• 3. Tashkiliy-huquqiy shakl firmaning strategiyasi haqida axborot manbasi sifatida
  • O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan iqtisodiyot subektlarni turli mezonlar bo’yicha




    Download 6,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet70/123
    Sana30.01.2024
    Hajmi6,57 Mb.
    #148347
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   123
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot (1)

    O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan iqtisodiyot subektlarni turli mezonlar bo’yicha
    baholash 
    Tashkiliy-huquqiy shakl 
    Mezonlar 






    Xususiy korxona 




    11 
    11 
    Ishlab chiqarish kooperativi 




    10 
    10 
    Ochiq aktsiyadorlik jamiyati 






    Yopiq aktsiyadorlik jamiyati 






    Shu‘ba korxona 






    Mas‘uliyat cheklangan jamiyat 






    Qo‘shimcha mas‘uliyatli jamiyat 






    Tezkor boshqaruv huquqiga ega bo‘lgan 
    unitar korxona 
    11 
    10 
    11 
    11 


    Xo‘jalik yuritish huquqiga ega bo‘lgan 
    unitar korxona 
    10 
    11 
    10 
    10 


    Fermer xo‘jaligi 




    10 
    11 
    Dehqon xo‘jaligi 




    11 
    10 
    3. Tashkiliy-huquqiy shakl firmaning strategiyasi haqida axborot manbasi sifatida 
    Tashkiliy-huquqiy shakl nafaqat firmaning tashkiliy tuzilishi haqidagi, balki shartnomani 
    amalga oshirish jarayonidagi ehtimoliy xatti-harakati haqidagi axborotni ham o‘zida mujassam 
    etadi. Shu nuqtai nazardan tashkiliy-huquqiy shaklni tahlil qilish bitimni amalga oshirish uchun 
    sherikni tanlashda foydali hisoblanadi. Boshqa shartlarda (aktivlarning o‘ziga xoslik darajasi, 
    bitimning murakkablik darajasi) bitimning yakuni uning tashkiliy-huquqiy shaklini belgilab 
    beruvchi shartnoma bo‘yicha hamkor xatti-harakatining o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq. 
    Yanada aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, hamkorning tashkiliy-huquqiy shaklni bilish bitimni 
    amalga oshirishda garovning mavjudligi hamda mulkning rasmiy va haqiqiy tarkiblarini 
    muvofiqlashtirish qanchalik mumkinligi haqida axborot olish imkonini beradi. So‘nggi jihat 
    muloqotlarni yuritish va shartnomani bajarish shartlarini firmaning rasmiy egalari bilan 
    muvofiqlashtirishning samarasizligi tufayli muhim, bunda shartnomani bajarish korxonani 
    haqiqiy nazorat qiluvchi insonlarning harakatlariga bog‘liq. 
    Garov shakllari. Shartnoma majburiyatlarining bajarilishini kafolatlash uchun bitim 
    tomonlari an‘aviy tarzda garovdan foydalanadi. Pul shaklidagi garovni bitimni tuzish vaqtida 
    tomonlardan biri, maboda shartnoma bekor qilingan yoki u kerakli tarzda bajarilmagan taqdirda, 
    ikkinchi tomonning yo‘qotishlarini qoplash uchun to‘laydi. Mulk huquqi nazariyasining 
    atamalarida undirib olish ko‘rinishida javobgarlikni o‘tkazish yuz beradi. Masalan, bank 
    tomonidan kredit berilayotganda, u odatda kreditning qaytarilishi va u bo‘yicha foizlar 


    53 
    to‘lanishining kafolati sifatida garov kiritilishini talab qiladi. Bitim shartlaridan qat‘i nazar pul 
    shaklidagi garov miqdorini hisoblab chiqish oson, bunda yagona muammo shartnomaning 
    to‘liqsizligida va, demak, garovni begonalashtirishning qonuniyligi xususida nizolar kelib 
    chiqishining muqarrarligida. Shuning uchun shartnoma tomonlarining ixtisoslashgan garovni 
    birgalikda barpo etishini nazarda tutuvchi sof (natura) shakldagi garov (ushbu garov haqida 
    shartnomada kelishilmasa-da) ancha samarali. Masalan, imkoniyatli xaridor nafaqat mahsulotni 
    sotish tarmoqlariga ega, balki uni ishlab chiqarish va unga sotuvdan keyin xizmat ko‘rsatish 
    xarajatlarining bir qismini ham o‘z zimmasiga oladi. 
    Firma tomonidan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, Fuqarolik kodeksi me‘yorlariga 
    muvofiq uning mulkdorlari zimmasida bo‘ladigan javobgarlik ulushi shartnoma shartlarida 
    ko‘rsatilmaydigan garovning yana bir shakli hisoblanadi. MChJ, YoAJ va OAJ holatlarida 
    bunday javobgarlik ustav kapitalining miqdori bilan chegaralanadi, bunda, ushbu tashkiliy-
    huquqiy shakllardan har birining muassislari soniga nisbatan cheklovlarni hisobga olgan holda 
    ustav kapitaliga nisbatan eng kichik talablar MChJda, eng katta talablar OAJda qo‘yiladi. 
    Qolgan tashkiliy-huquqiy shakllar uchun mulkdorlarning ancha katta hajmdagi 
    javobgarligi ko‘zda tutilgan. Bu erda garov sifatida muassislarning mol-mulki ishtirok etadi, 
    uning miqdori mulkdorlar tomonidan kiritilgan hissalarning yoki ularga tegishli aktsiyalarning 
    qiymati bilan chegaralanmaydi. To‘liq shirkat ishtirokchilari zimmasiga yuklatiladigan 
    majburiyatlar hajmi eng katta, chunki garov rolini unga tegishli barcha mol-mulk bajaradi. 
    Qo‘shimcha mas‘uliyatli jamiyatda ishtirokchilar o‘zining barcha mol-mulki bilan emas, balki 
    barcha uchun baravar bo‘lgan, ular hissalari qiymatining karrasi miqdorida javobgarlikka egalar. 
    Ishlab chiqarish kooperativining asosida ham huddi shunday tamoyil yotadi. Tezkor boshqarish 
    huquqiga asoslangan unitar korxona shakli mulkdor – davlat yoki mahalliy hokimiyat organlari 
    tomonidan uning majburiyatlari yuzasidan o‘z mulki bilan subsidiar javobgarlikka ega bo‘lishini 
    nazarda tutadi. Sho‘‘ba xo‘jalik jamiyati holatida ham huddi shunday tamoyil, lekin faqat 
    «printsipal» (boshqa xo‘jalik jamiyati yoki shirkat) ko‘rsatmalarini bajarish yo‘lida amalga 
    oshirilgan bitimlarga nisbatan qo‘llaniladi. Ta‘kidlash lozimki, bu erda muassislarning mol-
    mulki shaklidagi garovning miqdori emas, balki mulkdorning firma faoliyati uchun o‘z mol-
    mulki bilan javob berishi tufayli yuzaga keladigan shartnoma majburiyatlarini bajarishga 
    undovchi omillar muhim. Bunday omillar to‘liq shirkatda eng kuchli va MChJ, YoAJ va OAJda 
    – eng kam (11.1-rasm.) 
    To‘liq shirkat 
    Kommandit 
    shirkat 
    Qo‘shimcha 
    ma‘suliyatli 
    jamiyat 
    Ishlab chiqarish 
    kooperativi 
    YoAJ, 
    OAJ, 
    MChJ 

    Download 6,57 Mb.
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   123




    Download 6,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan iqtisodiyot subektlarni turli mezonlar bo’yicha

    Download 6,57 Mb.
    Pdf ko'rish