|
Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarda qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalar Pdf ko'rish
|
bet | 112/123 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 6,57 Mb. | | #148347 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot (1)
3. Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarda qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalar
“SWOT-tahlil” metodi.
Metodning maqsadi: mavjud nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni tahlil qilish,
taqqoslash orqali muammoni hal etish yo‘llarni topishga, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash,
baholashga, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi.
Namuna:
Topshirik: Buxgalteriya hisobotini shakllantirishni SWOT tahlilini ushbu jadvalga
tushiring.
S
kuchli tomonlari
Moliyaviy hisobotni xalqaro tizimida tayyorlanishi
W
kuchsiz tomonlari
Hisobot turlari bo‘yicha ma‘lumotlarni yig‘ish
O
imkoniyatlari (ichki)
Hisob siyosati asosida ichki imkoniyatlar, ya‘ni
choraklik, yillik hisobot ma‘lumotlarini shakllantirish
T
To‘siqlar (tashqi)
Nazorat
nuqtai
nazardan
xo‘jalik faoliyatini
boshqarishda
boshqaruv
qarorlarini
amalga
oshmasligi
AQLIY HUJUM METODI
Aqliy hujum (breynstroming-aqllar to‘zoni) – amaliy yoki ilmiy muammolar echish
g‘oyasini jamoaviy yuzaga keltirishda qo‘llaniladigan metod.
Metod chegaralangan vaqt oralig‘i ichida aniq muammo (savol, masala)ni echishning
noan‘anaviy yo‘llarini izlash bo‘yicha o‘quvchilarni aqliy faoliyatini yo‘naltirishga asoslangan.
O‘quv mashg‘ulotidagi aqliy hujum uchunmuammoni tanlash quyidagi tamoyillar
bo‘yicha amalga oshiriladi:
tanlangan muammo nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi hamda o‘quvchilarda
faol qiziqish uyg‘otishi kerak;
ko‘p har xil ma‘nodagi echim variantlariga ega bo‘lishi kerak.
O‘qitish texnologiyasini ishlab chiqishda aqliy hujum metodi o‘quv mashg‘ulotining bir
lavhasi yoki butun mashg‘ulotni o‘tkazish asosi sifatida rejalashtirilgan bo‘lishi mumkin.
|
| |