54
muvoffaqiyatli evolyutsiyasiga misol bo‘lib, egasizlantirilgan o‘zaro ta‘sir ko‘rsatish tartibida
norasmiy institutning ustunligini – nufuzni saqlashga yordam beradi.
Ayrim korxonalarning, birinchi galda to‘liq shirkat va ishonchga asoslangan shirkatning
tashkiliy-huquqiy shakli ijtimoiy nufuzni bozor tovar belgisiga aylantirish uchun zamin yaratadi.
Haqiqatdan ham, to‘liq shirkat va ishonchga asoslangan shirkatning firma nomi barcha to‘liq
o‘rtoqlarning yoki «va kompaniya» so‘zlari qo‘shimcha qilingan holda kamida bitta to‘liq
o‘rtoqning nomini o‘zida mujassamlantirishi kerak. Shuning uchun xo‘jalik
shirkatlari tijorat
sohasidagi sheriklar sifatida eng jozibali, chunki bitim tuzishda garov sifatida ular bilan nafaqat
muassislarning shaxsiy mol-mulki, balki ularning tovar belgisi shaklidagi ijtimoiy nufuzi ishtirok
etadi. Shu munosabat bilan xo‘jalik shirkatlariga soliq imtiyozlari va ro‘yxatga olishdagi
imtiyozlarni berish asosli hisoblanadi. Korxonaning tashkiliy-huquqiy shakliga qarab qonunga
bo‘ysunish bahosini tabaqalash shartnoma madaniyatining oshishiga va o‘z navbatida,
transaktsiya xarajatlarining pasayishiga ko‘maklashgan holda iqtisodiyotni davlat tomonidan
bilvosita tartibga solishning samarali vositasiga aylanishi mumkin.
Mulkning rasmiy va haqiqiy tarkiblarini muvofiqlashtirish shakllari. Tashkiliy-huquqiy
shakl mulk huquqlari to‘plamining rasmiy - qonunda qayd etilgan va haqiqiy konfiguryatsiyasini
muvofiqlashtirishning ehtimoliy variantlari haqidagi axborotni ham o‘zida mujassam etadi.
Ushbu axborot qayta tashkil etilgan mulk asosida faoliyat ko‘rsatuvchi o‘tish xilidagi korxonalar
(
O’ korxonalar)ga nisbatan muhim ahamiyat kasb etadi. Evristik tarzda tashkiliy-huquqiy shakl
va mulk huquqlari to‘plamining rasmiy - qonunda qayd etilgan va haqiqiy tarkiblarini
muvofiqlashtirish ehtimoli o‘rtasidagi quyidagi bog‘liqliklarni ifodalash mumkin.
Birinchidan, qonunda huquqlar qanchalik kam tafsirlangan bo‘lsa (1-mezon), «agentlar»
(ijroiya organi) opportunizmi va ular tomonidan firmaning faoliyati ustidan nazorat qilish
funktsiyalarining o‘zlashtirilishi ehtimoli shunchalik yuqori. Ikkinchidan, korxonaning tashkiliy-
huquqiy shakli «printsipal-agent» muammosini hal etish mexanizmlarining
qanchalik kam
sonidan foydalanishga yo‘l qo‘ysa (4-mezon), «Agentlar» tomonidan real nazorat qilish ehtimoli
shunchalik yuqori. Masalan, YoAJda aktsiyadorlarning soni ancha ko‘p, bu ular tomonidan
«ovoz berish» mexanizmidan foydalanishda «chiptasiz» muammosining kelib chiqishiga zamin
yaratadi, lekin shu bilan birga YoAJ aktsiyalari fond bozorida kotirovka qilinmasligi tufayli
«chiqish» mexanizmi ham ishlamaydi. Uchinchidan, qonunda qayd etilgan huquqlarni qayta
taqsimlash transaktsiya xarajatlari qanchalik yuqori bo‘lsa,
mulkning rasmiy va haqiqiy
tarkiblarini muvofiqlashtirish ehtimoli shunchalik yuqori. Shuni nazarda tutish lozimki, u yoki
bu huquqqa egalik qilishdan eng manfaatdor bo‘lgan shaxslar pirovardida uni qo‘lga kiritadi,
lekin oshkora emas, balki xufyona usul bilan.
Fond bozorida, masalan, OAJ aktsiyalari bilan
bitimlar tuzilishining faolligini kuzatish unda huquqlarni almashish bilan bog‘liq transaktsiya
xarajatlarining miqdorini bilvosita baholash imkonini beradi. Shuningdek, huquqlarni almashish
bo‘yicha bitimlarning qonuniy cheklanishi natijasida yuzaga keladigan transaktsiya xarajatlarini
ham hisobga olish lozim (3-mezon). MChJda ishtirokchining ulushini sotib olishning imtiyozli
huquqiga boshqa ishtirokchilar ega, ushbu ulushdan uchinchi shaxs
hisobiga voz kechish uchun
esa, boshqa ishtirokchilar uni sotib olishdan bosh tortganlaridan so‘ng, uch oy o‘tishi kerak.
Yuqorida aytilganlar fikrlarni umumlashtirgan holda ta‘kidlash mumkinki, mulkning rasmiy va
haqiqiy tarkiblarini muvofiqlashtirish ehtimoli unitar korxonalarining ikkala xilida, YoAJ, MChJ
va OAJda eng yuqori. Aynan ana shunday firmalar bilan o‘zaro munosabatlarda rasmiy
mulkdorlar tomonidan taqdim etiladigan shartnomalarning bajarilishi kafolatlari etarli emas va
haqiqiy mulkdorlar bilan «norasmiy» shartnoma tuzish bo‘yicha qo‘shimcha sa‘y-harakalar talab
etiladi, bunday mulkdorlar sifatida ko‘pincha «agentlar» - boshqaruvchilar ishtirok etadi.
Xulosa
Transaktsiya xarajatlari nolga teng bo‘lmagan sharoitda huquqlar to‘plamini
taqsimlash
korxona faoliyat ko‘rsatishining samaradorligiga ta‘sir ko‘rsatadi. Fuqarolik kodeksida
mustahkamlangan, u yoki bu tashkiliy-huquqiy shakl uchun xos bo‘lgan huquqlarning
taqsimlanishi iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Mulk huquqlari turli xillarining
55
optimallik darajasini baholash uchun oltita mezondan foydalaniladi: (1) qonunda mulk
huquqlarining
tafsirlanish darajasi; (2) egalik qilish huquqi va qoldiq qiymatni olish huquqini
taqsimlash; (3) huquqlar bilan almashish uchun cheklovlarning mavjudligi; (4) «printsipal-
agent» muammosini hal etish variantlarining soni; (5) xatarlarni bo‘lish va o‘tkazish darajasi; (6)
kapitalni jamg‘arish darajasi. Ushbu mezonlardan faqat korxonaning tashkiliy-huquqiy shakliga
taalluqli axborot mavjud bo‘lganda bitimni amalga oshirish uchun sherikni tanlashda foydalanish
mumkin.