36
ularning o‘zlari joriy nazoratni firma xodimlarining o‘zlariga ishonib topshiradilar. Bu erda gap
qisqa muddatli shartnomalar asosida yollangan xodimlar haqida emas, balki doimiy xodimlar
haqida ketayapti.
Shunday qilib, yapon firmasi «agentlar» ittifoqi modeliga juda yaqin va unda «printsipal-
agent» xilidagi klassik munosabatlar mavjud emas. Ushbu fikr
quyidagi faktlar bilan ham
tasdiqlanadi. Birinchidan,
J firmada xodimlarni bo‘linmalar va bajariladigan funktsiyalar
bo‘yicha bo‘lishdan faol foydalaniladi: o‘zaro bog‘liq operatsiyalarni bajarishga ham, rahbarlik
funktsiyasini amalga oshirishga ham qodir bo‘lgan universal xodim ideal hisoblanadi. Masalan,
yangi mahsulotlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi muhandislarni ishlab chiqarish
jarayoniga safarbar etish amaliyoti,
va aksincha, «chiziqli» muhandislarning tajriba-
konstruktorlik byurosidagi har yillik amaliyoti ko‘proq gorizontal muvofiqlashuvga misol
bo‘ladi. Muvofiqlashuvning gorizontal tamoyillari firma ichida axborot oqimlari aylanishini
shunchalik optimallashtirish imkonini beradiki, bo‘linmalar shiddat
bilan ishlab va zarurat
tug‘ilishiga qarab yangi mahsulot to‘plamlarini boshqa bo‘linmalarga buyurtma qilgani holda,
sug‘urta va butlovchi qismlar zahiralarini barpo etmasdan faoliyat ko‘rsatishda davom etishadi.
Ikkinchidan, o‘rin almashish tamoyili xodimlarning mansab bo‘yicha o‘sishlarini
rejalashtirishning asosida yotadi.
J firmada daraja pag‘onasi amal qiladi, ya‘ni xodimlar
mehnatiga haq to‘lash va ularning ijtimoiy maqomi ishlab chiqarish o‘lchami bilan emas, balki
firma ichidagi pog‘onaning darajasi bilan belgilanadi. Yangidan ishga qabul qilingan xodim
uchun lavozimda o‘sish past pag‘onalardan boshlanib, uning butun mehnat faoliyati mobaynida
davom etadi.
Shunisi qiziqki, aktsiyador banklar ham,
J firma ham, uning hamkorlari (o‘zaro
bog‘liq korxonalar) ham darajalarning yagona ierarxiyasini hosil qiladi. Shuning uchun
xodimning mansabda ko‘tarilishi korxonadan boshlanib bankda yoki hamkor firmada davom
etishi mumkin va aksincha.
Yaponiya korporatsiyasi agentlar ittifoqi
tomonidan nazorat qilinadi, bu firmaning
maqsadli funktsiyasini o‘zgartiradi: foydani ko‘paytirish uning maqsadlari ierarxiyasida endi
daslabki o‘rinni egallamaydi. Firma tomonidan nazorat qilinadigan bozor ulushining uzluksiz
o‘sishini ta‘minlash birinchi o‘rinda turadi, chunki bunday o‘sish tashkiliy o‘zgartirish, tuzilmani
kengaytirish va rivojlantirish uchun zamin yaratadi.O‘sish uni ta‘minlaganlarni mukofotlaydi, -
tamoyili aynan yapon firmalariga nisbatan to‘g‘ri, ularda tashkiliy o‘zgartirish darajalarining
sonini
oshiradi va, demak, uning xodimlarining mansabdagi o‘sishini yaxshilaydi. Boshqacha
aytganda, aktsiyadorlarni ham, xodimlarni ham nazorat qilish ishlab chiqarish va sotuv hajmini
oshirish orqali firmani tashkiliy yuqori rentani oshirishga yo‘naltiradi: faqat ana shunday maqsad
turli mulkdorlarning manfaatlarini tenglashtiradi.
J firmaning uning asosiy hamkorlari – o‘zaro bog‘liq korxonalar va davlat bilan o‘zaro
munosabatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, har bir firma kvazidoimiy o‘zaro bog‘liq korxonalar –
«keyretsu» doirasiga ega. Bunda «Toyota» xilidagi yirik korporatsiyalarda o‘zaro bog‘liq
korxonalar bosh firma atrofida uchta qatorga guruhlanadi. Birinchisi – eng barqaror firmalar
(neoklassik shartnoma asosida ishlovchi bunday o‘zaro bog‘liq korxonalarning soni «Toyota»da
122 ta), ikkinchisi – bozordagi vaziyat tubdan o‘zgargan holatda ular bilan munosabatlar uzilishi
mumkin bo‘lgan (5437 ta) firmalar, uchinchisi - qisqa muddatli shartnomalar asosida ishlovchi
etkazib beruvchilardan (41703 ta firma) tarkib topadi. «Keyretsu»ni tuzishda o‘zaro bog‘liq
korxonalarning nufuzi asosida transaktsiya xarajatlarini tejash omiliga xatarni bo‘lish
omili
qo‘shimcha qilinadi: bozor kon‘yunkturasining asosiy ta‘sirini ikkinchi va ayniqsa uchinchi
qator tarkibidagi o‘zaro bog‘liq korxonalar o‘zlarida his etishadi.
Davlat bilan munosabatlarga kelsak,
A firmadan farqli o‘laroq
J firma to‘liq
mustaqillikka intilmaydi. Amalda davlatga yapon firmasi tomonidan korporativ manfaatlar va
umuman jamiyat manfaatlari o‘rtasidagi hakam korporatsiyalar kurashida esa muvozanatni
saqlashning kafili sifatida qaraladi.