• 7-Mavzu. Mulk huquqlari nazariyasi va mulkchilik shakllari rivojlanishining evolyutsiyasi Reja
  • 4. Mulkiy xuquqlar 5. Mulkiy xuquqlar taqsimotining tahlili
  • Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot




    Download 6,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet33/123
    Sana30.01.2024
    Hajmi6,57 Mb.
    #148347
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   123
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot (1)

    Takrorlash uchun savollar 
    Faqat iqtisodiyotning xufyona sektori sub‘ektlariga nisbatan kuch ishlatish choralarini 
    qat‘iylashtirish yordamida ushbu sektorning o‘lchamlarini qisqartirishga erishish mumkinmi?
    Xufyona sektor yalpi ichki mahsulotida yuqori ulushga bilan tavsiflanadigan mamlakatda 
    bozor islohotlarining dastlabki bosqichlari qanday bo‘lishi kerak? 
    Bozor islohotlari siyosatining standart dasturiga qanday tuzatishlar kiritilishi lozim? 
    Xufyona iqtisodiyotning qanday unsurlari mavjud? 
    Xufyona iqtisodiyot o‘lchamlarini baholash yondashuvlarini izohlang. 
    Xufyonalik bahosining unsurlari nimalardan iborat? 
    «Mafiya» atamasining kelib chiqishini sharhlang. 


    7-Mavzu. Mulk huquqlari nazariyasi va mulkchilik shakllari rivojlanishining 
    evolyutsiyasi 
     
    Reja 
    1. Mulk huquqlari nazariyasining asosiy qoidalari 
    2. Mulkchilik ta’riflarining tahlili 
    3. Mulkchilik munosabatlarini amalga oshirishning tarixiy shakllari 
    4. Mulkiy xuquqlar 
    5. Mulkiy xuquqlar taqsimotining tahlili 
     
    Tayanch so‘z va iboralar: mulq huquqi, mulk huquqi nazariyasi, R.Kouz va A.Alchiyan 
    mulk huquqlari nazariyasi, ―Onore ro‘yxati, egalik qilish foydalanish boshqarish daromad olish 
    ashyodan o‘zgalar foydasiga voz kechish xavfsizlik huquqi zararli foydalanishni taqiqlash 
    undirish ko‘rinishidagi javobgarlik qoldiq xususiyat 
    1. Mulk huquqlari nazariyasining asosiy qoidalari 
    Mulk huquqlari nazariyasi o‘tgan asrning 60-70 yilarida shakllandi. Hozirgi vaqtda uning 
    rivojlanishi alohida mustaqil kontseptsiya sifatida emas, balki iqtisodiy tahlilning uchta 
    yo‘nalishi – huquq iqtisodiyoti, yangi iqtisodiy tarix va iqtisodiy tashkilot nazariyasining 
    metodologik va umumnazariy asosi sifatida davom etmoqda. 
    Amerikalik mashhur iqtisodchilar – R.Kouz va A.Alchiyan mulk huquqlari nazariyasiing 
    asoschilari hisoblanadi. Mazkur nazariyaning keyingi rivojiga uzoq xorij mamlakatlarining 
    Y.Bartsel, D.Nort, R.Pozner, S.Peyovich, O.Uilyamson, Yu.Fama, E.Furubotn, S.Chung kabi 
    olimlari o‘z hissasini qo‘shishdi. Rossiya iqtisodiy adabiyotlarida mulk huquqlari nazariyasi 
    R.Kapelyushnikov, V.Radaev, A.Radigin va boshqalarning ishlarida rivojlantirildi. 
    O‘zbekistonda mulkiy munosabatlarini isloh qilish, mulkning huquqiy asoslari va mulk 
    nazariyasining boshqa jihatlari X.Abilqosimov, N.Yusupova, N.Nedelkina, Sh.Shodmonov, 
    T.Shodiev, S.G‘ulomov va boshqarlarning ishlarida ko‘rib chiqilgan. 
    Mulk huquqlari nazariyasi huquqiy mexanizmning jamiyatning kundalik xo‘jalik 
    hayotidagi rolini o‘rganadi. Bunda mulk huquqlarini optimal taqsimlash masalasi markaziy 
    muammo sifatida e‘tirof etiladi. Institutsional iqtisodiyot nazariyasiga ko‘ra, kim mulkdor 
    hisoblanishi to‘g‘risidagi masala emas, balqi mulk huquqlarini tafsirlash to‘g‘risidagi masala 
    ancha muhim hisoblanadi. 
    Mulk huquqlari deganda, ne‘matlarning mavjud bo‘lishi munosabati bilan insonlar 
    o‘rtasida yuzaga keladigan va ulardan foydalanishga taalluqli bo‘lgan ruxsat etilgan kundalik 
    munosabatlar tushuniladi. Ushbu munosabatlar ne‘matlar borasidagi xatti-harakatning istalgan 
    shaxs boshqa insonlar bilan o‘zaro hamkorlik qilishda ularga amal qilishi yoki ularga amal 
    qilmaganlik uchun xarajatlar qilishi lozim bo‘lgan normalarini belgilaydi. Quyida mulk 
    huquqlari nazariyasining R.Kapelyushnikov18 tomonidan sanab o‘tilgan asosiy qoidalarini 
    ko‘rib chiqamiz: 
    mulkchilik munosabatlari ―insonG‘ashyo‖ munosabatlari sifatida emas, balki insonlar 
    o‘rtasidagi munosabatlar sifatida talqin etiladi: mulk huquqlari atamasi insonlar bilan ashyolar 
    o‘rtasidagi munosabatlarni emas, balki insonlar o‘rtasidagi noyob ashyolardan foydalanish 
    borasidagi munosabatlarni yoritadi; 
    mulkchilik munosabatlari noyoblik muammosidan kelib chiqadi: noyobliknig qandaydir 
    omilisiz mulkchilik va adolatlilik haqida gapirishdan ma‘no yo‘q; 
    mulk huquqlarining talqini o‘ziga ham moddiy, ham jismsiz ob‘ektlarni (shaxsiy 
    erkinlikkacha) o‘zlashtirgan holda, barcha narsalarni qamrab oluvchi xususiyatga ega. Mulk 
    huquqlari insonning istalgan turdagi noyob resurslardan foydalanishga nisbatan nuqtai nazarini 
    qayd etadi; 
    18 Капелюшников Р.И. Экономическая теория прав собственности. – М.: ИМЭМО, 1990. 


     1 
    mulkchilik munosabatlariga jamiyat tomonidan ruxsat etilgan munosabatlar sifatida 
    qaraladi (davlat tomonidan ruxsat etilgan munosabatlar bo‘lishi shart emas). O‘z navbatida, ular 
    nafaqat qonunlar va sud qarorlari ko‘rinishida, balki yozilmagan qoidalar, an‘analar, urf-odatlar, 
    ahloqiy normalar ko‘rinishida mustahkamlanishi va himoya qilinishi mumkin; 
    mulk huquqlariga xatti-harakat ma‘nosi beriladi – bir xatti-harakat usullarini ular qo‘llab-
    quvvatlaydi, boshqalarini esa yo‘q qiladi. 
    Ruxsat etilmagan xatti-harakatlar ham mulk huquqlari nazariyasining diqqat markazida 
    turadi. U iqtisodiy jihatdan tushuniladi: taqiqlar va cheklovlar uni bartaraf etmaydi, balki u bilan 
    bog‘liq xarajatlarni (ehtimoliy jazo ko‘rinishida) oshirgan holda salbiy omil sifatida ta‘sir 
    ko‘rsatadi. Ruxsat etilgan xatti-harakat normalariga amal qilish ham, ularni buzish ham oqilona 
    iqtisodiy tanlov harkatlariga aylanadi. 
    Mulk huquqlari nazariyasi doirasida ―mulk‖ tushunchasi odatda turli shaxslar o‘rtasida har 
    xil ulushlarda taqsimlangan huquqlar to‘plami sifatida talqin etiladi. Mulk huquqlarining ingliz 
    huquqshunosi A.Onore tomonidan taklif etilgan (Onore ro‘yxati) va quyidagi 11 ta unsurni o‘z 
    ichiga olgan ta‘rifi ―to‘liq‖ hisoblanadi: 
    egalik qilish, ya‘ni ashyo ustidan mutlaq nazorat qilish huquqi; 
    foydalanish, ya‘ni ashyodan shaxsiy foydalanish huquqi; 
    boshqarish, ya‘ni ashyo kim tomonidan va qanday foydalanilishi mumkinligini hal etish 
    huquqi; 
    daromad olish, ashyodan avvalgi shaxsiy foydalanishdan yoki bashqa shaxslarga undan 
    foydalanishga ruxsat etishdan kelib chiqadigan ne‘matlarni olish huquqi (boshqacha aytganda – 
    o‘zlashtirish huquqi); 
    ashyodan o‘zgalar foydasiga voz kechish, uni iste‘mol qilish, o‘zgartirish yoki yo‘q qilish 
    huquqini nazarda tutuvchi ―kapital qiymat‖ huquqi; 
    xavfsizlik huquqi, ya‘ni ekspropriatsiyaga qarshi immunitet; 
    ashyoning meros bo‘yicha yoki vasiyatnoma bo‘yicha o‘tishi huquqi; 
    muddatsizlik; 
    zararli foydalanishni taqiqlash, ya‘ni ashyodan o‘zgalar uchun zararli usul bilan 
    foydalanishdan o‘zini tiyish; 
    undirish ko‘rinishidagi javobgarlik, ya‘ni ashyoni qarzni to‘lash uchun olib qo‘yish 
    imkoniyati; 
    qoldiq xususiyat, ya‘ni kimgadir o‘tkazilgan vakolatlarning ularning o‘tkazish muddati 
    tugagach yoki istalgan boshqa sababga ko‘ra ushbu o‘tkazish o‘z kuchini yo‘qotgan hollarda, 
    ―tabiiy‖ ravishda qaytarilishini kutish. 
    Ushbu ta‘riflar aniqdek tuyulganiga qaramay, bu 11 ta unsur L.Bekkerning fikriga ko‘ra, 
    ―ko‘p sonli – taxminan 1,5 mingta kombinatsiyani amalga oshiish imkonini beradi, agar ularning 
    huquq sub‘ektlari va ob‘ektlari bo‘yicha variatsiyalanishini hisobga olsak, u holda mulk 
    shakllarining xilma-xilligi, haqiqiy vahimali omilga aylanadi‖19. 
    Mulk huquqlari nazariyachilarining nuqtai nazaridan, mulk huquqi mavjud bo‘lgan va u 
    mavjud bo‘lmagan vaziyatlar o‘rtasida qat‘iy chegara o‘tkaziladigan yondashuv unchalik ham 
    to‘g‘ri emas. Mulk huquqi – bu qat‘iy belgilangan nuqta emas, balki uzluksiz qator. A.Alchiyan 
    va G.Demsetsning ta‘kidlashicha20, ashyoga bo‘lgan u yoki bu vakolat mulkdorga qay darajada 
    tegishli ekanligi haqida uning qarori ashyodan haqiqiy foydalanishni qanchalik belgilab 
    berishiga qarab fikr yuritish mumkin. Mulk huquqlari nazariyasi har qanday almashuv harakati 
    aslida vakolatlar to‘plami bilan almashish ekanligi to‘g‘risidagi bazaviy tasavvurdan kelib 
    chiqadi. 
    19 Becker LS. Property rights: philosophical foundations. — Cambridge, 1977. P. 21.
    20 Alchian A., Demsetz H. The property rights paradigm // Journal of Economic Histo 1973. M. 33. № 1. 
    P. 17. 


     2 
    Huquqshunosalar va iqtisodchilarning fikriga ko‘ra, ―Onore ro‘yxati‖dagi unsurlardan eng 
    zaifi – bu to‘qqizinchi unsur – zararli foydalanishni taqiqlash unsuridir. Zararli foydalanishni 
    taqiqlash bilan bog‘liq muammo shundan iboratki, boshqa shaxslarga ziyon etkazishning ko‘plab 
    usullari nafaqat taqaqlanmagan, balki qonun bilan himoyalanadi. Xususiy mulkchilik huquqiy 
    holati sharoitida, odatda, begona mol-mulkning iste‘mol qiymatiga bevosita ta‘sir etish yo‘li 
    bilan jismoniy ziyon etkazish mamkin emas, lekin uning almashish qiymatini pasaytirgan holda 
    bilvosita yo‘l bilan ziyon etkazish mumkin. Tadbirkor raqobatchining firmasiga o‘t qo‘yib, uni 
    honavayron qilishga haqli emas, lekin u o‘zining ishlab chiqarish samaradorligini keskin 
    oshirgan holda, raqibni honavayron qilishga haqli. O‘rta asrlar tsexlarida xatti-harakatning ushbu 
    usuli ham noqonuniy hisoblanar edi. Zararli foydalanishni taqiqlash bilan bog‘liq huquq hajmini 
    aniq belgilashning murakkabligi mulk huquqlarini cheklashning yo‘l qo‘yildadigan chegaralari 
    to‘g‘risidagi asosiy muammoni yuzaga chiqaradi. Ushbu huquqning ma‘nosi shundan iboratki, 
    hatto to‘plamga ―to‘liq ta‘rif‖dagi barcha unsurlarni kiritish ham mulk huquqini cheksiz 
    qilmaydi. 

    Download 6,57 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   123




    Download 6,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot

    Download 6,57 Mb.
    Pdf ko'rish