26
bitimlar ko‘proq amalga oshirilishi bilan ushbu sohada uning samaradorligi kamayadi. Tashkilot
ichida bitimlarni amalga oshirish hamon axborotni qidirish xarajatlarini,
shuningdek
muzokaralar yuritish xarajatlari va shartnoma tuzish xarajatlarini pasaytirish imkonini bersa-da,
bunda boshqa xildagi xarajatlarning o‘sishi yuz beradi. Tashkilot o‘lchamlarining ortishi bilan,
birinchi galda, monitoring va opportunizmni oldini olish xarajatlari oshadi. Birinchidan, tashkilot
ishtirokchilari sonining o‘sishi bilan ular manfaatlarining birligiga, aniqrog‘i ular
manfaatlarining «printsipal» manfaatlariga mos kelishiga erishish qiyinlashadi. Shuning uchun
«printsipal» monitoringni va «agentlar» harakatini nazorat qilish uchun katta sa‘y-harakatlarni
amalga oshirishga to‘g‘ri keladi.
Bundan tashqari, tashkilotning o‘sishi «printsipal»ni,
«agentlar»ni nazorat qilish bo‘yicha vakolatlarining bir qismini o‘z vakillariga topshirgan holda,
murakkab hukmronlik munosabatlari sxemasiga o‘tishga majbur etadi. Ushbu tarkibiy
o‘zgarishlar nafaqat «agentlar»ni nazorat qilish xarajatlarining ortishi bilan, balki «printsipal»
manfaatlari vakillarining harakatlarini nazorat qilish zarurati bilan ham bog‘liq
R.Kouz tashkilotning o‘sishi bilan kamayuvchi samaradorlikni «menejmentning
kamayuvchi marjinal samaradorligi» deb nomladi va
hamma vaqt institutga (bozorga) nisbatan
tashkilot (firma) o’sishining chegarasi mavjud degan fikrga keldi. «Firma firma ichidagi bitta
qo‘shimcha transaktsiyani tashkil etish xarajatlari o‘sha transaktsiyani ochiq bozorda almashish
orqali amalga oshirish xarajatlari bilan tenglashgunga qadar kengayib boradi...». Ya‘ni, yolg‘iz
firmadan tashkil topgan iqtisodiyot (buyruqbozlik iqtisodiyotini ana shunday deyish mumkin)
bo‘lishi
mumkin, lekin menejmentning marjinal samaradorligi
kamayiishi tufayli u samarasiz
bo‘ladi.
Masalan, A firma bozorda B, V va G firmalardan (sotish to‘g‘risidagi shartnoma
doirasida) sotib olinadigan butlovchi qismlardan kompyuter yig‘ish bilan shug‘ullanadi, deylik.
O‘zining transaktsiya xarajatlarini optimallashtirgan holda, A firma B firma bilan yagona
korxona tuzishga qaror qiladi. U V firma bilan ham masalani huddi shu tariqa hal etadi. G
firmani yagona tashkiliy tuzilmaga kiritish firma ichidagi boshqaruv
va nazorat xarajatlarining
o‘sishi tufayli foydasiz bo‘lib chiqishi mumkin. Shunday qilib, A firma tomonidan V firmaning
qo‘shib olinishi
chegara bitim hisoblanib, shundan so‘ng keyingi kengaytirish samarasiz bo‘lib
qoladi.
Lekin, institut bilan tashkilot o‘rtasidagi chegaraning aniq demarkatsiyasi sotish
to‘g‘risidagi shartnoma (bozor bitimlari)ning ham, yollash to‘g‘risidagi shartnoma (firma
ichidagi bitimlar)ning ham elementlarini o‘zida birlashtiruvchi neoklassik shartnomalarning
mavjud bo‘lishi fakti bilan qiyinlashadi. Masalan, A firma o‘z tarkibiga G firmani
birlashtirishdan bosh tortishi, lekin ayni paytda u bilan butlovchi qismlarni etkazib berish uchun
shartnoma tuzishi mumkin, bu hukmronlik
munosabatlari asosida emas, balki ikki tomonlama
kelishuv asosida bozorning «tabiiy» oldindan aytib bo‘lmasligidan ko‘riladigan zararlarni
pasaytirish imkonini beradi.