Takrorlash uchun savollar 1.
Transaktsiya xarajatlari va foydalilikni o‘lchashning o‘ziga xos jihatlarini
tushuntiring.
2.
Shartnomaning qiyosiy ustunliklari nimalarda namoyon bo‘ladi?
3.
Transaktsiya
xarajatlari tarkibining axborot bazasi qanday
hujjatlarda
mujassamlangan?
4.
Firma balansi qanday maqsadda tahlil qilinadi va bunda qanday indekslar hisoblab
chiqiladi?
5.
Kelishuvlar nima uchun zarur va ularning qanday yo‘nalishlari mavjud?
11-Mavzu. Firmaning tashkiliy-huquqiy shaklini tahlil qilish Reja 1. Mulkiy xuquqlarning tavsiflanishi 2. Tashkiliy-huquqiy shaklni tanlash mezonlari 3.Tashkiliy-huquqiy shakl firmaning strategiyasi haqidagi axborot manbasi sifatida Tayanch so’z va iboralar: firma, mulk huquqi nazariyasi, Egalik qilish huquqi Foydalanish
huquqi Tasarrufetish huquqi Xo‘jalik yuritish huquqi Tezkor boshqarish huquqi
1. Mulkiy xuquqlarning tavsiflanishi Mulkchilik huquqlari nazariyasi har qanday tashkilotni mulkchilik huquqlarining
ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanishini belgilab beruvchi shartnomaga olib keladi. «Firma»
atamasi shartnoma kelishuvlari asosida faoliyatni tashkil etishning qisqartirilgan ta‘rifi
hisoblanadi. Kouz teoremasiga muvofiq erkin almashuv natijasida erishilgan huquqlar taqsimoti
eng optimal variant (transaktsiya xarajatlari nolga teng) bo‘lib, o‘zaro hamkorlik ishtirokchilari
uni o‘zgartirishdan manfaatdor emaslar. Shu sababli tashkiliy tuzilmani amaliy tahlil qilish
uchun mulkchilik huquqlari nazariyasini qo‘llashga bo‘lgan qiziqish shu bilan shartlanganki,
haqiqatda transaktsiya xarajatlari nolga teng emas, demak, huquqlar taqsimoti resurslardan
foydalanish samaradorligiga ta’sir ko’rsatadi. Mulkchilik huquqlari nazariyasi tashkilot
faoliyatining o‘ziga xosligiga qarab mulkdorlar o‘rtasida huquqlar taqsimotining eng optimal
variantini tanlashga yordam beradi. Bundan tashqari, korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli
to‘g‘risidagi ma‘lumotlar asosida sheriklarni tanlash imkoniyati ochiladi.
U yoki bu tashkiliy-huquqiy shaklga xos bo‘lgan huquqlar taqsimoti O‘zbekiston
Respublikasining Fuqarolik kodeksining «Yuridik shaxslar» deb nomlanuvchi 4-bobida qayd
etilgan me‘yorlar bilan belgilanadi. Yuridik shaxslarni tashkil etishning tashkiliy-huquqiy
jihatlari mulk huquqining turli iqtisodiy sub‘ektlarga tegishli alohida huquqlarga ajratilishiga
50
yo‘l qo‘yadi. Misol tariqasida tashkiliy-huquqiy shaklni belgilovchi huquqlar to‘plamining ayrim
jihatlarini quyidagi jadval orqali havola etamiz, unda turli huquqlarning tegishliligi Fuqarolik
kodeksining tegishli moddasida belgilangan (11.1-jadval).
11.1-jadval