«Ekspluatatorlik» davlati tushunchasi




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/123
Sana30.01.2024
Hajmi6,57 Mb.
#148347
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   123
Bog'liq
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot (1)

3. «Ekspluatatorlik» davlati tushunchasi 
Shartnomaviy davlatdan farqli o‘laroq ekspluatatorlik davlati o‘z daromadini (soliq 
tushumlarini), aniqrog‘i, - davlat apparatini nazorat qiluvchi guruhning daromadini oshirish 
uchun majbur qilish monopoliyasidan foydalanadi. Ekspluatatorlik davlatining mulkchilik 
huquqlarini tafsirlash va himoya qilishdagi asosiy maqsadi «mulkning boshqaruvchi rentasini 
oshiruvchi tarkibiga» erishishdan iborat, hatto agar bunga umuman jamiyat farovonligiga ziyon 
etkazib erishilsada. Masalan, qirollar o‘rta asrlar korporatsiyalariga hunarmandchilikning 
rivojlanishi va texnika taraqqiyotiga to‘sqinlik qiluvchi ko‘plab huquqlarni topshirib, buning 
o‘rniga barqaror tushumlar manbasiga erishgan. Bundan tashqari, davlat unga ijtimoiy shartnoma 
bilan berilgan doiralar bilan chegaralanmaydi, davlat apparati insonlar o‘rtasidagi o‘zaro 
hamkorlikning yangi sohalariga doimiy ekspansiyani amalga oshiradi, bu hol ekspluatatorlik 
davlatining o‘z daromadlarini va davlat byudjeti orqali o‘tuvchi resurslar hajmini oshirishga 
intilishi bilan izohlanadi. 
Ekspluatatorlik davlati faoliyatidan ko‘riladigan zararni faqat og‘ir soliqlar (nohaq yig‘imlar) 
va mulkchilik huquqlarini taqsimlash muntazam va oldindan aytib bo’ladigan xususiyatga ega 
bo‘lgan taqdirda qisqartirish mumkin. Og‘ir soliqlarning oldindan aytib berilishi davlatning ham, 
uning fuqarolarining ham manfaatlariga xizmat qiladi, bunda davlat uzoq muddatli istiqbolda 
barqaror daromadga ega bo‘ladi, fuqarolar esa o‘z faoliyatini davlatga ajratmalarning yuqori
lekin oldindan ma‘lum bo‘lgan darajasini hisobga olgan holda rejalashtirish imkoniyatiga ega 
bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan ekspluatatorlik davlati ko‘p jihatdan mafiya bilan umumiylikka ega 
– ularning ikkalasi ham o‘zi nazorat qiladigan hududa yashovchilardan soliq yig‘sada, lekin ayni 
paytda «chegarani biladigan» va buning ustiga ularni «o‘g‘irlash va qochish» tamoyili bo‘yicha 
harakat qiluvchi «qo‘nimsizlar»dan himoyalovchi «o‘troq» qaroqchiga o‘xshaydi. 
Ekspluatatorlik davlatining faoliyat ko‘rsatishida majbur qilish salohiyatining fuqarolar 
o‘rtasida taqsimlanishi muhim rol o‘ynaydi. Chunki aynan shaxs yoki kuch ishlatining katta 
imkoniyatiga ega bo‘lgan guruh davlat apparatini nazorat qiladi va kuch ishlatishni qo‘llash 
monopoliyasini qo‘lga kiritadi. Aynan shuning uchun harbiy texnologiyaning rivojlanishi 
ekspluatatorlik davlati faoliyatining asosiy omillaridan biriga aylanadi. Bu esa, o‘z navbatida, 
uning ichki beqarorligini nazarda tutadi. Haqiqatdan ham, harbiy texnologiyaning o‘zgarishi 
kuch ishlatish salohiyatining turli aholi guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlanishiga, demak, davlat 
apparatini nazorat qiluvchi guruhning almashishiga olib keladi. Davlatning ekspluatatorlik 
modelidan shartnomaviy modelga o‘tish ham mumkin. Bundan davlat qurilishi dinamikasining, 
demak, mulkchilik huquqlari tarkibi dinamikasining tebrantirib turuvchi xususiyati haqidagi 
taxminlar kelib chiqadi. Rentani undirishga yo‘naltirilgan tizimdan keyin samaradorlikni 
oshiruvchi tizim kelishi muqarrar va aksincha. 

Download 6,57 Mb.
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   123




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 «Ekspluatatorlik» davlati tushunchasi

Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish