|
Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyotBog'liq portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot (1)Takrorlash uchun savollar
1.
―Imkon kapital‖ kompaniyasining ijrochi direktori bilan tuzilgan shartnoma unga
yiliga 750000 so‘m miqdoridagi har yillik mukofot hamda dividendar to‘langanidan so‘ng
qoladigan 11 foiz miqdoridagi yillik foydaning 2 foizi to‘lanishini nazarda tutar edi.
Menejerlarni rag‘batlantirish bunday tizimlarining paydo bo‘lishi xatarlarni bo‘lish va o‘tkazish
darajalariga qanaqa yangiliklar kiritadi?
2.
Qonun hujjatlari «Iqtisodiy manfaatlar bo‘yicha birlashuvlarni» - o‘z mustaqilligini
yo‘qotmagan holda boshqa korxonalar bilan qo‘shma faoliyat yuritish va hamkorlik qilishni
istovchi korxonalar yig‘indisini nazarda tutadi. Ushbu tashkiliy-huquqiy shaklga aktsiyadorlik
jamiyatining ham, yuridik shaxslar birlashmalarining ham xususiyatlari xos. Fuqarolik kodeksiga
bunday tushunchaning kiritilishi biznes uchun qanday o‘ziga xos vaziyatni qonunlashtirishi
mumkin?
3.
Korxona bo‘linmalari o‘rtasidagi nizolarni hal etishda uning rahbari bajaradigan
hakamlik funktsiyalarining o‘ziga xosligi nimadan iborat? Chunki «firma ichidagi nizolarni
sudda hal etishning imkoni bo‘lmagan sharoitda ushbu nizolar tomonlari firma ichida nizoni hal
etish yo‘lini qidirishga majburlar. Ierarxiya firmaning o‘z «appelyatsiya sudi»ga aylanadi».
4.
LUKoyl, O‘zbekneftgaz kabi neft-gaz qazib chiqarishdan tortib to benzin-gaz
sotishgacha bo‘lgan texnologik zanjirning barcha bo‘g‘inlarini birlashtiruvchi vertikal
integratsiyalashgan kompaniyalarni shakllantirish foydasiga xizmat qiluvchi institutsional
dalillarni keltirishga urinib ko‘ring.
5.
Notijorat tashkilotlarida, masalan, ta‘lim muassasalarida – oliy o‘quv yurtlarida
mulkning rasmiy va haqiqiy tarkiblarini muvofiqlashtirish mumkinmi? Muvofiqlashtirish
sabablari nimalardan iborat bo‘lishi mumkin? Siz tahsil olayotgan universitet yoki institutda
muvofiqlashtirish kuzatiladimi?
|
| |