• O’zbekiston Respublikasida shartnomalar turlari
  • Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot




    Download 6,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet45/123
    Sana30.01.2024
    Hajmi6,57 Mb.
    #148347
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   123
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot (1)

     
     
     
    8.2-rasm.
     O’zbekiston Respublikasida shartnomalar turlari

    4. Tashkilot tushunchasi va institut bilan tashkilot o’rtasidagi chegara 
    Printsipial jihatdan yangi holat – shaxs tomonidan yollash to‘g‘risidagi shartnoma 
    doirasida o‘z harakatlarini nazorat qilish huquqining ixtiyoriy ravishda topshirilishi – bozor 
    konstitutsiyasi me‘yorlariga tuzatishlar kiritishni talab qiladi. Birinchidan, murakkab utilitarizm 
    me‘yoriga faqat yollash to‘g‘risidagi shartnomaning tomonlaridan biri – unga nazorat huquqi 
    topshirilayotgan tomon amal qiladi. Bitimning ushbu tomonini «printsipal» yoki «topshiriq 
    beruvchi» deb ataymiz. Bitimning ikkinchi tomoni – «agent» yoki «ijro etuvchi» ma‘lum 
    darajadan ortiq bo‘lgan mukofot evaziga o‘z harakatlarini o‘zi nazorat qilish huquqidan voz 
    kechadi. Boshqacha aytganda, «agent» o‘zining foyda olish darajasini oshirmaydi, balki 
    foydaning ma‘lum darajasiga erishishni mo‘ljallaydi (cheklangan utilitarizm me‘yori). 
    «Printsipal» va «agent» o‘rtasidagi munosabatlar qat‘iy shaklda quyidagi tenglamalar bilan 
    yoritiladi:
    max EU(principal) = EU[f(Q),Q,A,S], 
    EU(agent) = EU (Y, A, S) ≥ U, 
    bu erda: Q – shartnomani amalga oshirish natijasi ("chiqish");
    Y q f(Q) - "agent" faoliyatiga haq to‘lashning tanlangan sxemasi; 
    O’zbekiston Respublikasida 
    shartnomalar turlari
    Oldi-sotdi shartnomasi
    sovg‘a qilish shartnomasi 
    ijara shartnomasi
    (имущественного 
    найма) 
    mulkdan bepul foydalanish 
    shartnomasi 
    tashish shartnomasi
    transport ekspedi-tsiyasi 
    shartnomasi 
    pudrat shartnomasi
    q
    arz shartnomasi 
    kredit shartnomasi 
    topshiriq shartnomasi 
    komissiya shartnomasi 
    saqlash shartnomasi 
    sug’urta shartnomasi 
    kafillik shartnomasi 
    garov shartnomasi 
    ko’chmas mulk to’g’risidagi shartnoma 
    q
    o’shma faoliyat to’g’risidagi shartnoma 
    q
    urilish pudrati shartnomasi 
    birjada tuzilgan shartnoma 
    tanlov bo’yicha tuzilgan shartnoma 
    kimoshdi savdostda tuzilgan shartnoma 


    24 
    A - ""printsipal" tomonidan qo‘yilgan vazifalarni bajarish bo‘yicha agent" qo‘llaydigan 
    sa‘y-harakatlar;
    S – shartnoma tomonlariga bog‘liq bo‘lmagan «tabiiy» omillar.
    Ikkinchidan, «agent»ning xatti-harakati oqilona maqsadli harakat tamoyillarini buzadi, 
    chunki u maqsadlarni tanlashda erkin emas – maqsadlar «printsipal»ning manfaatlari bilan 
    belgilangan. «Agent» o‘z harakatlarida o‘z manfaatlariga amal qilmasligi kerak, u birinchi 
    navbatda «printsipal»ning manfaatlarini ko‘zlashi lozim. Ideal «agent» «printsipal»ning 
    manfaatlarini o‘z manfaatlari singari qabul qiladi. 
    Uchinchidan, ishonch me‘yorini amalga oshirish bilan bog‘liq muammolar ham mavjud. 
    «Agent» «printsipal»ga u tomonidan u yoki bu vaziyatda qabul qilinadigan qarorlarning 
    to‘g‘riligi nuqtai nazaridan ishonishi lozim. «Printsipal»ga ishonmagan «agent» unga nazorat 
    qilish huquqini topshirishdan manfaatdor emas. Bundan tashqari, «agent» «printsipal» 
    «agent»ning harakatlari ustidan nazorat sohasini shartnoma bilan belgilanmagan munosabatlarga 
    ham yoymasligiga ishonch hosil qilishi kerak. Teskari holat noto‘g‘ri, chunki «printsipal» hatto 
    «agent»ning harakatlarini o‘z foydaliligini emas, balki «printsipal»ning foydaliligini oshirishga 
    yo‘naltirish zarurligini hisobga olgan holda unga nisbatan ma‘lum darajada ishochsizlik bilan 
    munosabatda bo‘lishi lozim. 
    To‘rtinchidan, yollash to‘g‘risidagi shartnomani amalga oshirish uchun empatiya normasi 
    talab etilmaydi. «Printsipal» mukofotning «agent» rozi bo‘ladigan eng past darajasini bilishi 
    kifoya qiladi. Unda ikkala tomon ham shartnoma yordamida o‘zining foydaliligini oshiradigan, 
    «simmetrik barqarorlik» mezoniga javob beruvchi sotish to‘g‘risidagi shartnomadan farqli 
    o‘laroq, yollash to‘g‘risidagi shartnoma simmetrik barqarorlikni nazarda tutmaydi. Bir 
    tomondan, yollash to‘g‘risidagi shartnomani amalga oshirishdan yutuqni taqsimlash assimmitrik 
    xususiyatga ega. Ikkinchi tomondan - hatto «agent»ga o‘z huquqlarini «printsipal»ga 
    topshirganlik uchun to‘lanadigan kompensatsiya «gorizontal bo‘yicha» emas, faqat «vertikal 
    bo‘yicha» munosabatlarga taalluqli. Yollash to‘g‘risidagi shartnoma bir necha «agent»ga amal 
    qilingan hollarda ular o‘rtasidagi munosabatlar «printsipal»ga murojaat etish orqali tartibga 
    solinadi va shuning uchun simmetrik barqarorlikka erishishga yo‘naltirilmagan. 
    Va nihoyat, qonunga bo‘ysunish me‘yoriga zarurat yo‘q, chunki shartnomani amalga 
    oshirish yuzasidan kelib chiqadigan nizolar umuman qonunga bo‘ysunish orqali hal etilmaydi. 
    Yollash to‘g‘risidagi shartnomaning bajarilishi bilan bog‘liq barcha masalalar «ichki hakam» - 
    «printsipal» tomonidan hal etiladi. 
    Shu tariqa «printsipal» va «agent»ning yoritilgan o‘zaro munosabatlarini tartibga 
    soluvchi me‘yorlar yig‘indisi buyruqbozlik iqtisodiyoti konstitutsiyasini eslatadi. Lekin, bu 
    tasodif emas. Neoinstitutsional nazariya asoschisi, Nobel mukofotining lauriyati Ronald Kouz 
    o‘zining «Firma tabiati» maqolasida buyruqbozlik asosiga ega bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar 
    bozor tizimining ichida ham mavjud, degan xulosaga keladi. «Bizning iqtisodiyotda 
    rejalashtirish mavjud... Firma ichida... bozor transaktsiyalariga barham berilgan, almashuv 
    transaktsiyalariga ega bo‘lgan murakkab bozor tuzilmasining rolini esa muvofiqlashtruvchi 
    tadbirkor o‘ynaydi, u ishlab chiqarishni ham boshqaradi». Boshqacha aytganda, buyruqbozlik 
    iqtisodiyoti konstitutsiyasi nafaqat tarixiy jihatdan qiziqish uyg‘otadi, balki u alohida tuzilmalar 
    – yollash to‘g‘risidagi shartnoma asosida yuzaga keladigan tashkilotlar doirasida munosabatlarni 
    tartibga soladi. Tashkilot deganda biz «ta‘riflanadigan chegaralarga ega bo‘lgan va maqsadlarga 
    yoki ishtirokchi a‘zolar tomonidan taqsimlanadigan maqsadlar yig‘indisiga erishish uchun 
    faoliyat ko‘rsatuvchi muvofiqlashtirish birligi»ni tushunamiz. Firmalar (muvofiqlashtirishning 
    iqtisodiy birliklari), kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, universitetlar, foyda ko‘rmay 
    ishlovchi tashkilotlar va ko‘plab boshqa «muvofiqlashtirish birliklari» tashkilotlar hisoblanadi. 
    Ushbu ta‘rifdan tashkilotning uchta asosiy xususiyati kelib chiqadi. 


    25 
    1. 
    Ishtirokchilar yig‘indisi. 
    2. 
    Barcha ishtirokchilarni «printsipal» manfaatlaridan hosil bo‘lgan tashkilot 
    maqadlariga moslashuv darajasi. 
    3. 
    Hukmronlik munosabatlarining rasmiy tuzilmasi, ma‘lum darajadagi murakkablik 
    bilan tavsiflanuvchi ko‘p pog‘onalilik. 

    Download 6,57 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   123




    Download 6,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot

    Download 6,57 Mb.
    Pdf ko'rish