• 10-Mavzu. Tashkilotni amaliy tahlil qilish nazariyalari Reja 1. Transaktsiya xarajatlarining ordinalistik nazariyasi asosida tashkiliy tuzilmalarni
  • 3. Firma ichidagi nizolarni tahlil qilish va ularni kelishuvlar nazariyasi asosida hal etish Tayanch so’z va iboralar
  • Turli iqtisodiyotda harakat qiluvchi korxonalar faoliyat ko’rsatishi mezonlari*




    Download 6,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet58/123
    Sana30.01.2024
    Hajmi6,57 Mb.
    #148347
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   123
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot (1)

    Turli iqtisodiyotda harakat qiluvchi korxonalar faoliyat ko’rsatishi mezonlari* 
     
    Taqqoslash 
    mezonlari 
    B korxona
    A korxona 
    korxona 
    O’ korxona 
    Maqsadli 
    funktsiya 
    Normal yuklamali 
    rejani bajarish 
    Foydani 
    oshirish 
    Ishlab chiqarish va 
    sotish 
    hajm-larini 
    o‘stirish hisobidan 
    tash-kiliy 
    kvazirenta-ni 
    oshirish 
    Korxonaning 
    omon 
    qolishi, 
    mehnat 
    jamoa-
    sini saqlab qolish 
    Mulkchilik 
    tarkibi 
    Formal-davlat, 
    «idoralarning» 
    oeal mulki 
    Aktsiyador-
    lar 
    ichida 
    jismoniy 
    shaxslar 
    ustunlik 
    qiladigan 
    aktsiyadorlik 
    Formal-aktsiya-
    dorlik, 
    jamoa 
    korxonasi 
    ele-
    mentlariga 
    ega 
    bo‘lgan 
    real 
    aktsiyadorlik 
    Formal-aktsiya-
    dorlik, 
    real 
    – 
    «rekombinatsiyal
    angan» 
    «Printsipal» 
    «Idora» (vazirlik, 
    idora) 
    Yakka 
    aktsiyadorlar 
    Aktsiyadorlar 
    va 
    kvazidoimiy 
    xodimlar ittifoqi 
    Korxona 
    rahbariyati 
    Byudjet 
    cheklovlarinin

    qat‘iylik 
    darajasi 
    0-2 

    3-4 
    2-3 
    Tashqi muhit 
    tavsifi 
    Barqaror 
    Xatar
    Xatar
    Nomalum 
    «Printsipal-
    agent» 
    muammosini 
    hal 
    etish 
    usullari 
    Uchta 
    shakldagi 
    bevosita nazorat 
    (ma‘muriy, par-
    tiya, 
    kasaba 
    uyushmalari yoki 
    kengash) 
    «Ovoz 
    berish» yoki 
    «chiqish» 
    orqali 
    «Agentlar» ittifoqi 
    sifatida 
    firma 
    modelidan 
    foydalanish 
    Korxona 
    rah-
    bariyati va uning 
    xodimla-rining 
    o‘zaro 
    munosabatlaridag

    patterna-lizm 
    siyosati 
    Xo‘jalik 
    aloqalari 
    tarkibini 
    belgilab 
    beruvchi 
    omillar 
    Barcha 
    gori-
    zontal 
    aloqalar 
    vertikal aloqa-lar 
    orqali 
    (re-
    surslarni ajratish 
    doirasida) amalga 
    oshiriladi 
    Transaktsiya 
    xarajatlarini 
    pasaytirish 
    Transaktsiya 
    xarajatlarini 
    pasaytirish 
    va 
    xatarni 
    turli 
    eshelonlar 
    tarkibidagi o‘zaro 
    bog‘liq korxonalar 
    o‘rtasida 
    taqsimlash 
    Ilgari 
    yuzaga 
    kelgan aloqalarni 
    saqlash, 
    yuqori 
    transaktsiya 
    xarajatlari tufayli 
    yangi aloqalarni 
    qidirishdan bosh 
    tortish 
    Davlat 
    bilan 
    o‘zaro 
    munosabatlar 
    Reja 
    organi 
    buyruqlariga 
    bo‘ysunish 
    To‘liq 
    mustaqillik 
    Boshqa korxonalar 
    bilan nizolar paydo 
    bo‘lganida hakam 
    sifatida foydalanish 
    Rasmana 
    mustaqillik, lekin 
    davlat passivlarni 
    boshqarishni real 
    markazlashtirish 
    doirasida 
    majburiyatlarning 


    39 
    bir qismini o‘z 
    zimmasiga oladi 
    Bandlik 
    siyosati 
    Resurslar 
    taqchilligining 
    kutilayotgan 
    miqdoridan 
    funktsiya sifatida 
    mehnatga bo‘lgan 
    talab 
    Mahsulotga 
    bo‘lgan talab 
    va xodimning 
    mehnat 
    unumdorligid
    an 
    kutilayotgan 
    miqdoridan 
    funktsiya 
    sifatida 
    mehnatga 
    bo‘lgan talab 
    Kvazidoimiy 
    xodimlarning 
    mehnatiga bo‘lgan 
    talab 
    barqaror, 
    mahsulotga 
    nisbatan 
    kutilayotgan talab 
    faqat qisman va 
    vaqtinchalik 
    bandlik miqdoriga 
    ta‘sir ko‘rsatadi 
    Mehnat 
    jamoasining 
    o‘zagini 
    saqlab 
    qolishga bo‘lgan 
    intilish 
    tufayli 
    mehnatga bo‘lgan 
    talab 
    barqaror, 
    ixtiyoriy 
    ishdan 
    bo‘shashlar 
    hisobidan 
    ortiqcha bandlik 
    «navesi» 
    qisqaradi 
    Ish 
    haqi 
    siyosati 
    Yagona 
    tarif 
    setkasi 
    asosida 
    qat‘iy belgilangan 
    Eng 
    yuqori 
    mehnat 
    unumdorligig

    qarab 
    moslashuvch
    an 
    Xodimning 
    darajalar 
    ierarxiyasidagi 
    o‘rniga qarab qat‘iy 
    belgilangan 
    qat‘iy belgilangan 
    Kasaba 
    uyushmasi 
    shakli 
    Tarmoq 
    Tarmoq 
    Korxonaning 
    kasaba uyushmasi 
    Tarmoq 
    Kasaba 
    uyushmasinin
    g funktsiyasi 
    Xodimlarni 
    nazorat qilishning 
    qo‘shimcha 
    mexanizmi; 
    ijtimoiy 
    boyliklarni 
    taqsimlash 
    Xodimlar va 
    ish 
    beruvchilar 
    o‘rtasida 
    nizolari 
    paydo 
    bo‘lganida 
    vositachi 
    Oddiy ishchilardan 
    tortib 
    to 
    direktsiyagacha 
    barcha 
    «insayderlar» 
    manfaatlarini 
    namoyon etish 
    Kasaba 
    uyushmalari past 
    safarbar 
    etuvchi 
    salohiyatga ega 
    * Manba: muallif tomonidan tuzilgan. 
    Xulosa 
    «Printsipal-agent» 
    muammosi 
    har 
    qanday 
    tashkilot 
    faoliyat 
    ko‘rsatishini 
    murakkablashtiradi. «Agent»dan «printsipal»ning foydaliligini oshiruvchi harakatlarni kutishadi, 
    lekin «agent» hamma vaqt o‘zi bilan «printsipal» o‘rtasida mavjud bo‘lgan axborot 
    asimmetriyasidan o‘z foydasi yo‘lida va «printsipal» manfaatlariga zid ravishda foydalanishga 
    harakat qiladi. Muammoni hal etish yo‘llari bir nechta: yuqori harajatlar bilan bog‘liq bevosita 
    nazoratni kuchaytirish; «printsipal» tomonidan «agentlar» musobaqasining tashkil etilishi;
    «agentlar»ning tashkilot faoliyatining daromadlarida ishtirok etishi va «agentlar»ning o‘zlari 
    tomonidan «printsipal» funktsiyalarining bajarilishi. «Printsipal-agent» muammosini hal 
    etishning ushbu variantlari firma ichki tuzilmasi uchta xilining tabiatini izohlaydi: unitar, xolding 
    va multidivizional. 
    Firmaning ichki tuzilishi tarkibini shartlab beruvchi omillarning har bir o‘ziga xos 
    kombinatsiyasi tashkiliy madaniyat asosida o‘zini o‘zi takror ishlab chiqarish tendentsiyasiga 
    ega. Gap tashkilotning traektoriya bo‘yicha rivojlanishi haqida borayapti. «Rivojlanishning 
    tarixiy shartlanganlik samarasi»ning mavjud bo‘lishi korxonalarning to‘rtta ideal xili haqida 
    gapirish imkonini beradi: buyruqbozlik iqtisodiyotida harakat qiluvchi B korxona, A firma,
    firma va o‘tish xilidagi korxona. Korxonalarning bunday xillari buyruqbozlik iqtisodiyotida 


    40 
    (rejali xilidagi iqtisodiyotda), mutlaq raqobat iqtisodiyotida (Amerika iqtisodiyotida), 
    iqtisodiyotning korporativ modelida (Yaponiya iqtisodiyotida) va o‘tish iqtisodiyotida yuzaga 
    kelgan omillarning o‘ziga xos kombinatsiyalarini aks ettiradi. 
     
    Takrorlash uchun savollar 
    1. ―Printsipial‖ va ―agent‖ so‘zlari nimani anglatadi? Ular o‘rtasidagi munosabatlar 
    nimalarga asoslanadi? 
    2. Sizga yaxshi tanish bo‘lgan tashkilotni tanlang va quyidagi savollarga javob bering: 
    korxonada «printsipal-agent» muammosi qanday hal etiladi; korxonaning tashkiliy tuzilishi 
    qanaqa (unitar, xolding, multidivizional, aralash); korxona firmaning qaysi benuqson xiliga 
    ko‘proq yaqin? 
    3. O‘zbekiston bozorida ishlovchi chet el firmasining filiali qanday xildagi korxona 
    jumlasiga kirishi mumkin? Javobingizni asoslashda qaysi omilarni hisobga olish lozim? 
    4. O‘tish xilidagi korxona barqaror tashkiliy tuzilma hisoblanadimi yoki ushbu 
    benuqson xil yordamida faqat B korxonaning A firmaga aylantirilishidagi bosqich yoritilganmi?
    10-Mavzu. Tashkilotni amaliy tahlil qilish nazariyalari 
    Reja 
    1. Transaktsiya xarajatlarining ordinalistik nazariyasi asosida tashkiliy tuzilmalarni 
    amaliy tahlil qilish 
    2. Firmaning balansi uning tarkibi to’g’risidagi axborot manbai sifatida 
    3. Firma ichidagi nizolarni tahlil qilish va ularni kelishuvlar nazariyasi asosida hal 
    etish 
    Tayanch so’z va iboralar: ordinalistik nazariya, Implitsit shartnoma, neoklassik shartnoma, 
    klassik shartnoma, infratuzilma 
    1. Transaktsiya xarajatlarining ordinalistik nazariyasi asosida tashkiliy tuzilmalarni 
    amaliy tahlil qilish 
    Firmalarni eng maqbul (benuqson) xillarga bo‘lish real tashkilotlar to‘g‘risida to‘liq 
    tasavvurga ega bo‘lish imkonini bermaydi, balki faqat tashkiliy tuzilmaning barqaror qismini 
    ajratib ko‘rsatadi. Ammo ushbu fikr institutsional yondashuv faqatgina tashkilot ichida yuz 
    berayotgan jarayonlarni tushunishga qodir ekanligini anglatmaydi. Muayyan tashkilot holatini 
    tekshirish va muayyan amaliy tashkiliy muammolarni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab 
    chiqishda institutsional yondashuv bilan bir qatorda, transaktsiya xarajatlari nazariyasi, 
    kelishuvlar nazariyasi va mulkchilik huquqlari nazariyasini ham bemalol amaliy qo‘llash 
    mumkin.
    Transaktsiya xarajatlarini o‘lchashdagi qiyinchiliklar muayyan iqtisodiy tahlil uchun 
    asosiy to‘siqlardan biri hisoblanadi. Birinchi galda transaktsiya xarajatlari barcha xillari pul 
    ekvivalentida baholanishi mumkinmi degan savol ochiqligicha qolmoqda. Hatto transaktsiyani 
    amalga oshirish uchun vaqt sarfini pul ekvivalentida ifodalashning oddiy tadbiri ham ko‘plab 
    holatlarda transaktsiyaning (masalan, muzokaralar yuritishning) u yoki bu jihatlarini 
    ta‘minlashga ixtisoslashgan vositachilarning yo‘qligi tufayli takomillashmagan. Shuningdek, 
    ilgari ishonchga ega bo‘lgan sherikning opportunistik xatti-harakati yoki mulkchilik 
    huquqlarining himoyalanmaganligi munosabati bilan yuzaga keladigan ruhiy tashvish tufayli 
    xarajatlarni pul shaklida baholashga urinishda undanda kattaroq murakkabliklar paydo bo‘ladi. 
    Transaktsiya xarajatlarini o‘lchash o‘tgan asr oxirida foydalilikni o‘lchash yuzasidan 
    munozaralar jarayonida qo‘yilgan muammoga o‘xshash muammoni keltirib chiqaradi. Agar 
    foydalilikni sifat jihatdan funktsional bog‘liqlikdagi aniqlik bilan o‘lchash mumkin bo‘lsa, u 
    holda birinchi va ikkinchi hosila naflilik ma‘nosini kasb etadi; birinchi hosilaning miqdori eng 


    41 
    yuqori naflilikning ko‘rsatkichi hisoblanadi, manfiy belgili ikkinchi hosila esa eng yuqori nafni 
    kamaytiruvchi qonunning amal qilishini anglatadi
    25

    Munozaralar chog‘ida foydalilikni o‘lchashning qabul qilingan usuliga muqobil variant 
    sifatida J.Eejuort va I.Fisher foydalilikning turli darajalari nisbatini aniqlash va ularning mutlaq 
    miqdorini baholashga nisbatan da‘volardan bosh tortishdan iborat bo‘lgan ordinalistik 
    yondashuvni taklif etishgan
    26
    . Transaktsiya xarajatlari nazariyasi ham ushbu yo‘nalishda 
    rivojlanmoqda. Iqtisodiy tashkilotlarni qiyosiy tahlil qilishda hech qachon alohida olingan 
    tashkiliy shakllar tadqiq etilmaydi, ular faqat mavjud muqobil variantlarga nisbatan ko‘rib 
    chiqiladi. 
    Turli shartnomalarda va tashkiliy matnlarda yuzaga keladigan transaktsiya xarajatlarini 
    taqqoslash ularning miqdorini ekspertiza yo’li bilan baholash orqali chegaralash imkonini 
    beradi. Turli variantlarga aniqliklar kiritish transaktsiya xarajatlarini pul shaklida o‘lchashning 
    takomillashmagan usullaridan bosh tortish imkonini beradi. U holda muayyan bitimni amalga 
    oshirishning optimal shaklini tanlash algoritmi ikkita bosqichni o‘z ichiga oladi. Birinchi 
    bosqichda turli xildagi: klassik, neoklassik va implitsit shartnomalardan (5-bobga q.) 
    foydalanishda yuzaga keladigan transaktsiya xarajatlari taqqoslanadi.

    Download 6,57 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   123




    Download 6,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Turli iqtisodiyotda harakat qiluvchi korxonalar faoliyat ko’rsatishi mezonlari*

    Download 6,57 Mb.
    Pdf ko'rish