• 2. «Printsipal-agent» muammolarini hal etish variantlari
  • Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot




    Download 6,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet49/123
    Sana30.01.2024
    Hajmi6,57 Mb.
    #148347
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   123
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot (1)

    «Printsipal-agent» muammosi – «agent»ning «printsipal» topshirig‘i va ko‘rsatmasini 
    bajarishda uning nayrang qilish xavfi hisoblanadi. Nayrang qilish axborot asimmetriyasi va 
    «agent» faoliyati ustidan nazorat qilish xarajatlarining yuqori darajasi tufayli mumkin bo‘ladi. 
    Shunday qilib, tashkilotlarning faoliyat ko‘rsatishi ajoyib axborotga ega bo‘lish oqibati 
    sifatida «agent»ning opportunistik xatti-harakat qilishi imkoniyatini tug‘dirishi muqarrar. 
    Shuning uchun «printsipal-agent» muammosi ma‘naviy xatar vaziyatida tez-tez uchraydigan 
    holat hisoblanadi: «printsipal» «tabiiy» xatarlardan sug‘urtalovchi rolida, «agent» esa (sog‘liq 
    ahvoli, kutilayotgan daromadlar va h.k. haqidagi) muhim axborotni yashiruvchi sug‘urtalanuvchi 
    rolida ishtirok etadi. Eng muhim masala bu erda «agent» tomonidan ishonchli axborotning 
    tarqatilishiga ko‘maklashuvchi yoki, aksincha, unga to‘sqinlik qiluvchi rag’batlar tizimini barpo 
    etishdan iborat. Bozorda ishonchli axborotning tarqatilishi raqobat bilan rag‘batlantiriladi. 
    Aksincha, «printsipal» va «agent» munosabatlarining odatiy variantida axborot asimmetriyasi va 
    opprtunizm imkoniyatlari «agent»ni «printsipal» bilan nayrang qilishga undaydi. 


    29 
    2. «Printsipal-agent» muammolarini hal etish variantlari 
    «Agent»ning opportunistik xatti-harakatini cheklashga yo‘naltirilgan rag‘batlar tizimini 
    qidirish bilan optimal shartnoma nazariyasi, yoki, «printsipal-agent» nazariyasi shug‘ullanadi. 
    Ko‘pincha ushbu muammoni hal etishning quyidagi variantlari ko‘rsatiladi. 
    1. 
    «Agentlar» raqobati. «Printsipal-agent» muammosini hal etishning birinchi 
    varianti agentlar o‘rtasidagi raqobatni kuchaytirishni talab qiladi. Bunda odatiy shartnomadan 
    farqli o‘laroq «agent» tomonidan nafaqat «printsipal» belgilagan (masalan, ishlab chiqarish) 
    darajasiga erishilishi, balki qolgan «agentlar»ga nisbatan eng yuqori darajaga erishilishi 
    (qo‘shimcha ravishda) rag‘batlantiriladi. «Agentlar» raqobati g‘oyasi bir-birining harakatlari 
    ustidan o‘zaro nazorat qilish uchun «agentlar»ning o‘zlaridan foydalanish imkonini beradi. 
    Chunki, agar eng katta mukofot «printsipal» tomonidan qo‘yilgan vazifalarni hal etishda eng 
    yaxshi nisbiy ko‘rsatkichlarga erishgan «agent»ga tegsa, «agentlar» boshqalarning 
    muvaffaqiyatlariga hasad bilan qaray boshlaydilar – atrofdagilarning muvaffaqiyati o‘z 
    muvaffaqiyatiga erishish imkoniyatlarining pasayishini anglatadi. Ikkinchi tomondan, boshqa 
    qaloq «agentlar»ga nisbatan oshirib berilgan «g‘oliblar» mukofoti unumdorlikni oshirishga 
    nisbatan kuchli rag‘bat hisoblanadi. Chunki past ehtimolli yirik yutuq istiqboli yuqori ehtimolli 
    yirik yutuqqa qaraganda kam jozibali (yutuqdan matematik kutish taxminan bir xil). Quyi daraja 
    menejerlarining shunday foydali o‘rinni egallashga intilishini rag‘batlantirishni hisobga olgan 
    holda, yuqori daraja menejerlariga ular mehnatining yuqori mahsulotidan ortiq bo‘lgan 
    mukofotni to‘lash samarali bo‘lishi mumkin. Biroq raqobatilashish elementidan foydalanish o‘z 
    chegarasiga ega: 

    faqat «g‘olibning» mukofoti eng xatarli strategiyani tanlashni rag‘batlantiradi: 
    «agentlarni» «teskari tanlash» yuz beradi, uning natijasida eng xatarli strategiyalarni qo‘llovchi 
    «agentlar» qoladi; 

    «agent»ning «tabiiy» kutilmagan holatlar bilan bog‘liq xatarga moyilligi darajasi 
    chegaralangan; 

    «agentlar» o‘rtasidagi raqobat ular o‘rtasidagi munosabatlardagi ishonch 
    elementlarini butunlay yo‘qqa chiqaradi: «agentlar»ning birgalikdagi sa‘y-harakatlarini talab 
    qiluvchi vazifalar deyarli amalga oshirilmaydigan bo‘lib qoladi. 
    2. «Agent»ning qo’shma faoliyat natijalarida ishtirok etishi. Muammoni hal etishning 
    ikkinchi varianti «agent» tomonidan qat‘iy belgilanmagan, balki firma faoliyatining natijalariga 
    bog‘liq bo‘lgan mukofotni to‘lashni nazarda tutuvchi yollash haqidagi shartnomaning 
    tuzilishidan iborat. Bunga, masalan, yollanma xodimlarning firmaning foydasida ishtirok 
    etishining turli shakllari, shu jumladan aktsiyadorlik korxonasining kapitalida ishtirok etish 
    kiradi. AQShda ko‘p yillardan buyon ESOP dasturi amal qilmoqda, unga ko‘ra 10 foizdan ortiq 
    sanoat korxonalarining xodimlari o‘z korxonasi aktsiyalarini xarid qilishda imtiyozlarga ega 
    bo‘lishadi. «Agentlar»ning firma faoliyatining natijalarida ishtirok etishining barcha xildagi 
    sxemalari ichida mukfotning natijalarga chiziqli bog‘liqligini nazarda tutuvchi oddiy yo‘llar eng 
    samarali hisoblanadi. Bu ularda chiziqli bo‘lmagan yo‘llardan foydalaniladigan shartnomalarni 
    tuzishning yuqori xarajatlari bilan ham, «agentlar» tomonidan mukofotning natijalarga murakkab 
    bog‘liqligini qiyin qabul qilinishi bilan ham bog‘liq. Eng qulay variantlarda qat‘iy belgilangan 
    mukofot «agent»ga emas, balki «printsipal»ga taklif etiladi, ya‘ni «agent» «printsipal»ga renta 
    va foydaning ulushini to‘lagan holda undan mol-mulkni ijaraga oladi. «Agent» tomonidan 
    «printsipal» topshiriqlarining vijdonan bajarilishini rag‘batlantirishning bunday yo‘llarni 
    amaliyotda qo‘llashga quyidagi omillar to‘sqinlik qiladi: 

    «agent»ning xatarga moyilligi darajasi; 

    «agent» tomonidan mol-mulkning ijaraga olinishi yoki uning mulkda ishtirok etishi 
    uchun resurslarning chegaralanganligi; bunda «agent» tomonidan ushbu maqsadlar uchun 
    bankdan ssudalar olishi o‘sha axborot asimmetriyasi muammosi hamda u bilan kreditor sifatida 
    bank o‘rtasidagi munosabatlardagi ma‘naviy xatar tufayli murakkablashdi. 
    3. 

    Download 6,57 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   123




    Download 6,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot

    Download 6,57 Mb.
    Pdf ko'rish