• 5. Firmalarning asosiy xillari Tayanch so’z va iboralar
  • «Printsipal» bilan «agent»ning o’zaro munosabatlari matritsasi
  • Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot




    Download 6,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet48/123
    Sana30.01.2024
    Hajmi6,57 Mb.
    #148347
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   123
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot (1)

     
    9-Mavzu. Firma nazariyasi 
     
    Reja 
    1. «Printsipal» bilan «agent» o’rtasidagi o’zaro munosabatlar muammosi 
    2. «Printsipal-agent» muammolarini hal etish variantlari 
    3. Firmaning ichki tuzilmasi 
    4. Firmalar tipologiyasi va ularning rivojlanish traektoriyasi 
    5. Firmalarning asosiy xillari 
     Tayanch so’z va iboralar: printsipal, agent, firma, firmaning ichki tuzilmasi, firma 
    tipologiyasi, firma traektoriyasi, unitar (U-tuzilma), xolding (X-tuzilma), multidivizional (M-
    tuzilma) aralash (A-tuzilma). 
     
    1. «Printsipal» bilan «agent» o’rtasidagi o’zaro munosabatlar muammosi
    Tashkilot tarkibiga kiruvchi «agentlar» sonining o‘sishi, agentlar harakati ustidan nazorat 
    qilish uchun talab etiladigan «printsipal» xarajatlarining oshishini belgilab beradi. «Agent»ni 
    nazorat qilish zarurati va nazoratni amalga oshirishni istamaslik o‘rtasidagi tanlovdan iborat 
    bo‘lgan «printsipal» muammaviy holatini o‘yinlar nazariyasidan quyidagi model yordamida 
    ko‘rish mumkin. «Printsipal»ning nazorat qilish uchun xarajatlari birga teng deylik, «agent» 
    tomonidan o‘z majburiyatlarining vijdonan bajarilishidan olinadigan foyda 2 ga va vijdonsizlik 
    bilan bajarganlik holatlardagi yo‘qotishlar esa 2 ga teng, deylik. «Agent» tomonidan o‘z 
    vazifasini bajarishga nisbatan vijdonsizlik bilan munosabatda bo‘lingan yoki «ishdan bo’yin 
    tovlash» holatlari aniqlangan taqdirda, u mukofot olish huquqidan mahrum bo‘lishini hisobga 
    olgan holda, «printsipal» bilan «agent»ning o‘zaro munosabatlari quyidagi matritsa bilan 
    izohlanadi. 
    9.1 -jadval 
    «Printsipal» bilan «agent»ning o’zaro munosabatlari matritsasi 
    «Printsipal» 
    «A
    ge
    n

    Nazorat qilish 
    Nazorat qilmaslik 
    Vijdonan ishlash 
    1; 1 [St
    2

    1; 2 [St
    1
    , P] 
    Ishdan bo‘yin tovlash 
    0; -1 
    2; -2 


    28 
    Ushbu o‘yinda «printsipal» va «agent» strategiyasining mos kelmasligi muammosi 
    yaqqol ko‘rinib turibdi. Bunda Nesh bo‘yicha muvozanat mavjud emas: «printsipal» va «agent» 
    o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda optimal natijaga erishish tashkilotning rivojlanishi jarayonida 
    yuzaga keladigan tahdid ostida bo‘ladi. 
    Lekin, nazorat xarajatlarining ortishi «agentlar» sonining o‘sishiga to‘g‘ri proportsional 
    emas. Bu erda «printsipal» va «agent» o‘rtasida axborot asimmetriyasining paydo bo‘lishi 
    omilini hisobga olish lozim. Uchinchi o‘yinchi – «tabiat» bilan o‘yinni tahlil qilgan holda, biz 
    ikkita asosiy o‘yinchi o‘rtasidagi axborot asimmetriyasidan fikrni boshqa tomonga burdik. 
    Tashkilot ichida axborot asimmetriyasining paydo bo‘lishi sabablarini aniqlash uchun
    institutsional tizim sifatida buyruqbozlik tizimini tadqiq qilgan Fridrix fon Xayekning isbotlarini 
    eslaymiz. Ya‘ni hech qanday o‘ylangan markaz (ya‘ni «printsipal») hamma vaqt barcha 
    hodisalardan xabardor bo‘lib turishga va ushbu axborotni manfaatdor tomonlarning hukmiga 
    tezkor havola etishga qodir emas 
    Xayek nazarida, bitimning barcha ishtirokchilarini teng va to‘liq hajmdagi axborot bilan 
    ta‘minlovchi mexanizm bo‘lib mutlaqo raqobatchi bozorlardagi narxning shakllanishi 
    hisoblanadi. Firma doirasida hech qanaqa raqobatli narx shakllanishi to‘g‘risida gap bo‘lishi 
    mumkin emas, «agent»ning o‘z mehnatining yakuniy mahsuli qiymatidan muntazam ravishda 
    bosh tortishi ana shundan dalolat berib turibdi. Chunki faqat ish haqi mehnatning yakuniy 
    mahsuliga teng bo‘lgan taqdirdagina mehnat bozorida muvozanatga erishish mumkin va narx 
    to‘liq axborotni o‘zida mujassamlantiradi. 
    Demak, tashkilotning rivojlanishiga qarab aylanadigan axborotning murakkablashuvi va 
    ixtisoslashuvi yuz beradi. Lekin ular samaradorlik bo‘yicha narx-navo mexanizmi bilan 
    taqqoslanadigan axborot aylanishi tizimining barpo etilishi bilan kuzatilmaydi. Tashkilot ichida 
    qaror qabul qilish jarayoni ularning har birida sifat jihatdan yangi axborot paydo bo‘ladigan 
    ko‘plab bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Buning ustiga, ushbu sifat jihatdan yangi axborotga faqat 
    uni olish va unga ishlov berishda bevosita ishtirok etuvchi tashkilot a‘zolari ega bo‘ladi.
    Noyob axborotga ega bo‘lgan tashkilot ishtirokchilari - «agentlar» uni tarqatishdan va uni 
    buzilmagan tarzda «printsipal»ga uzatilishidan manfaatdor emaslar. Haqiqatdan ham axborot 
    asimmetriyasi «agentlar»ning opportunistik xatti-harakatlari uchun zamin yaratadi – ularning o‘z 
    foydaliligini ko’paytirishga urinishlari, ular tomonidan yollash to‘g‘risidagi shartnoma 
    tuzilishida qabul qilingan majburiyatlarga qaramasdan, foydalilikning qandaydir qat’iy 
    belgilangan darajasi bilan qondiriladi. «Tabiiy» ko‘zda tutilmagan holatlar sodir bo‘lgan 
    taqdirda, yollash to‘g‘risidagi shartnoma yordamida belgilangan mukofot kafolatini olib, 
    «agent»ning o‘zi unga «printsipal» bilan nayrang qilish yordamida faoliyat natijasini o‘z 
    foydasiga qayta taqsimlash imkonini beruvchi «sun‘iy» kutilmagan holatlarni tashkil etishga 
    urinadi. Sotsializm davrida sodir etilgan «agentlar»ning o‘z faoliyati natijalarini o‘zlashtirishda 
    ishtirok etishga opportunistik urinishi kabi iqtisodiy jinoyatlarning aksariyatini aynan shu nuqtai 
    nazardan talqin etish lozim.

    Download 6,57 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   123




    Download 6,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot

    Download 6,57 Mb.
    Pdf ko'rish