Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/123
Sana30.01.2024
Hajmi6,57 Mb.
#148347
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   123
Bog'liq
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot (1)
JIZZAX VILOYATIDAGI SELLAR VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH, 3. PUXTALIK KO\'RSATKICHLARNING TARQOQLIGI STATISTIK SINOVLAR USULI, Transformatorlar va ularning ishlash prinsipi, MATEM, 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim (KUNDUZGI), Abdullo Fayzullayev, 5-Ma\'ruza, Bipolyar Tranzistorlarning tuzulishi. Bipolyar turlari ishlashi statik haraktersitikalari va parametrlar, АТБ Қишлоқ, ми электроника амалий, 2 mustaqil ish, Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hisobi Reja Kirish Asosiy q, Fayllarni arxivlash jarayoni, 6 -mavzu. Matn va uning turlari. Mikro matn va makro matn. Reja-fayllar.org, 8-MARCH
Institut – bu jamiyat a‘zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni belgilab beruvchi rasmiy 
qoidalar va norasmiy normalar tizimi. Institutlar asosini uning tarkibiy qismlari hisoblangan 
normalar tashkil etadi.
Norma – institutsional muhitda individlarning o‘z tanlovini amalga oshirishda 
foydalaniladigan asosiy unsur hisoblanadi. Ushbu unsur: tartibni saqlash funktsiyasiga ega; 
o‘zaro hamkorliklar tizimida majburiy xatti-harakat bajarilishini talab etadi; shaxslar xatti-
harakatidagi ijtimoiy, iqtisodiy, yuridik sanktsiyaga tayanuvchi muntazamlik hamda
muqarrarlikni aks ettiradi; shaxsning turli vaziyatlarda o‘zini qanday tutishi lozimligini 
belgilaydi. Norma amal qilishi uchun talab etiladigan tarkib beshta unsurdan iborat: 
 individlarning guruhlanish belgilari; 
 muqarrarlik omili (kerak yoki kerak emas); 
 maqsad; 
 norma harakatda bo‘lgan shart-sharoitlar; 
 sanktsiyalar. 
Ajratilgan ushbu 5 ta unsur normalarning turli xillarini, ya‘ni hamkorlik strategiyasini
xususan, normaning o‘zini (tor ma‘noda) va qoidalarni cheklash imkonini beradi. Norma xillari 
quyidagilardan iborat:
Hamkorlik strategiyasi q belgi Q maqsad Q shart-sharoit; 
Norma q belgi Q muqarrarlik omili Q maqsad Q shart-sharoit; 
Qoida q belgi Qmuqarrarlik omili Q maqsad Q shart-sharoit Q sanktsiya. 
Shaharda yoki supermarketda bir-birlarini yo‘qotgan odamlarni qidirish hamkorlik 
strategiyasiga misol bo‘ladi. Bunda: individlarning guruhlanish belgisi – bir-birini yo‘qotganlik 
fakti; maqsad - bir-birini topish; shart-sharoit – uchrashish ehtimoli yaqin bo‘lgan ko‘zga 
tashlanuvchi narsa yoki buyumning mavjudligi bo‘ladi. 
Torroq ma‘noda norma kelishuv tushunchasiga mos keladi. Chunki kelishuv 
ko‘rsatmasini bajarish o‘ta ixtiyoriy xususiyatga ega. Qoidaga o‘tishda ko‘rsatmalarni 
bajarishning ixtiyoriy xususiyati yo‘qoladi, ya‘ni bunda sanktsiya ishga tushadi. 
Normaning inson xatti-harakatiga ta‘siri haqidagi munozara sotsiologiya va iqtisodiy 
nazariya o‘rtasidagi chuqur tarixiy ildizga ega bo‘lgan qarama-qarshilik bilan bog‘liq. 
Sotsiologlar normada insonlar xatti-harakatining ularga tashqaridan berilgan va ekzogen 
xususiyatga ega bo‘lgan mutlaq naimjasini ko‘radilar. Homo sociologicus xatti-harakati umuman 
olganda jamiyatning normativ tarkibi bilan aniqlanadi. Normalarning o‘zlari esa, 
sotsiologlarning fikriga ko‘ra, jamiyat xususiyatlaridan hosil bo‘lgan va uni takror ishlab 
chiqarish vazifasini ko‘zlaydi. 
Iqtisodchilar esa klassik siyosiy iqtisod davridan buyon normalarning bunday talqin 
etilishiga qo‘shilmaydilar. Chunki norma tanlash erkinligini istisno etadi. Homo economicus o‘z 
tanlovida, shu jumladan norma tomonidan qo‘yiladigan cheklovlardan holi. Iqtisodchilar shaxs 
tanlovining institutsional cheklovchisi sifatida normalarning mavjud bo‘lishini umuman inkor 


14 
etadi
8
. Yoki normalarga oqilona izoh berishga, aniqrog‘i, ularda tashqaridan berilgan xatti-
harakat natijasini emas, balki anglab etilgan tanlov natijasini ko‘rishga intiladi. 
Umuman olganda, ijtimoiy tanlash nazariyasida normalar: oqilona tanlash natijasi 
sifatida qaraladi. Kelishuvlar iqtisodyotida esa normalar oqilona xatti-harakatning omili sifatida 
tahlil qilinadi.
Ijtimoiy tanlash nazariyasi (D.Byukenen) birinchi galda siyosiy tanlov natijasini aks 
ettiruvchi va huquqda qayd etiladigan yuridik normani o‘rganadi. Yuridik normalarni izohlash 
uchun oqilona tanlashning neoklassik modelidan foydalaniladi. Xususan, shu narsa nazarda 
tutiladiki, Byukenen uchun siyosat - bu huddi insonlar bozorda faqat o‘z afzal bilishlariga amal 
qilgan holda tovarni xarid qilgani kabi, uning asosida ular turli xil muqobil variantlarni, ularni 
o‘z qadr-qimmati bilan qiyoslagan holda, tanlaydigan murakkab institutsional jarayon 
hisoblanadi. Boshqa so‘z bilan aytganda, norma va qoidalar siyosat bozorida shaxslar o‘rtasidagi 
o‘zaro hamkorlik natijasida paydo bo‘ladi. Bundan normalarni baholashning navbatdagi mezoni 
– ularning samaradorligi kelib chiqadi. Normalar faqat ular o‘ziga xos qadr-qimmatga 
asoslanganda samarali bo‘lib, yakka manfaatlarni o‘zaro foydali tarzda amalga oshirishga 
ko‘maklashadi [47]. 
Ijtimoiy tanlash nazariyasiga xos bo‘lgan oqilona tanlov modeli yordamida normalarni 
talqin qilishdan farqli ravishda, kelishuvlar iqtisodi normalarga amal qilishda (bunda normalar 
tashqaridan berilgan) ekzogen hisoblanishiga qaramasdan, oqilona xatti-harakatning omilini 
ko‘rishni taklif etadi. Bunday bir qarashda o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan oqilona tanlash 
natijasi hisoblanmagan normalarni bajarish, oqilona xatti-harakatning shartiga aylanadi. Ammo 
bozordagi bitimlar ishtirokchilarining oqilonalik talabi ushbu o‘ziga xoslikni izohlash imkonini 
beradi.
Kelishuvlar iqtisodi normani bozorda ishtirokchilar tomonidan istaklar va afzalliklarning 
o‘zaro talqin etilishi uchun zamin sifatida ko‘rib chiqishni taklif etadi (2.1-jadval). Shu nuqtai 
nazardan normaga amal qilish shaxs uchun o‘z maqsadlari (signaling) haqidagi xabarlarni 
kontragentgacha etkazish usuliga aylanadi. Shaxslar o‘z xatti-harakatiga nisbatan bir-birini 
istisno etuvchi talablarni muvofiqlashtirishga va o‘z tomonlarining harakatlariga nisbatan 
ishonchli fikrlarni bildirishga qodir bo‘lmay qoladi. Ko‘rib chiqilayotgan yondashuv doirasida 
kelishuvlar nisbatining quyidagi variantlari tahlil qilinadi. 
1. Ekspansiya – unda o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish ilgari boshqa kelishuvlar 
ustuvorlik qilgan sohalardagi kelishuvlardan birining normalari asosida amalga oshadigan 
kelishuvlar nisbati. Masalan, siyosiy soha siyosiy bozorga aylanishi mumkin, bunda fuqarolik 
kelishuvining normalari bozor kelishuvi normalari tomonidan siqib chiqariladi.
Bozor kelishuvining ekspansiyasi o‘ta xavfli, u boylikning o‘ta nomutanosib 
taqsimlanishiga va undan siyosiy hokimiyat omili sifatida foydalanishga olib kelgan holda 
jamiyat rivojlanishini barqarorlikdan mahrum etadi. 
2. Urinish – unda bir o‘zaro hamkorlikning o‘zi bir-birini istisno etuvchi normalar 
asosida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan kelishuvlar nisbati. Shu nuqtai nazardan birinchi 
bo‘lib K.Errou tomonidan tadqiq etilgan qon topshirish bunga aynan mos misol bo‘ladi. Gap 
shundaki, qon odatda pulga (bozor kelishuvi) yoki birdamlik nuqtai nazardan bepul (fuqarolik 
kelishuvi) topshiriladi. Ushbu noo‘xshatishlik shaxslarning qon topshirish yuzasidan o‘zaro 
hamkorligida noaniqlikning yuqori darajasini belgilab beradi.
3. Murosa – unda turli kelishuvlar talablari o‘rtasidagi ziddiyatga barham beruvchi 
egiluvchan normalar namoyon bo‘ladigan kelishuvlar nisbati. Masalan, har qanday reklama 
kampaniyasi bozor kelishuvi va ijtimoiy fikr talablari o‘rtasidagi murosani topishni nazarda 
tutadi. Ushbu ikki kelishuv o‘rtasidagi murosaga boshqa misol – ko‘r-ko‘rona iste‘mol, bunda 
shaxs o‘z iste‘mol tanlovida tovar yoki xizmatni iste‘mol qilishdan foydalilikni oshirishni emas, 
balki u iste‘mol qilish tufayli qo‘lga kiritadigan hurmatga erishishni ko‘zlaydi. 
2.1-jadval 
8
Dobb Maurice, Capitalist Enterprise and Social Progress, London: G. Routledge & Sons, 1925 


15 

Download 6,57 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   123




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot

Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish