• 8-Mavzu. Shartnomalar nazariyasi Reja 1. Shartnoma tushunchasi 2. Sotish to’g’risidagi shartnoma va yollash to’g’risidagi shartnoma
  • Tayanch so’z va iboralar
  • Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot




    Download 6,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet40/123
    Sana30.01.2024
    Hajmi6,57 Mb.
    #148347
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   123
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot (1)

    Takrorlash uchun savollar 
    1. Mulk huquqi deganda nima tushuniladi? 
    2. Mulk o‘zi nima? Uning qanaqa shakllari mavjud? 
    3. Onore ro‘yxatiga kiruvchi mulk huquqlari turlarini ayting va ularning mohiyatini tushuntiring. 
    4. Mulk huquqining tasnifi nima va uni O‘zbekiston iqtisodiyotining amaliyotida qo‘llash imkoniyatlarini 
    izohlab bering.
    8-Mavzu. Shartnomalar nazariyasi 
    Reja 
    1. Shartnoma tushunchasi
    2. Sotish to’g’risidagi shartnoma va yollash to’g’risidagi shartnoma 
    3. Shartnomalarning xillari 
    4. Tashkilot tushunchasi va institut bilan tashkilot o’rtasidagi chegara 
    5. Qishloq xo’jaligida shartnoma munosabatlari 
     
    Tayanch so’z va iboralar: shartnoma, sotish to‘g‘risida shartnoma, yollash to‘g‘risida 
    shartnoma, tashkilot, kontraktatsiya, munosabatli odam, printsipal, agent, printsipal-agent 
    muammosi 
    1. Shartnoma tushunchasi 
    Shaxslar o‘zaro hamkorligining umumiy doiralari institutlar tomonidan belgilanadi. 
    Bitimlarni tuzish shartlarining muayyan doiralari esa o‘zaro hamkorlikning turli ishtirokchilari 
    o‘rtasida qayd etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 9-bobi (101-112-
    moddalar) bitimlarga bag‘ishlangan. Agar mulkchilik huquqlari nazariyasining atamalaridan 
    foydalansak, mulkchilik huquqlari bilan almashish va ularni himoyalash to‘g‘risidagi har qanday 
    kelishuvni shartnoma, deb atash mumkin. Shartnomani tuzishda shaxslar rasmiy va norasmiy 
    me‘yorlarni muayyan bitim ehtiyojlari uchun qo‘llagan holda, ulardan foydalanishadi. 
    Boshqacha aytganda, shartnoma belgalangan institutsional doiralarda amalga oshiriladigan 
    almashuv maqsadlari va shartlarining shaxslar tomonidan ongli ravishda va erkin tanlanishini aks 
    ettiradi. 
    Shartnoma – belgalangan institutsional doiralarda shaxslarning ongli ravishda va erkin 
    tanlashi natijasi hisoblangan mulkchilik huquqlari bilan almashish va ularni himoyalash 
    to‘g‘risidagi kelishuv. 
    Shunday qilib, institutsional tahlil oqilona tanlov modelining umumiy emas, balki 
    xususiy holatini ko‘rib chiqish uchun zamin yaratadi. Ushbu model universal emas, u alohida 
    institutsional doiralarda shaxslarning xatti-harakatni yoritish bilan chegaralanadi, bunda shaxslar 
    ushbu doiralarga cheklangan darajada ta‘sir ko‘rsatadi. Oqilona tanlov modelini institutsional 
    doiralarga joylashtirish «doira samarasi» deb nom oldi. Biroq oqilona tanlov institutsional 
    doiralarini faqat chegaralash (giyohvondlik moddalari, qurol-aslaha, boshqa ijtimoiy xavfli 
    tovarlar va xizmatlar oldi-sotdisi to‘g‘risida shartnomalar tuzish uchun qonuniy taqiq) sifatida 
    talqin etish noto‘g‘ri bo‘ladi. Institutsional doiralar nafaqat cheklaydi, balki oqilona tanlovni 
    amalga oshirish uchun zamin yaratishi mumkin. Shu tariqa, ishonchning norasmiy me‘yori ham, 
    tomonlarning shartnomadan kelib chiquvchi majburiyatlarining paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi 


    19 
    rasmiy qoida ham, hatto shartnoma tuzish va uni bajarish lahzasi o‘rtasida ancha vaqt o‘tgan 
    taqdirda ham huquqlar bilan almashish imkonini beradi. Bunday institutsional doiralarda amal 
    qiluvchi «munosabatli» odam, o‘z xususiyatlariga ko‘ra homo oeconomicusdan farq qiladi – 
    birinchi tushuncha ikkinchisiga qaraganda ancha keng. 
    «Munosabatli» odam oqilona maqsadli harakat me‘yoriga amal qiladi, lekin shu bilan 
    birga u o‘z xatti-harakatini ishonch, empatiya va bozor konstitutsiyasini tashkil qiluvchi boshqa 
    me‘yorlar asosida ham quradi. 
    Uni tuzish va bajarish lahzalarining vaqt bo‘yicha mos kelmasligini nazarda tutuvchi 
    shartnoma odatiy holatni o‘zida namoyon etadi.
    Bozor konstitutsiyasiga ko‘ra, shaxs xatti-harakatiga «tabiiy» omillarning ta‘sirini aniq oldindan 
    aytishning iloji yo‘q. Chunki bozor konstitutsiyasi shaxs va «tabiat» o‘rtasidagi emas, balki shaxslar 
    o’rtasidagi o‘zaro hamkorlikni tartibga soluvchi me‘yorlar yig‘indisini o‘zida namoyon etadi. Shaxslar 
    o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik natijalariga «Tabiat» ta‘sirining uchta varianti mavjud. 
    1. «Tabiat» o‘zaro hamkorlik natijalariga ta‘sir ko‘rsatmaydi, shaxslar ushbu holatda aniqlik 
    sharoitida bo‘ladi 
    2. «Tabiat» o‘zaro hamkorlik natijalariga ta‘sir ko‘rsatadi, lekin uning ta‘sirini oldindan aytish 
    mumkin. Shaxs tomonidan qabul qilinadigan qarorni muqobil natijalarning paydo bo‘lishi ehtimoli 
    ma‘lum bo‘lganida «hisoblab chiqish» mumkin.
    3. «Tabiat» o‘zaro hamkorlik natijalariga ta‘sir ko‘rsatadi, lekin uning ta‘sirini oldindan aytib 
    bo‘lmaydi. Qaror qabul qilish natijalarini «hisoblab chiqish» mumkin emas, chunki qarorni qabul qilish 
    vaqtida ularning paydo bo‘lishi ehtimoli emas, balki faqat uning muqobil yakunlari ma‘lum.
    Xatar va noaniqlik sharoitida hamma shaxslar ham bir xil harakat qilmaydi. Insonlarning 
    xatarga nisbatan munosabatlari nuqtai nazaridan ularning uchta xili mavjud: xatarga qarshi 
    insonlar; xatarga betaraf munosabatda bo‘ladigan insonlar va xatarga moyil insonlar. 

    Download 6,57 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   123




    Download 6,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot

    Download 6,57 Mb.
    Pdf ko'rish