|
Korxonalarda (implitsit shartnoma asosida) amalga oshiriladigan faoliyat turi ulushiningBog'liq portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot (1)Korxonalarda (implitsit shartnoma asosida) amalga oshiriladigan faoliyat turi ulushining
tahlili*
Faoliyat turi
Mustaqil ravishda (implitsit shartnoma asosida)
bajarish ulushi, foizda
1990-1992 yy. 1994-1995 yy. 2015-2020 yy.
Ilmiy-tadqiqot va tajriba konstrukturlik
ishlanmalari (ITTKI)
100
70
50
Qurilishni loyihalashtirish
50
60
50
Qurilish-montaj ishlari
72
44
45
Jihozlarga xizmat ko‘rsatish
65
63
63
Asbob-anjomlar ishlab chiqarish
73
77
73
Idishlar ishlab chiqarish
68
51
71
Issiqlik ta‘minoti
100
10
10
Transport xizmati
75
72
82
*Manba: horij ekspert baholari ma‘lumotlari.
Faoliyatning ma‘lum turini mustaqil ravishda amalga oshiruvchi korxonalar ulushining
eng tez qisqarishi ITTKI, qurilish-montaj ishlari va issiqlik ta‘minoti sohasida kuzatiladi.
Tabiiyki, bu ushbu faoliyat turlari klassik shartnomadan foydalanish xarajatlarining pasayishi
bilan bog‘liq. Aksincha, klassik shartnoma asosida transport xizmatlariga ega bo‘lish xarajatlari
ko‘rib chiqilayotgan davrda korxonaning tarkibiy transport bo‘linmasini barpo etishga nisbatan
oshdi.
Firma ichki tuzilmalarining turli variantlarini ham huddi shu tariqa taqqoslash mumkin.
Butlovchi qismlarning alohida turlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi tarkibiy
bo‘linmalar yo unitar, yoki xolding, yoxud multidivizional tuzilma doirasida o‘zaro hamkorlik
qiladi, deylik. Unda barcha axborot oqimi markazlashgan unitar tuzilmada axborotni qidirish
xarajatlari eng kam va xolding tuzilmada eng yuqori, chunki bo‘linmalar hatto faqat moliyaviy
ko‘rsatkichlarni nazorat qiluvchi bosh ofisda ham bir biri haqidagi axborotga ega bo‘la olmaydi.
Muzokaralar yuritish xarajatlari unitar korxonada eng kam, bo‘linmalari tarqoq joylashgan
xoldingda esa - eng yuqori. O‘lchash xarajatlari xoldingda yuqori, u erda yagona standartlarni
joriy etish vazifalari qo‘yilmaydi. Shartnoma tuzish xarajatlari bosh ofis va bo‘linmalar
o‘rtasidagi huquqlarni chegaralash qiyinligi tufayli multidivizional tuzilmada eng yuqori.
Monitoring xarajatlari xoldingda eng past. U erda bo‘linmalarning opportunistik xatti-harakatlari
ustidan nazorat bozor mexanizmlari asosida amalga oshiriladi. Transaktsiya xarajatlari
miqdorining tafsiloti 10.3-jadval ko‘rinishida berilgan.
Demak, unitar korxona transaktsiya xarajatlarining eng past umumiy miqdori bilan
tavsiflanadi. Biroq amalda tarmoq bozoridagi muayyan vaziyat hisobga olinishi lozim. Masalan,
kapital bozori va fond bozorining rivojlanmaganligi kapitalning tarmoqlararo oqimini ta‘minlash
uchun xoldingning jozibadorligini, kapitalning tarmoq ichida oqimini ta‘minlash uchun esa
multidivizional tuzilmaning jozibadorligini oshiradi. Bundan tashqari, bitimning xususiyatiga
qarab har bir parametrga (0 dan 1 gacha) alohida ulush berish zarur. Axborotni qidirish
xarajatlarining nisbati emas, balki aynan monitoring xarajatlarining nisbati hal qiluvchi bo‘lishi
mumkin.
|
| |