32
qabul qilishning markazlashtirish tamoyili saqlanib qolgan va ayni paytda
tezkor nazorat va
boshqaruv markazlashmagan. Shu tariqa divizionlar («agentlar»)ning o‘z moliyaviy xarajatini
qoplash tamoyili ularga o‘z faoliyatidan olinadigan daromadlarda ishtirok etish imkonini beradi,
lekin firma rahbariyati («printsipal») bunda firmaning maqsadlari va vazifalariga muvofiq
bo‘linmalar foydasining bir qismini qayta taqsimlash huquqini saqlab qoladi. Sanoat klasterlari
va transmilliy kompaniyalar multidivizional tuzilma tamoyillarini amalda qo‘llovchi
korxonalarga misol bo‘ladi.
4.
Aralash tuzilma, agar bo‘linmalardan biri huddi unitar
korxonadagi kabi firma
rahbariyati tomonidan to‘liq nazorat qilinsa, ikkinchi bo‘linma xoldingdagi kabi firma
rahbariyatiga moliyaviy jihatdan qaram bo‘lsa, uchinchi bo‘linma esa
operatsion mustaqillikka
ega bo‘lib, multidivizional tuzilmadagi kabi o‘z xarajatini qoplash tamoyili asosida faoliyat
ko‘rsatgan taqdirda, yuzaga keladi.