Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/123
Sana30.01.2024
Hajmi6,57 Mb.
#148347
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   123
Bog'liq
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot (1)

2. A firma. Amerika firmasi yoki A firma neoklassik darsliklar sahifalarida tahlil 
qilinuvchi firmaning ideal xiliga ko‘proq mos keladi. A firma o‘z mahsulotiga raqobat tomonidan 
belgilangan narxda va ishlab chiqarish funktsiyasi bilan yoritiladigan xarajatlar tarkibida foydani 
ko‘paytirishni maqsad qilib qo‘ygan. Hatto, agar qandaydir firmada raqobat bozorida firmaning 
muvozanatini to‘g‘ri hisoblab chiqa oladigan bironta ham xodim topilmasa ham, u bozorda 
o‘zini huddi neoklassik nazariyaning barcha qoidalari bo‘yicha foydani ko‘paytirgandek, tutadi. 
Foydani ko‘paytirishga yo‘naltirilish A firma «printsipali» - uning aktsiyadorlarining 
maqsadli funktsiyasi bilan belgilangan. Aktsiyadorlarning asosiy manfaati bir aktsiyaga 
hisoblangan o‘z daromadini oshirishdan iborat, bu yil yakuniga ko‘ra korxonaning investitsiya 
qilinmagan foydasining miqdoriga bog‘liq. O‘z navbatida, foydaning miqdori «agentlar» - A 
firmaning yollanma menejerlarining harakatlari bilan belgilangan. «Printsipal-agent» xilidagi 
o‘zaro munosabatlar menejerlar bilan yollanma xodimlar o‘rtasida ham yuzaga keladi. 
Aktsiyadorlar bilan menejerlarning o‘zaro munosabatlarida «printsipal-agent» muammosi 
ikkita muqobil mexanizm – «ovoz berish» va «chiqish» asosida hal etiladi. Aktsiyadorlar 
menejerlarning faoliyati ustidan navzorat qilish huquqini yo aktsiyadorlarning yillik yig‘ilishida 
ishtirok etib va direktorlar kengashi tarkibini o‘zgartirish («ovoz berish») orqali yoki o‘z 
aktsiyasini sotib va bu bilan menejerlarning harakatlarini ma‘qullamasligini ifodalash 
(«chiqish») yo‘li bilan amalga oshirishlari mumkin. Menejerlarga o‘z xizmatlari bozori 
tomonidan ko‘rsatiladigan intizomiy ta‘sir ushbu bozorda yuqori transaktsiya xarajatlari va unda 
almashiladigan resurslar – boshqaruv ko‘nikmalari va iqtidorlar o‘ziga xosligining yuqori 
darajasi tufayli, kam samarali hisoblanadi. 


35 
Ikkala muqobil variant - «ovoz berish» ham, «chiqish» ham o‘zining qator 
kamchiliklariga ega. Ovoz berish aktsiyalarning kichik paketlari egalari uchun «chiptasiz 
muammosi»ni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, aktsiyadorlar yig‘ilishning kun tartibini 
menejerlarning o‘zlari nazorat qilishadi. Samarasiz boshqarilayotgan firma aktsiyalarining 
sotilishi esa hamma vaqt aktsiyalarning pasaygan kursi tufayli mulkdorlarga zarar keltiradi.
«Ovoz berish» borasidagi ahvolni ishonchli ovoz berish amaliyoti yordamida to‘g‘rilash 
mumkin, bunda kichik paketlar mulkdorlari o‘z nomidan ovoz berishni yirikroq paketlar 
egalariga ishonib topshiradilar. «Chiqish» variantidan foydalanishni esa aktsiyalarning 
birlashtirilgan paketlari oldi-sotdisiga tender takliflaridan foydalanish orqali optimallashtirish 
mumkin. 
Menejerlar bilan xodimlarning o‘zaro munosabatlarida «printsipal-agent» muammosining 
hal etilishi fordizm – Buyuk qatag‘onlik davrida Genri Ford tomonidan ishlab chiqilgan 
mehnatni tashkil qilish tizimi tamoyillariga asoslanadi. Menejerlar bilan yollanma xodimlarning 
o‘zaro munosabatlari siyosati sifatida fordizmning asosiy unsurlari quyidagilardan iborat: 

narxlarning o‘sishiga qarab ish haqining indeksatsiyalanishini o‘z ichiga oluvchi 
mehnatga haq to‘lashning yuqori darajasi; 

qat‘iy ishlab chiqarish intizomi, bunda mashina (masalan, konveyer) xodimning 
harakatlari ustidan nazorat qilish vositasi rolini o‘ynaydi; 

kasaba uyushmalari ish beruvchilar bilan yollanma xodimlar o‘rtasidagi nizoli 
munosabatlarda vositachi rolini bajarishadi; 

bir tarmoqning o‘ziga qarashli korxonalarda (masalan, «Ford» va «General Motors» 
o‘rtasida) kadrlar o‘rni almashtirilishining yuqori darajasi. 
Va nihoyat, A firmaning ishlab chiqarish va sotish aloqalarining tarkibi transaktsiya 
xarajatlarini pasaytirish vazifasiga to‘liq buysungan. Integratsiya – orqaga, oldinga va 
kombinatsiyalash – muqobil maqsadlarga qaraganda ko‘proq transaktsiya xarajatlarini 
pasaytirish maqsadlari bilan bog‘liq. Etkazib beruvchilar, xaridorlar, shuningdek ular bilan 
tuziladigan shartnomaning xilini tanlash firmaning shu onda bozorda yuzaga kelgan transaktsiya 
xarajatlarining darajasini pasaytirishga intilishini aks ettiradi. Masalan, go‘sht mahsulotini 
tashish uchun refrijerator texnika bilan ta‘minlashga katta miqdordagi investitsiyalar zarurligi 
bois, ko‘pincha go‘shtni qayta ishlovchi korxonalar tashish masalasini refrijeratorlar parkini 
xarid qilgan holda, pudrat asosida hal etishadi. 

Download 6,57 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   123




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot

Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish