48
ishbilarmonlik doiralaridagi obro‘si yoki iste‘molchilar o‘rtasida uning tovar belgisining
mashhurligi bizni ijtimoiy fikr imperativiga amal qilishga undaydi. Va nihoyat, keng ma‘nodagi
innovatsiyalarga intilish (yangi tovar yoki xizmatlar ishlab chiqarishdan
tortib to tashkiliy
tuzilmani optimallashtirishgacha) tashkilotning faoliyat ko‘rsatishida ijodiy faoliyat imperativini
aks ettiradi. Shunday qilib, tashkilot asosida turli imperativlar o‘rtasidagi
nizolar yotadi.
Kelishuvlar nazariyasining ustunligi nafaqat tashkilot faoliyat ko‘rsatishi jarayonida
yuzaga keladigan nizolarni ozmi yoki ko‘pmi muntazam yoritishdan iborat, balki u murosaning
turli ko‘rinishlarini tahlil qilish asosida nizolarni hal etish variantlarini ham taklif etadi. Masalan,
korxona rahbari, ishlab chiqarish jarayonini oqilona tashkil etish hisobidan iste‘molchilarga
taklif etilayotgan mahsulot narxini pasaytirishni ko‘zlagan holda, bosh muhandis (inustrial
kelishuv) va sotuv bo‘limi (bozor kelishuvi) xizmatlarining manfaatlari o‘rtasidagi
nizoni hal
etish yo‘lini qidirishi lozim. «Fordizm» tamoyillaridan biri industrial va bozor kelishuvlari
o‘rtasidagi murosaning bunday ko‘rinishini shunday izohlaydi: ishlab chiqarishni uzluksiz
tashkil etish asosida ishlab chiqariladigan mashinalar tannarxini pasaytirish,
sotuvni
rag‘batlantirish va hatto iste‘molning yangi standartini tashkil etish imkonini beradi.
Frantsuz ishlab chiqaruvchisining «Pogrebok Affinua» yangi pishloq navini ishlab
chiqarish to‘g‘risidagi qarori murosaning yanada murakkab ko‘rinishiga misol bo‘ladi. Ushbu
qaror an‘anaviy retseptlar, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish
va pishloqning ushbu xili
ko‘p sonli sovrinlar bilan taqdirlanadigan nufuzli tanlovlarda ishtirok etishi asosida
istemolchining nozik didli talablarini qondirishga urinish ta‘siri ostida qabul qilingan edi.
Mazkur korxona faoliyat ko‘rsatishini belgilab beruvchi bozor, an‘anaviy, inustrial kelishuvlar
hamda ijtimoiy fikr to‘g‘risidagi kelishuv murosasi ko‘zga tashlanib turibdi (10.2-rasm.).