34
faoliyati ustidan o‘zining nazorat qilish huquqini amalga oshiruvchi barcha mehnatkashlar
«printsipal» bo‘lib hisoblanardi.
Lekin nazorat qilishning samarali mexanizmlari faqat reja organi bilan korxona
direktsiyasi o‘rtasida hamda korxona direktsiyasi bilan uning xodimlari o‘rtasidagi
munosabatlarda yuzaga kelar edi. Ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishdagi qat‘iy intizomiga
nazorat qilishning uchta mexanizmi – partiya (partiya tashkilotlari orqali), xo‘jalik (vazirliklar va
idoralar orqali) va kengash (Xalq deputatlari kengashining ijroiya organlari orqali) mexanizmlari
orqali erishildi. Reja organlarining mehnatkashlar tomonidan nazorat qilinishi
mexanizmlari esa
mavjud emas edi, buning oqibatida mehnatkashlar «printsipal» sifatida o‘z manfaatlarini amalga
oshira olmas edi. Shuning uchun reja organi amalda «agent»dan yagona «printsipal»ga aylandi:
nazoratsiz byurokratik apparat o‘z manfaatlarini umuman jamiyat manfaatlari bilan moslashtirish
imkoniyatiga ega bo‘ldi. Keltirilgan dalillarga asoslangan holda
B korxonani unitar tashkilot,
ya‘ni vazirlik yoki idoraning bo‘linmasi sifatida ta‘riflash mumkin.
B korxona ishlab chiqarish va sotish aloqalarining tarkibi uning unitar tashkilot
bo‘linmasi sifatidagi holati tufayli unga «printsipal» tomonidan belgilab berilgan.
B korxonalar
o‘rtasidagi barcha gorizontal aloqalar vertikal aloqalar orqali - «printsipal»ga
murojaat etish
orqali amalga oshiriladi. Ta‘minot-sotish aloqalarining tarkibi resurslarni taqsimlashning
ajratish
yoki fondlash singari mexanizmidan hosil bo‘lgan. Ajratish vazirlik yoki idora tomonidan
B
korxona mahsulotining asosiy iste‘molchilari va etkazib beruvchilari belgilanishidan iborat.
B
korxonaning ta‘minot va sotish tarkibini mustaqil o‘zgartirishga urinishlariga «printsipal»
tomonidan keskin to‘sqinlik qilindi.
B korxonada mehnat munosabatlarining tizimi ham o‘ziga xos. Unda band bo‘lganlar
sonining quyi chegarasi reja topshiriqlari bilan, yuqori chegarasi esa – ishchi kuchining
kutilayotgan taqchilligi bilan belgilanadi. Resurslar cheklangan
iqtisodiyotdagi boshqa har
qanday resurs singari ishchi kuchi ham taqchil. Shuning uchun korxona o‘zining resurs, shu
jumladan
ortiqcha bandlik shaklida - ishchi kuchi zahirasini barpo etishga urinadi. Bunda,
tabbiyki,
B korxona o‘zining barcha xodimlarini ish bilan ta‘minlashga qodir emas va ularga
tenglashtiruvchi hamma ular tomonidan amalda ishlab topilmagan ish haqini to‘laydi. Ishchidan
egalik funktsiyasini olib, uni ishlab chiqarish natijalariga real ta‘sir ko‘rsatish
imkoniyatidan
mahrum etgan holda, qog‘ozbozlik tizimi ushbu imkoniyatning o‘rnini ishlab topilmagan ish
haqini olish imkoniyati bilan qoplaydi.