Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/123
Sana30.01.2024
Hajmi6,57 Mb.
#148347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Bog'liq
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot (1)
JIZZAX VILOYATIDAGI SELLAR VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH, 3. PUXTALIK KO\'RSATKICHLARNING TARQOQLIGI STATISTIK SINOVLAR USULI, Transformatorlar va ularning ishlash prinsipi, MATEM, 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim (KUNDUZGI), Abdullo Fayzullayev, 5-Ma\'ruza, Bipolyar Tranzistorlarning tuzulishi. Bipolyar turlari ishlashi statik haraktersitikalari va parametrlar, АТБ Қишлоқ, ми электроника амалий, 2 mustaqil ish, Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hisobi Reja Kirish Asosiy q, Fayllarni arxivlash jarayoni, 6 -mavzu. Matn va uning turlari. Mikro matn va makro matn. Reja-fayllar.org, 8-MARCH
“Eski” institutsional maktab: T.Veblen, J.R.Kommons, U.Mitchellar, Y.Shumpeter, 
J.K.Gelbreyt, F.Nayt, K.Polani, K.Ayres, G.Myurdal. 
“Yangi” institutsional maktab: R.Kouz, D.Nort, O.Uilyamson, R.Pozner, M.Olson, 
F.Xayek. 
J.Xodjsonning fikriga ko‘ra [55], agar ―eski‖ maktab darvinizmga asoslanib
raqobatlashuvchi institutlar to‘g‘risidagi asoslardan foydalangan holda institutlarning uzoq vaqt 
mobaynida rivojlanishini ko‘rib chiqqan bo‘lsa, ―yangi‖ maktab ijtimoiy darvinizmdan 
yiroqlashib, o‘z tadqiqotlarini metodologik individualizm nuqtai nazaridan olib bormoqda. 
Shunday qilib, J.Xodjson ―yangi‖ maktabni ko‘p jihatdan tanqid qiladi. Uning ta‘kidlashicha, 
―yangi‖ maktabning nochorligi shunda namoyon bo‘ladiki, tadqiqotlarga jamiyat o‘zining ―tabiiy 
5
Нуреев Р. Институционализм: вчера, сегодня и завтра. В кн. «Институциональная экономика». Учебное 
пособие / А.Олейник. –М.: ИНФИМ, 2000. -5-7 б. 


 8 
holatida‖ asos qilib olingan bo‘lib, unda qandaydir insoniy munosabatlar mavjud, lekin 
institutlarsiz; institutlar urf-odatlar va qoidalar bilan birgalikda paydo bo‘lishi, so‘ngra esa 
insonlar tomonidan qonuniyat sifatida ochilishi hisobga olinmaydi. Masalan, K.Magner pulning 
paydo bo‘lishi muammosini tadqiq etishni jamiyatning unda pul mavjud bo‘lmagan institutlardan 
holi bo‘lgan holatini tahlil qilishdan boshlab, so‘ngra esa ularning paydo bo‘lishiga individual 
agentlarning oqilona qarorlari natijasi sifatida qaraydi. O.Uilyamson ham asos sifatida 
institutlardan holi makon – institutlarsiz bozorni ko‘rib chiqadi, so‘ngra esa transaktsiya 
xarajatlarini qisqartiruvchi tuzilmalar sifatida firmalarning paydo bo‘lishini tadqiq etgan. 
J.Xodjsonning fikricha [55], neoinstitutsional olamning bunday taxmini noto‘g‘ri, chunki 
jamiyat azaldan institutsionallashgan. Ushbu xulosa, uning ta‘kidlashicha, ko‘plab 
iqtisodchilarning ―eski‖ maktab institutsionalistlarining g‘oyalariga qaytishiga sabab bo‘ldi. 
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, ―yangi‖ institutsional maktab, neoinstitutsional nazariya 
va yangi institutsional iqtisodiyot – bularning barchasi bitta narsa emas. ―Yangi‖ maktab, 
R.Nureevning fikricha, o‘z asoslariga ko‘ra bir-biridan farq qiluvchi ikkita so‘nggi yo‘nalish: 
neoinstitutsionalizm uchun neoklassik nazariya va yangi institutsional iqtisodiyot uchun ―eski‖ 
institutsionalizm yo‘nalishlariga asos bo‘lib xizmat qildi. 
Yangi institutsional iqtisodiyot vakillari tomonidan nafaqat ushbu yo‘nalish doirasida
balki boshqa yo‘nalishlar doirasida ham tan olinib, keng qo‘llanilgan bir necha nazariya ishlab 
chiqildi. Bular o‘yinlar nazariyasi (J. Fon Neyman, O.Morgenshtern, J.Nesh) va to‘liqsiz 
oqilonalik nazariyasi (G.Saymon) hisoblanadi [30]. Yangi institutsional iqtisodiyotning hozirgi 
zamon ishlanmalarini frantsuz maktabi iqtisodchilari – L.Teveno, O.Favro, A.Orlean, R.Buaye 
va boshqalar ishlarida uchratish mumkin [30, 31]. 
Biroq, institutsionalistlarning bahs-munozaralari bir yo‘nalishning boshq yo‘nalishdan 
ustunligini isbotlashga qaratilgan. Bir qator iqtisodchilar, xususan, T.Eggertsonning 
ta‘kidlashicha
6
, ―faqat vaqt munozaralarda hakam sifatida ishtirok etishi mumkin. Aynan 
metodologik 
ziddiyatlar 
tufayli 
J.R.Kommons 
boshchiligidagi 
eski 
amerika 
institutsionalistlarining urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi, chunki, 1984 yilda R.Kouz 
yozganidek, ―hech qanday nazariyaga ega bo‘lmagan ular (amerika institutsionalistlari) hali 
anglab etishni talab etuvchi quruq izohli materialdan boshqa hech narsani taklif eta olishmadi‖. 

Download 6,57 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot

Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish