56
1970-yillarda jahon xo‘jalik tizimida yuz bergan larzalar davlatning
iqtisodiyotdagi roli
va davlatning tabiati to‘g‘risidagi yangi bahs-munozaralarga turtki berdi.
Davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi chegarasi nima bilan belgilanadi?
Davlatning iqtisodiy sohada ishtirok etishining o‘zi inqiroz sababi va iqtisodiy rivojlanish uchun
to‘siq hisoblanmaydimi? Agar davlatning aralashuvi etarlicha samarali bo‘lmasa, buni qanday
qilib to‘g‘rilash mumkin? Davlatning roliga taalluqli bo‘lgan shu va boshqa savollarga javob
qidirish bilan turli ilmiy maktablar va yo‘nalishlar iqtisodchilarining aksariyati band.
Davlat tomonidan tartibga solish sohalari to‘g‘risidagi masala eng bahs-munozarali
bo‘lib, biz ushbu paragrafda unga javob topishga urinib ko‘ramiz.
Adam Smit 18-asrning ikkinchi yarmidayoq davlatning asosiy
majburiyatlari doirasini
belgilab berdi:
- birinchidan, jamiyatni kuch ishlatish va boshqa mustaqil jamiyatlarning bostirib
kelishidan himoyalash;
- ikkinchidan, imkon qadar, jamiyatning har bir a‘zosini adolatsizlikdan va uning boshqa
a‘zolari tomonidan jabrlashdan himoyalash yoki yaxshi adolat hukmini o‘rnatish;
- uchinchidan, ularni barpo etish va saqlab turish alohida shaxslar
yoki kichik guruhlar
manfaatlari yo‘lida amalga oshirilmaydigan muayyan ijtimoiy inshootlar va ijtimoiy
muassasalarni barpo etish va saqlab turish, chunki ulardan keladigan foyda hech qachon alohida
shaxslar yoki kichik guruhlarga xarajatlarni to‘lay olmaydi, lekin ko‘pincha xarajatlarni katta
jamiyatga ortiqcha to‘lashi mumkin
29
.
Ikki asrdan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lishiga qaramay, mazkur tasnif davlat faoliyati
sohalarining asosiy ma‘nosini aks ettiradi.
Yangi institutsional maktabning hozirgi vakillari davlat interventsionalizmini
iqtisodiy
asoslashni bozorning nuqsonlarida yoki nochorligida ko‘rmoqda. Yangi institutsionalistlarning
hozirgi talqinida davlatning
funktsiyalari quyidagilardan iborat
30
:
-
mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish: transaktsiya xarajatlari nolga
teng bo‘lmagan taqdirda mulkchilik huquqlarining taqsimlanishi resurslardan foydalanish
samaradorligiga ta‘sir ko‘rsatadi;
-
axborot bilan almashish tarmoqlarini barpo etish: muvazanatli
narx bozor
ishtirokchilariga past xarajatli va kam buzib ko‘rsatilgan axborot bilan almashish imkonini
beruvchi rivojlangan axborot infratuzilmasi bazasida shakllanadi;
-
o’lchash va tortish standartlarini ishlab chiqish: davlatning ushbu yo‘nalishdagi
faoliyati almashinadigan tovarlar va xizmatlar sifatini o‘lchash xarajatlarini pasaytirish imkonini
beradi, yanada keng ma‘noda esa universal chora-tadbirlar jumlasiga davlat tomonidan pul
muomalasining tashkil etilishi ham kiradi, chunki almashuvning universal tadbir –
pulning eng
muhim funktsiyalaridan biri;
-
tovarlar va xizmatlar bilan jismoniy almashish tarmoqlari va mexanizmlarini
barpo etish: bozor infratuzilmasi nafaqat axborot bilan almashish tarmoqlarini, balki tovarlar va
xizmatlarning jismoniy harakatlanishi tarmoqlari (transport tarmoqlari, savdolar uchun uyushgan
maydonchalar va h.k.)ni o‘z ichiga oladi;
-
huquqni muhofaza qilish faoliyati va nizolarda «uchinchi» tomon rolini bajarish:
shartnomalarni bajarishda kutilmagan holatlarning paydo bo‘lishi sharnoma tomonlarining
ulardan opportunistik foydalanishidan kafolatlash uchun «uchinchi» tomon (sud)ning
aralashuvini talab qiladi;
-
sof ijtimoiy farovonlikni yaratish «chiptasiz»
muammosini keltirib chiqaradi, bu
uni moliyalash uchun davlat tomonidan majburlov choralaridan foydalanishni talab qiladi
(birinchi navbatda mudofaa, keyin sog‘liqni saqlash va ta‘lim singari ijtimoiy farovonlikni
yaratish).
29
Смит А. Исследование о природе и богатстве народов – М.: Лекиздат, 1935. –С. 231.
30
Олейник А. Институциональная экономика. – М.: ИНФРА-М, 2000. –С. 344-345.
57
Yangi institutsional nazariya vositalariga tayanib, davlatni shakllantirish va rivojlantirish
bosqichlarini
tadqiq etgan holda, davlatni boshqarishning asosiy sohalarini tanlashning
institutsional sabablarini aniqlash mumkin bo‘ladi.