58
D.Nortning ta‘riflashicha, davlat – zo‘rlikni amalga oshirishda qiyosiy ustunliklarga ega
bo‘lgan, chegaralari uning fuqarolarga soliq solish qobiliyati bilan belgilangan jug‘rofiy hududni
qamrab oluvchi tashkilot. Ushbu ustunliklar nimalar bilan belgilanadi?
Haqiqatdan ham, har qanday kafolatlangan almashuv,
pirovardida, mol-mulkni
himoyalashni sof kuch bilan amalga oshirishga yoki kuch ishlatish tahdidini solishga olib keladi.
Shu ma‘noda zo‘rlik (kuch ishlatish), iqtisodiy jihatdan, xo‘jalik
faoliyatining boshqa ikki
xilidan farq qilmavydi.
Bundan tashqari, transaktsiya xarajatlari iqtisodiy tizimning samaradorligiga ta‘sir
ko‘satadi, ular iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy tuzilmalar faoliyat ko‘rsatishining
samaradorligini
taqqoslashda bazaviy mezonlardan biri hisoblanib, jamiyat, shu jumladan,
davlat tuzumi
faoliyatining barcha sohalarida agentlik munosabatlari ushbu mezonga asoslanadi. Shunday
qilib, u yoki bu tuzilmani tanlash va rivojlantirish minimal transaktsiya
xarajatlari bilan
shartlangan.
Demak, suveren (davlat) hokimiyati agentlik munosabatlarining xarajatlari bilan
cheklangan va unga raqobat to‘sqinlik qiladi
33
. Endi ushbu holatga oydinlik kiritamiz. Agar
jamiyatda tartibni saqlash va davlat funktsiyalarini amalga oshirish o‘lchamsiz yuqori narxlarda
amalga oshirilsa, u holda bu davlatning ichida ham, uning tashqarisida ham (ham rasmiy, qonun
doirasida
faoliyat yurituvchi, ham norasmiy) raqobatlashuvchi tuzilmalarning paydo bo‘lishiga
olib keladi.
Soliq solish ehtimoli ham agentlik munosabatlari va o‘lchash (soliq solish bazasini
aniqlash va o‘lchash) hamda soliqlarni yig‘ish xarajatlari bilan bog‘liq qator cheklovlar tufayli
yuzaga keladi.
Shunday qilib, davlat – nazariy jihatdan eng samarali majbur
qilish organi hisoblanib,
bunda uning samaradorligi uning legitimligiga, ya‘ni ―soliq solinadigan fuqarolar tomonidan‖
davlatda kuch ishlatish huquqi mavjudligining tan olinishiga bevosita bog‘liq. Chunki agar
jamoat fikriga mos keladigan bunday tan olish mavjud bo‘lsa, u holda davlat o‘z funktsiyalari va
maqsadlarini amalga oshirish uchun cheklangan resurslardan oqilona
foydalanuvchi tashkilot
sifatida o‘z imkoniyatlarini aholining ushbu funktsiyalar va maqsadlar bajarilishiga qarshiligini
engish uchun sarflamasligi mumkin
34
.