108
Ilm-fanningalohida
xususiy
muammolarini chuqurroq ishlab
chiqish.
qiziqishlarni uyg‘otadi. Talabalarni har birini qo‘shimcha ma‘ruzachi yoki
opponent sifatida tayyorlanib kelishga o‘rgatish juda muhim hisoblanadi.
Referatli ma‘ruzalarni yakuniy seminarda, uning
asosiy savollari avvaldan
muhokama qilib bo‘lingan, katta bir mavzu bo‘yicha ko‘rib chiqish
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Press-konferentsiya.
Qisqa so‘zga chiqishdan so‘ng birinchi savol bo‘yicha ma‘ruzachiga
(agarda ma‘ruzalar bir qator talabalarga berilgan bo‘lsa, o‘qituvchining o‘zi
ulardan biriga so‘z beradi) so‘z beriladi. Shundan so‘ng
har bir talaba
ma‘ruza mavzusi bo‘yicha unga savol berishi lozim. Savol va javoblar
seminarning markaziy qismini tashkil etadi. Qancha ko‘p jiddiy tayyorgarlik
ko‘rilsa, savollar shunchalik chuqur va mahoratli beriladi. Savollarga avval
ma‘ruzachi
javob beradi, so‘ngra u yoki boshqalar bo‘yicha istagan bir
talaba o‘z fikrini bildirishi mumkin. Bunday holatlarda qo‘shimcha
ma‘ruzachilar, agarda shundaylar belgilangan bo‘lsa,faol bo‘ladilar.
O‘qituvchi har bir muhokama qilinayotgan savol bo‘yicha,
yoki seminar
yakunida o‘z xulosasini qiladi.
O’zaro o’qish.
Tushunish va o‘zlashtirish uchun eng ko‘p murakkablikdagi savollarni
o‘rganish asosiy maqsadga ega bo‘lgan, seminar.
Seminar mobaynida
talabalarni o‘zaro o‘qishga yo‘naltirish muhim hisoblanadi: har kichik-
guruhga mavzuning bir savoli beriladi, bu bo‘yicha ular ishlaydilar va bunga
asos (ekspert varaqlar – savolni yoritish rejasi, tayyorlangan ma‘lumotlarni
vizual taqdim etish bo‘yicha tavsiyalar) beriladi.
Ekspert guruhlarning ish
natijalari taqdimotidan so‘ng o‘qituvchi xulosalar qiladi.