3. Mulkchilik munosabatlarini amalga oshirishning tarixiy shakllari
Iqtisodiyotda, xususan mulkiy munosabatlar shakllarini o‘rganishda mulkni tasniflash
muhim o‘rin tutadi. Ko‘pchilik iqtisodchilar va faylasuflar uchun tasniflash mezoni sifatida
mulk subekti olinadi. Agar mulk bir shaxsga tegishli bo‘lsa, u – xususiy. Agar u bir necha
4
shaxsga tegishli bo‘lsa – jamoaviy. Agar u butun jamiyatga tegishli bo‘lsa – umumxalq yoki
davlat mulki hisoblanadi. Bunday yondashuv G‘arbdagi tadqiqotchilar uchun mulkning uchta
shaklini ifodalashga asos bo‘lgan.: xususiy, jamoaviy va ijtimoiy. Ba‘zan ularga aktsiyadorlik
(korporativ) va davlat shakllari ham qo‘shimcha qilinadi. Ba‘zida aktsiyadorlik mulkini
jamoaviy shakl deb, davlat mulkini esa ijtimoiy shakl deb hisoblashadi. Lekin bundan mohiyat
o‘zgarmaydi.
ixtiyoriy shakldagi mulkning namoyon bo‘lishi qator omillarga bog‘liq. Jumladan:
mehnat sharoitlari va natijalarini o‘zlashtirib olish usullari;
mehnat sharoitlari va natijalarini tasarruf etish xususiyatlari;
mehnat sharoitlarini takror yaratish;
faoliyat turlari bo‘yicha almashishning asosiy usuli;
natijalari qayta taqsimlash usullari;
1. Mulkchilikning eng dastlabki shakli jamoaviy mulk G‘arb huquqiy tizimining asos
(antik taraqqiyot)ini tashkil etadi. U uchta asosiy xususiyat bilan tavsiflanadi:
jamoaviy mulk jamiyatga – uni to‘laqonli a‘zolar deb tan oluvchi indvidlar yig‘indisiga
tegishli;
jamoaviy mulkni qayta taqsimlash huquqi mutlaq jamiyatga tegishli;
jamoaviy mulk jamoaviy huquq normalari bilan tartibga solinadi.
Jamoaviy mulkning asosiy tavsiflari quyidagilardan iborat:
a) boshqarish (taqsimlash) ijtimoiy;
b) egalik qilish xususiy;
v) jamoaviy mulk ob‘ektidan voz kechish taqiqlangan;
g) ijtimoiy majburiyatlar tizimi;
d) ishlab chiqaruvchining o‘z faoliyati natijalariga mulkchiligi.
Jamoaviy mulkning rivojlanishi davlatchilikni yuzaga keltirgan. Ushbu bosqichida davlat
majbur etish apparati sifatida hali jamiyatga qarshi turmaydi.
Oliy
Tabaqali
Ko’p pog’onali
Xususiy
Totalitar
Byurokratik
Korporativ
Ijtimoiy
7.1-расм. Мулк шаклларининг ривожланиши
Jamoaviy
5
Mulkchilik munosabati tarixan qanday shakllarda rivojlanganligi katta qiziqish uyg‘otadi
2. Oliy mulk davlat mulkining dastlabki shaklidir. Davlatni tashkil etish ko‘p hollarda
mulkni, masalan, erni zo‘rlik bilan tortib va bosib olishlar oqibati bo‘lgan. Oliy mulkning asosiy
tavsiflari quyidagilardan iborat:
a) mulk va hokimiyatning bo‘linmasligi;
b) xizmat uchun mukofot sifatida resursni hadya qilish shaklida faoliyat bilan almashish;
v) mehnat sharoitlarini ishlab chiqaruvchilarga biriktirish (xususiy egalik);
g) biriktirilgan resurslarni tasarruf etish uchun davlat monopoliyasi;
d) ishlab chiqaruvchining o‘z faoliyati natijalariga mulkchiligi.
Davlat boshlig‘i bunday mulkning «oliy mulkdoriga» aylangan va ularni o‘z fuqarolariga
tarqatgan (hadya qilgan). Erni egalikka olish va undan foydalanish sharti davlatga xizmat
qilishdan iborat bo‘lgan. Oliy hokimiyat ixtiyorida eng muhim ta‘sir etish vositasi – tortib olish
(tasarruf etish) huquqi qoldirilgan. Bu bir vaqtning o‘zida ikkita o‘zaro bog‘liq vazifani hal etish
imkonini bergan: ishlab chiqaruvchining ehtiyojlarini qondirish va ishlab chiqaruvchini o‘zi
foydalanadigan resursni takror etishtirishga majbur qilish.
Asta-sekin vaqt o‘tishi bilan oliy mulkchilik instituti sharoitida, davlat monopoliyasi
xo‘jalik faoliyati mahsulotlari bilan almashuv rivojlanishiga to‘sqinlik qila boshlagan. Iqtisodiy
ehtiyojlarning ta‘siri ostida mulkchilik instituti o‘zgara boshladi. Natijada turli ishlab chiqarish
usullariga xos bo‘lgan ikki xil institut shakllandi: tabaqali va ko‘p pog‘onali mulk.
3. Tabaqali mulk – oldingi davrda asosiy mehnat sharti bo‘lgan tabiiy resurslarga tabaqali
monopoliyalarning shakllanishi bilan tavsiflanadi, dvoryanlarning o‘zlariga «biriktirilgan» mol-
mulkni tasarruf etish huquqining kengayib borishi bilan izohlanadi.
Tabaqali mulkchilikning asosiy xususiyatlari:
a) mulkdorlar sinfining paydo bo‘lishi;
b) ishlab chiqarish vositalari cheklangan aylanmasining paydo bo‘lishi;
v) hokimiyat huquqlariga nisbatan mulkiy huquqlarning cheklangan xususiyati;
g) ishlab chiqaruvchining o‘z faoliyati natijalariga mulkchiligi;
d) mulkdan olinadigan daromadni qayta taqsimlash yangi shaklining paydo bo‘lishi.
Rivojlanishning Evropa modeliga xos bo‘lgan tabaqali mulkchilik instituti davlat mulkchiligidan
xususiy mulkchilikka o‘tish bosqichi sifatida ta‘riflanadi.
4. Xususiy mulkchilik individning jamoaviy xo‘jalik faoliyatidan ajralib chiqishini o‘zida
namoyon etadi va quyidagi asosiy xususiyatlar bilan tavsiflanadi:
iqtisodiy agentlarning mustaqilligi;
mehnt sharoitlari va natijalarining erkin aylanishi;
hokimiyat huquqlariga qaraganda mulkiy huquqlarning etarliligi;
mulkdorning mulkiy javobgarligi.
Xususiy mulk institutining shakllanishi tobelikning yangi shakli – iqtisodiy tobelikning
paydo bo‘lishiga olib keldi. Xodimning ishlab chiqarish vositalaridan ajralishi bilan bir qatorda
ishlab chiqaruvchining o‘z mehnatining mahsuliga bo‘lgan huquqidan mahrum etilishi yuz berdi.
5. Korporativ mulk. Ko‘plab tadqiqotchilar korporativ mulkni xususiy mulk bilan
tenglashtirib, korxonani tashkil etishning korporativ shaklini mulkiy majmuani ishonchli
boshqarish shakli sifatida talqin etishni taklif qilishadi. Korporativ mulkchilikning asosiy
xususiyatlari quyidagilardan iborat: mulkning ayrim shaxslarga taqsimlanganligi; iqtisodiy
agentlarning tobelik munosabatlari; iqtisodiy agentlar javobgarligining cheklanganligi; qayta
taqsimlash munosabatlari sohasida mulkdan keladigan daromadlar rolining keskin ortishi;
mulkdor – korporatsiya huquqlarini bilvosita himoyalash orqali mehnat sharoitlarini takroriy
yaratish.
6. Ijtimoiy mulk. Ijtimoiy mulk yuridik va jismoniy shaxslar mulki bilan birga mavjud
bo‘ladi. Jamiyat mulki, ko‘p holatlarda davlat tomonidan boshqarilishiga qaramay, unga tegishli
emas. Jamiyatning muammosi resurslarni takroriy ishlab chiqarish va mulkdan daromad –
monopol rentani olish ustidan nazorat o‘rnatishdan iborat.
6
Ijtimoiy mulkchilikning asosiy xususiyatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) jamiyatning hokimiyat apparati sifatida davlatdan ajratilishi;
b) jamiyatning tabiiy resurslarga monopoliyasi;
v) ijtimoiy mulk ob‘ektlaridan foydalanishning kontsession mexanizmi;
g) ishlab chiqaruvchining o‘z faoliyati natijalariga mulkchiligi;
d) ijtimoiy mulkdan keladigan daromadlardan jamiyat a‘zolarining ijtimoiy ahamiyatli
ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanish.
7. Ko‘p pag‘onali mulkchilikning vujudga kelishi mulkdor vakolatlarining turli xo‘jalik
yurituvchi sub‘ektlar o‘rtasida taqsimlanishi jarayonini o‘zida namoyon etadi. Ko‘p pag‘onali
mulkchilikning asosiy xususiyatlari:
a) mol-mulk va hokimiyatning ajratilmaganligi;
b) mol-mulk uchun to‘liq huquqlariga ega bo‘lgan shaxslarning mavjud emasligi;
v) mulkdor vakolatlarini amalga oshirishda ishtirok etishning xizmat xususiyati;
g) ular o‘rtasida mulkchilik vakolatlari taqsimlanadigan sub‘ektlar o‘rtasidagi tobelik
munosabatlari;
d) mehnat sharoitlarining ishlab chiqaruvchilarga biriktirilishi.
Ta‘kidlash lozimki, ko‘p pag‘onali mulkchilik instituti barcha xo‘jalik yurituvchi
sub‘ektlarning mehnat sharoitlarini tasarruf etishdagi huquqlarini sezilarli darajada cheklagani
holda, mehnat natijalarining erkin aylanishinini istisno etmadi. Demak, tabiiy resurslar emas,
balki xo‘jalik faoliyatining mahsulotlari ishlab chiqarishning asosiy vositalariga aylanishiga
qarab mazkur institutning iqtisodiy asosi nuray boshladi. Lekin bu noiqtisodiy majburlashga
asoslangan hokimiyat o‘z mavqeini osongina bo‘shatib berganligini anglatmaydi. Ko‘p pag‘onali
mulkchilik instituti o‘z shaklini o‘zgartirdi. Tarixga ushbu o‘zgarishning ikkita yo‘nalishi
ma‘lum: totalitar va byurokratiya mulkchiligi.
8. Totalitar mulkchilikka sobiq SSSRda mavjud bo‘lgan «davlat mulkchiligi» instituti
yaqqol misol bo‘ladi.
Totalitar mulkchilikka mos keluvchi rejali-taqsimlash iqtisodiyotida xo‘jalik yurituvchi
sub‘ektlar o‘zlariga biriktirilgan mol-mulkka faqat amalda egalik qilishadi va o‘zlari ishlab
chiqargan mahsulotning ham, uni sotishdan olingan mablag‘larning ham egasi hisoblanmaydi.
Totalitar mulkchilikning asosiy xususiyatlari:
- hokimiyat va mulkning ajratilmasligi;
- ishlab chiqarish vositalariga davlat monopoliyasi;
- mehnat sharoitlarining xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar o‘rtasida markazlashgan tarzda
qayta taqsimlanishi;
- ishlab chiqaruvchining o‘zi etishtirgan mahsulot va uni sotishdan olinadigan daromadni
tasarruf etish huquqidan mahrum etilishi;
- mehnat sharoitlarini markazlashgan rejalashtirish mexanizmi yordamida takroriy
yaratish.
9. Byurokratiya mulkchiligi ko‘p pag‘onali mulkchilik rivojlanishining tabiiy mahsuli
hisoblanadi. Ishlab chiqarish emas, balki qayta taqsimlash katta miqdordagi pullarni paydo
qiladi. Uning asosiy xususiyatari:
a) mulkchilik huquqlarini himoya qilishning samarali tizimi mavjud emasligi;
b) resurslar va mahsulotlarni qayta taqsimlash jarayonida amaldorlar ishtirokining
qonunchilikda belgilangan imkoniyati;
v) narxlar va tariflarning byurokratik tartibga solinishi;
g) xufyona iqtisodiyotning katta ulushi;
d) mehnat sharoitlarini takror yaratish samarali mexanizmining mavjud emasligi.
Hokimiyat va mulkning ajralmasligining rasmana tan olinishi bilan xususiy mulkchilik
huquqini buzmasdan qolmaydi. Noiqtisodiy majburlashga asoslangan hokimiyat mulkdorning
erkin irodasiga qaraganda iqtisodiy hayotning muhim omili hisoblanadi. Hokimiyat tuzilmalarida
ishtirok etish orqali beriladigan imkoniyatlar xo‘jalik faoliyatidan kelib chiqadigan
imkoniyatlarga qaraganda ancha yuqori. Hokimiyaga ega bo‘lgan amaldorlar shaxsiy boylikni
7
ko‘paytirish uchun hokimiyat imkoniyatidan foydalanishadi. Lekin hokimiyat o‘z egasiga
mulkdan ko‘ra ko‘proq narsani beradi, ularning sa‘y-harakatlari birinchi navbatda hokimiyatni
saqlab qolishga yo‘naltirilgan. Hokimiyatni yo‘qotib, ular, odatda, mulkni ham yo‘qotishadi.
|