27
bilan tashkilot (firma) o‘rtasidagi eng aniq chegara quyidagi ko‘rsatkichlar
darajasini baholash
yordamida aniqlanadi: aktivlarning o‘ziga xosligi, noaniqlik,
bitim tomonlarining xatarga
moyilligi, bitimning murakkabligi, shuningdek qonundan foydalanish
bahosi bilan xufyonalik
bahosining o‘zaro nisbati.
Takrorlash uchun savollar
1. Siz bugun qanday xildagi shartnomalarni tuzishingizga to‘g‘ri keldi? Amalga
oshirilgan bitimlardan birini shu nuqtai nazardan tavsiflang.
2. «Lavz puldan ham qimmat» degan mashhur maqolni institutsional
nuqtai nazardan
talqin eting. Unda qanaqa shartnoma ideali o‘z aksini topgan?
3. Bugungi kunda Siz qanday eng o‘ziga xos aktivga egasiz? Javobingizni asoslang.
4. Institut va tashkilot kategoriyalaridan foydalangan holda institutsional yondashuv
asosida siyosiy partiya bilan ijtimoiy-siyosiy harakat o‘rtasidagi farqni izohlang.
5. Yollash to‘g‘risidagi shartnomaning institutsional va marksistik talqinini taqqoslang.
6. Nima uchun implitsit shartnomani amalga oshirish
jarayonida yuzaga keladigan
nizolarni hal etish uchun uchinchi tomonni jalb etishga zarurat yo‘q?
7. Firmaning tabiatini tushuntirishga nisbatan institutsional yondashuv va Frenk Nayt
bilan namoyon etilgan Avstriya maktabining yondashuvini qanchalik taqqoslash mumkin?
8. Qishloq xo‘jaligida qanday maqsadlar uchun shartnomalar
tuziladi va shartnoma
shartlarining bajarilishini nazorat qilish monitoringining o‘ziga xos xususiyatlariga nimalar
kiradi?