17
Tasarruf etish huquqi
16 –m. Fxq, 8 -m. Tq
386 -m.FK
386 -m.FK
Daromad olish huquqi
16, 24 –m. Fxq,
20 -m. Tq
-
-
Kapital qiymat huquqi
16, 24 -m. Fxq
-
-
Xavfsizlik huquqi
464, 467 -m. FK
466 -m. FK
463-m. FK
Meros va vasiyatnoma bo‘yicha
o‘tish huquqi
21 -m. Fxq
-
-
Muddatsizlik huquqi
13 -m. Fxq
-
-
Zararli foydalanishni taqiqlash
huquqi
38 -m. Tq
466 -m. FK
464 -m. FK
O‘ndirish ko‘rinishidagi
javobgarlik huquqi
-
-
35 –m.Fxq
Qoldiq xususiyat huquqi
19 -m. Fxq, 14 -m. Tq
-
-
Izoh: FK – O‘zR Fuqarolik kodeksi, Fxq – O‘zR ―Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida‖gi Qonun Tq – O‘zR
―Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida‖gi Qonun, m. – modda.
*Manba: Amaldagi qonunchilik hujjatlari asosida tuzilgan
Xulosa qilib aytganda, qishloq xo‘jaligida mulk shakllaridagi tarkibiy o‘zgarishlar asosan mulkiy
huquqlar taqsimlanishining davlat tomonidan tartibga solinishi oqibati bo‘lib,
aynan mulkiy huquqlar
taqsimoti haqiqiy mulkdorlar va xo‘jalik yuritishning samarali shakllarini
vujudga keltirishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga 7.2-7.5-jadvallarda keltirilgan mulkiy
huquqlar taqsimoti amaldagi
qonun hujjatlarini takomillashtirish hamda mulkdorlar huquqini himoya qilishga doir huquqiy normalarni
yaratishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Chunki O‘zbekiston Respublikasining
qonun hujjatlarida mulkka
egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlari normalarigina
qonun hujjatlariga
kiritilgan, qolgan 8 ta mulk huquqi turi hali qonun hujjatlarida to‘liq o‘z ifodasini topmagan.
Xulosa
Mulk huquqlari nazariyasi mulkiy huquqlarning iqtisodiyot sub‘ektlari (yuridik va jismoniy
shaxslar) o‘rtasida taqsimlanishi hamda mulkiy munosabatlar muammolarini o‘rganadi. Mulk huquqi –
bu, bir tomondan, sub‘ektiv ashyoviy huquq. O‘z mazmuniga ko‘ra mulk huquqi barcha ashyoviy
huquqlar ichida eng keng huquqdir: mulkdor o‘z mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf
etish huquqiga ega bo‘lishi lozim.
Xorijiy manbalarda mulk huquqi 11 ta turga ajratilgan holda o‘rganiladi. Bu esa mulk huquqini
kengroq talqin etish imkonini beradi
Mulkiy munosabatlar tarixan turli shakllarga ega bo‘lgan va ular mulkiy huquqlarning
tabaqalanishida namoyon bo‘ladi.
18
O‘zbekistonda mulk shakli xususiy va ommaviy turlarga bo‘linadi. Ommaviy mulk shakli davlat mulkini
ham o‘z ichiga oladi.
Fermer xo‘jaligining mulki fermer va xo‘jalik a‘zolarining mulki hisoblanadi.