|
Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot Pdf ko'rish
|
bet | 110/123 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 6,57 Mb. | | #148347 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot (1)Amaliy topshiriqlarni bajarish.
Amaliy topshiriqlarning ko‘pchiligi kichik guruhlar tarkibida bajariladi va
quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: yo‘riqnoma berish → o‘quv
topshiriqni bajarish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishish → topshiriqni
bajarish → natijalarning ommaviy taqdimoti → natijalarni umumlashtirish
va baholash.
Masalalar echish bo’yicha mashq.
Yakka tartibda amalga oshiriladi va quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
yo‘riqnoma berish – masalani echish – natijalarni tanlama taqdimoti -
umumlashtirish.
Muammoli masalalar va vaziyatlarni echish.
Muammoli masalalar va vaziyatlarniishlab chiqish juda katta mexnat talab
qiladi. Lekin talabalar tomonidan amaliy kasbiy faoliyatdan olingan
muammoli masalalarni echish va muammoli vaziyatlarni ko‘rib tahlil qilish
nazariyani haqiqqiy amaliyot bilan bog‘lashga imkon beradi. Bu o‘qitishni
faollashtirishga imkon beradi, talabalarga o‘rganilayotgan materialni amaliy
foydasini tushunishga yordam beradi.
Ta’lim beruvchi amaliy muammoli vaziyatlarni (keyslarni) echish.
Keys (muammoli vaziyatdan farqli ravishda) talabalarni muammoni
ifodalash, muammoli vaziyatni tahlil qilish va baholash, uni maqsadga
muvofiq echim variantlarini qidirishga yo‘naltiruvchi tashkilotlar, insonlar
guruhi yoki alohida individlarni hayotining muayyan sharoitlarini yozma
ravishda taqdim etilgan bayonini o‘z ichiga oladi.
Keysni echish jarayoni quyidagi bosqichlarini o‘z ichiga olish muhim:
→ muammoni yakka tartibda tahlil qilish va echish,
→ yakka tartibda topilgan echimni birgalikda (kichik guruhlarda) tahlil
qilish, o‘zaro maqbul echim variantini rasmiylashtirish,
→ guruh ishini taqdimoti,
→ muammoni echish usul va vositalarining eng maqbul variantini jamoaviy
tarzda tanlash.
Fiklash jarayoni, muammoli vaziyatni echish jarayonida paydo bo‘lingan,
mustaqil topilgan dalilllar orientirlarni, kasbiy boyliklarni topishga va
mustaqkamlashtirishga, kelgusi kasbiy faoliyati bilan aloqani anglashga
ko‘maklashadi.
|
| |