|
Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyotBog'liq portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot (1)
4.
Firmalar tipologiyasi va ularning rivojlanish traektoriyasi
Firma ichki tuzilishi u yoki bu modellarining paydo bo‘lishi va tarqalishini faqat ularning
«printsipal-agent» muammosini hal etishdagi qiyosiy samaradorligi bilan izohlab bo‘lmaydi.
Firmaning yangi ichki tuzilishini rivojlantirishga nisbatan ehtiyoj paydo bo‘lib, biroq bu amalga
oshirilmay qoladigan holat bo‘lib turishi tabiiy.
Firmaning ichki tuzilishini tahlil qilishda nafaqat transaktsiya xarajatlari dinamikasini
(birinchi navbatda monitoring xarajatlari va opportunizmni oldini olish), balki institutlar
dinamikasidagi «tarixiy shartlanganlik samarasi» kabi tashkiliy rivojlanishning undan avvalgi
traektoriyaga bog‘liqligini ham hisobga olish lozim. Firmaning tashkiliy rivojlanishini tarkibiy
o‘zgarishlarning alohida traektoriyasi bo‘yicha harakat sifatida talqin etish mumkin. Tashkilot
rivojlanishidagi «tarixiy shartlanganlik samarasi»ning tahlili institutlar dinamikasini o‘rganishda
ifodalangan dalillarni to‘ldirishni va qisman qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi.
Birinchidan,
tashkilot
doirasida
institutsional
darajada
mafkura
bajaradigan
funktsiyalarga o‘xshash funktsiyalar tashkiliy madaniyat hisoblanadi. Har qanday tashkilotda:
korxonada, kasaba uyushmasida yoki siyosiy partiyada umumiy tarkibiy qism – tashkiliy bilim
mavjud. Tashkiliy madaniyat, «printsipal» bilan «agent» o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ular
asosida quriladigan me‘yorlar, qoidalar va an‘analarda amalga oshiriladi. Tashkiliy
madaniyatning talqin etish funktsiyasi u yoki bu kutilmagan holatlar sodir bo‘lganida
«printsipal» qarorlarning asosliligini baholash uchun uning «agentlar» tomonidan
foydalanilishidan iborat. Tashkiliy madaniyat bo‘ysunuvchilarga tashkilot u yoki bu kutilmagan
holatga qanday munosabat bildirishi haqida tasavvur beradi. Qat‘iyroq aytadigan bo‘lsak, u
tufayli tashkilot o‘zining birxilligiga ega bo‘ladi.
|
| |