30
yo‘l qo‘yiladi, balki «printsipal» funktsiyalarining o‘zi «agentlar»
tomonidan navbati bilan
bajarila boshlaydi. «Printsipal» vaqtincha «tenglar ichida birinchi» bo‘ladi. Ta‘kidlash lozimki,
hukumronlik munosabatlari «agentlar» tomonidan o‘z harakatlari ustidan nazoratning
boshqalarga topshirilishi bilan tugatilmaydi, shunchaki nazorat qilish va vazifalarni taqsimlash
funktsiyalari tashkilotning barcha ishtirokchilari tomonidan navbatma-navbat bajariladi.
Vaqtinchalik axborot oqimlarining kesishuvidagi mavqeni egallagan
va buning oqibatida
aylanadigan axborotni to‘plash imkoniyatiga ega bo‘lgan «agent» «printsipal»ga aylanadi.
«Agentlar»ning «printsipal» mavqeiga o‘tishi faqat ishonchli axborotni uzatishni
rag‘batlantirish muammosini hal etadi. Lekin eng asosiysi, u «agentlar»
o’rtasida ishonchli
munosabatlarni mustahkamlash va kooperatsiyani rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
O.Uilyamson «agentlar» o‘rtasida ishonchli munosabatlarning paydo bo‘lishida
firma ichida
foydalilikni oshirish strategiyasi sifatida opportunizmdan bosh tortishga olib keluvchi
«assotsiativ muhit» paydo bo‘lishining muhim omilini ko‘radi: «Unumdorlik umumiy ishga
adolatli ulush qo‘shganlik uchun javobgarlik hissi tufayli ortadi». O‘zini o‘zi boshqaruvchi firma
bunday ittifoqni amaliyotga joriy etish shakli sifatida ishtirok etadi.
Assotsiativ muhitning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq foyda nafaqat nazorat xarajatlarida
tejashdan, balki yangi manba – kooperatsiyadan yutishdan iborat. Klassik iqtisodiyot fani Adam
Smitdan keyingi mehnat taqsimotini tashkilot a‘zolarining u yoki bu
vazifalarni hal etishdagi
qiyosiy ustunliklarining asosiy manbai, deya e‘tirof etadi. Ushbu yondashuvga ko‘ra,
kooperatsiya foydali, chunki alohida vazifalarni bajarishga ixtisoslashgan xodimlar birgalikdagi
sa‘y-harakatlar bilan ular tomonidan barcha vazifalar mustaqil hal etilgandagiga qaraganda ko‘p
mahsulot ishlab chiqaradi. Ishchining chaqqonligini rivojlantirish u bajarishga qodir bo‘lgan
ishlar miqdorini oshiradi. Mehnat taqsimoti esa, har bir ishchining
ishini qandaydir oddiy
operatsiyaga yo‘yib va ushbu operatsiyani uning butun hayotidagi yagona mashg‘ulotga
aylantirgan holda, ishchining abjirligini kerakli darajada oshiradi. Assotsiativ muhit nafaqat
mehnat taqsimoti, balki «jamoaviy ish» asosida kooperatsiyadan foyda olish imkonini beradi.
Kooperatsiyadan olinadigan ijobiy samara birgalikda ishlash va tashkilot a‘zolari – «jamoa»ning
o‘zaro qo‘llab-quvvatlashi bilan shartlangan.
Xulosa qilib, shuni ta‘kidlash joizki, «agentlar» ittifoqi sifatida firmada «printsipal»dan
«agentlar»ni ularning umumiy natijaga qo‘shgan ulushiga muvofiq mukofotlashini, «agent»dan
esa «printsipal» tomonidan qo‘yilgan vazifalarning vijdonan bajarilishini talab qiluvchi «oltin
qoida» asosida «printsipal» va «agent» muammosini hal etish imkoniyati paydo bo‘ladi. Misol
tariqasida quyidagi modelni keltiramiz, unda o‘yinchilar uchta strategiyadan bittasini tanlashadi:
«oltin qoida», teng sa‘y-harakatlar standarti va opportunistik xatti-harakat. «Printsipal»
tomonidan teng sa‘y-harakatlar standarti «agentlar» mehnatiga qat‘iy
belgilangan teng haq
to‘lanilishini qo‘llashdan iborat, agentlar tomonidan esa yaxshi ham, yomon ham emas, «hamma
qatori» ishlashdan iborat. «Printsipal» opportunizmi, bunda «agent» bozordagi barcha vaziyat
haqida to‘liq axborotga ega bo‘lmaydigan noqulay «tabiiy» shart-sharoitlar (masalan, bozor
kon‘yunkturasi) belgisi ostida «agent»ni pasaytirilgan tarzda mukofotlash shakliga ega bo‘lishi
mumkin. Ta‘kidlash lozimki, Nesh bo‘yicha muvozanat hisoblanmaydigan «oltin qoida»
strategiyalarini faqat,
bir tomondan, «agentlar» o‘rtasida, ikkinchi tomondan, «agentlar» bilan
«printsipal» o‘rtasidagi
o’zaro ishonch me‘yorlari asosida qabul qilish mumkin. Ko‘rib
chiqilayotgan model unda o‘zaro ishonchsiz o‘yinchilar ham o‘z aybini inkor etishi mumkin
bo‘lgan «hukm qilinganlar muammoviy holati»ning varianti hisoblanadi (9.2-jadval).
Shunga qaramay «agentlar» ittifoqi sifatida firma modelinig tarqalishini quyidagi omillar
chegaralaydi:
-
«agentlar»ning xatarga moyilligi;
-
tashkilot ishtirokchilarining soni: samarali bo‘lish uchun, o‘rin almashish tamoyillari
asosida yagona tashkilotga birlashgan 5-10 kishidan iborat guruh doirasida qo‘llinilishi mumkin;
tashkilot a‘zolarining umumiy soni 100 kishidan oshmasligi kerak (10 kishidan iborat 10 ta
guruh);
31
-
tashkilot a‘zolari tomonidan «ijtimoiy» kapitalga, ya‘ni o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va
o‘zaro ishonch an‘analari, umumiy maqsadlar va manfaatlarga
dastlabki egalik qilish; ijtimoiy
kapital tashkilot faoliyat ko‘rsatishining
dastlabki bosqichida «agentlar» o‘rin almashuviini
boshlash uchun zarur.
9.2-jadval
Ko‘rsatkichlar
«Printsipal»
«Oltin qoida»
Teng sharoitlar
andazasi
Opportunizm
«Age
nt
»
«Oltin qoida»
7; 7 [P]
4; 8
1; 9
Teng sharoitlar andazasi
8; 4
5; 5
2; 6
Opportunizm
9; 1
6; 2
3;3 [N, St
1
, St
2
]