|
Davlatning institutsional tabiatiBog'liq portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot (1)2. Davlatning institutsional tabiati
Kelishuvlar va almashuvning oddiy shakllaridan tortib to hozirgi davrning
rivojlanayotgan iqtisodiyotini ajratib turuvchi murakkab shakllargacha bo‘lgan inson
hamkorligining evolyutsiyasi o‘z-o‘zidan avtomatik tarzda yuz bergani yo‘q.
Iqtisodiy tarixning katta qismida mayda ishlab chiqarish va mahalliy savdo-sotiq
jarayonida tomonlarning individuallashgan munosabatlari bilan tavsiflanuvchi almashuv xili
ustunlik qildi. Bunday almashuv takrorlanib turishi, madaniy gomogenlik (ya‘ni boyliklar
umumiy to‘plamining mavjudligi) va uchinchi shaxslar tomonidan nazorat va majburlovning
mavjud emasligi bilan ajralib turadi. Bunday almashuv ishtirokchilari uchun cheklovlar qonli
aloqalar, garovlar, garovga olinganlarni almashish kabi holatlarlar tufayli yuzaga kelardi.
Jamiyatning rivojlanishi bilan almashuv turlari ko‘paydi, ko‘proq ilgari belgilangan
cheklovlar doirasidan tashqariga chiquvchi almashuv harakatlari amalga oshirildi. Bunday
individuallashtirilmagan almashuv bozorni kengaytirish hamda yanada murakkab ishlab
chiqarish va kichik jug‘rofiy yoki etnik birliklar doirasidan tashqariga chiquvchi bitimlar
foydalarini sotish imkonini berdi. Tomonlar o‘rtasida tuzilgan yanada murakkab kelishuvlar
shartnomalardan foydalanishni ta‘minlovchi qo‘shimcha institutlarning shakllanishiga yordam
berdi. Almashuvning ushbu xili davlatning shakllanishiga va ixtisoslashgan institutlarning
savdogarlarni himoyalash va savdo kodekslarini qabul qilishdagi rolining o‘sishiga xizmat qildi.
Shunday qilib, almashuvning uchinchi shakli paydo bo‘ldi – bu uchinchi tomondan
nazorat qilinadigan individuallashtirilmagan almashuv. Uchinchi tomondan kelishuvlar
shartlarining ta‘minlanishi hech qachon ideal va mukammal bo‘lmaydi va u almashuv
ishtirokchilari uchun katta xarajatlar bilan bog‘liq. Davlat rivojlanishining dastlabki bosqichida
uning faoliyatini ikki tomondan tavsiflash mumkin: bir tomondan – u mulk huquqlarini
himoyalash va ta‘minlash manbai bo‘lib xizmat qildi, ikkinchi tomondan – ushbu funktsiyalarni
ko‘pincha almashuv ishtirokchilari uchun katta miqdordagi transaktsiya xarajatlari evaziga
amalga oshirdi. Biroq, tomonlarning kelishuvlarni mastaqil ravishda ta‘minlashi yanada katta
xarajatlar bilan bog‘liq edi, chunki murakkab jamiyatlarda xatti-harakatning opportunizim
(aldash, tovlamachilik) kabi shakllari foydaliroq bo‘ladi.
Davlat rivojlanishining yuqorida keltirilgan bosqichlariga davlat tuzilishining quyidagi
turlari mos keladi
31
:
1)
unda qonun chiqaruvchi, sud va huquqni muhofaza qilish organlari va umumiy
qoidalar mavjud bo‘lmagan hamjamiyat;
2)
unda mutlaq huquqlarni tafsirlovchi umumiy qoidalar, qonun chiqaruvchi organ,
sudlar mavjud bo‘lgan, lekin politsiya yoki armiya mavjud bo‘lmagan va bu bilan qonunga rioya
etishga majburlash alohida xususiyatga ega bo‘lgan jamiyat;
3)
unda davlat qoidalarni belgilaydi, nizolar yuzaga kelganda hakamlar sudi
funktsiyasini bajaradi va mutlaq huquqlarni ta‘minlaydi
32
.
|
| |