49
Har qanday korxona uchun yuzaga keladigan
muammolarni uning yordamida
identifikatsiyalash va ularni hal etish yo‘llarini izlash yo‘nalishlarini belgilash oson bo‘ladigan
o‘ziga xos kelishuvlar «xaritasini» tuzish mumkin. Kelishuvlar nazariyasi nuqtai nazaridan
tashkiliy
tuzilmani
optimallashtirish
tashkilot
oldida
turgan
turli
imperativlarni
muvofiqlashtirishga yordam beruvchi murosa tamoyillarini qidirib topishdan iborat.
Xulosa
Faqat transaktsiya xarajatlarining miqdorini baholashga nisbatan
ordinalistik yondashuv
yordamida muayyan tashkilotlar tuzilmasini tahlil qilish uchun transaktsiya xarajatlari
nazariyasini qo‘llash mumkin. Mazkur yondashuv turli shartnoma va
tashkiliy shakllarda bitim
tuzishda yuzaga keladigan transaktsiya xarajatlari miqdorini ekspertiza yo‘li bilan baholash
yordamida taqqoslashdan iborat.
Ekspert baholaridan tashqari, tashkilotning buxgalteriya
hisoboti ham axborot manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin. O‘z
navbatida, kelishuvlar
nazariyasi tashkilotlarni
miqdoriy jihatdan emas, balki sifat jihatdan tahlil qilishga o‘z ulushini
qo‘shadi. Uning asosida tashkilot ichida yuzaga keladigan nizolar
tabiatini izohlash va uning
tuzilishini transaktsiya xarajatlari mezoni bo‘yicha emas, balki nizolarning keskinligini
pasaytirish mezoni bo‘yicha optimallashtirish mumkin.