63
tegadi. Shu nuqtai nazardan bir davlat mintaqalari o‘rtasidagi hamda davlatlar o‘rtasidagi
migratsion oqimlar insonlarning samarasiz davlat apparatiga qarshi ovoz berish istagini aks
ettiradi. Umuman olganda mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish mexanizmlarining
«bozori» haqida gapirish mumkin. Ushbu bozorda shaxslar nafaqat muayyan jamiyat doirasidagi
mavjud muqobil variantlar o‘rtasida tanlaydi, balki boshqa mamlakatlarda mavjud bo‘lgan,
tarixda yoki nazariyada mavjud bo‘lgan muqobil variantlarni ham hisobga olishadi.
Sharqiy
Evropa mamlakatlarida bunday bozor ayniqsa yaqqol ifodalangan: ushbu bozorning davlatni
uning shartnomalarning muqobil kafillari bilan raqobatlashishi jarayonida isloh qilishdagi roli
o‘ta muhim.