‘lchashning turli usullaridan foydalanishi sababli ham
farq qilishi mumkin.
Shu nuqtai nazardan transaktsiya hamda transformatsiya xarajatlarini o‘lchash
muammosi muhim
ahamiyat kasb etadi. Chunki transaktsiya xarajatlari ko‘pincha ushbu tarkibiy qismning o‘lchab
bo‘linmasligi bilan tavsiflanadi. Ushbu sohada tadqiqot olib borgan mutaxassislar fikriga ko‘ra, iqtisodiy
36
tahlilga transaktsiya xarajatlarining kiritilishi deyarli barcha hodisalarni transaktsiya xarajatlarini
kamaytirish yo‘li bilan erishilgan samaradorlik nuqtai nazaridan izohlash imkonini bergan bo‘lar edi.
Transaktsiya xarajatlarini o‘lchash imkonini beruvchi usullarning ishlab chiqilishi ushbu sohada
erishilgan samarali qadam bo‘ldi.
Tahlillarga ko‘ra, o‘lchash muammosini shartnomalar tuzishning turli usullaridagi transaktsiya
xarajatlarini taqqoslash yo‘li bilan hal etish mumkin. Boshqaruvning muqobil aniq (mavjud) tuzilmalarini
taqqoslashni ko‘pincha murakkab matematik apparatni qo‘llamasdan yoki chegara qiymatlarni hisoblab
chiqmasdan turib amalga oshirish mumkin. Ikkita qiymatning bir biriga mos kelmaganligini ko‘rsatib
berish uchun ushbu qiymatlarning chegara qiymatlari tengligiga erishiladigan sharoitlarni aniqlashdagi
kabi nozik va murakkab usullar talab etilmaydi.
Ayrim iqtisodchilar har bir muayyan holatda xarajatlarni aniq tafsirlashni taklif etadi, masalan, bir
holatda – bu xususiy tadbirkorlikni tashkil etish xarajatlari (tadbirkorlik shaklini ro‘yxatdan o‘tkazish,
litsenziya olish va h.k.), ikkinchi holatda mulkiy huquqlarning harakatini ta‘minlovchi xarajatlar, uchinchi
holatda shartnomalarni tuzish va himoyalash bilan bog‘liq xarajatlar, to‘rtinchi
holatda korxona ichida
qarorlar qabul qilish bilan bog‘liq xarajatlar bo‘lishi mumkin va h.k.
Transaktsion yondashuvni qo‘llashdagi o‘ziga xos murakkabliklar shundan iboratki, ayrim
transaktsiya xarajatlari ushbu turdagi xarajatlarning paydo bo‘lishiga olib kelgan transaktsiyalarning
mavjud emasligi tufayli tafsirlanishi va hisoblab chiqilishi mumkin emas. Bunday xarajatlarning ushbu
turlari ―virtual xarajatlar‖, deb ataladi.