• 10-LABORATORIYA ISHI Mavzu:NaCO 3 va NaOH eritmasining birgalikdagi analizi. Ajratilgan vaqt-__ soat Ishdan maqsad
  • Kerakli asbob va reaktivlar
  • Guliston davlat universiteti «Kimyo» kafedrasi Abduraxmonova O’. Q., Yettiboeva L. A




    Download 1.77 Mb.
    bet14/21
    Sana04.04.2023
    Hajmi1.77 Mb.
    #48707
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Лаборатория учун услубий курсатмалар
    malumot dars , Buxoriy - Vikipediya, 6.Zamon.kom.ning tuzilishi, apparat va dasturiy modellari, Nurmatov Abu Bakr Siddiq Mustaqil ish Sotsalogiya, 9-mavzu bo\'yicha test, ReadMe UzTransLit, ing1, ing4, amaliy mashg\'ulot 4, 1700153920, Referat Mavzu Axborot xavfsizligida risklarni boshqarish jarayo, 13 – amaliy mashg’ulot, 3-sinf-sinf-soati-ish-reja-va-konspekti, 2-lab
    Nazorat savollari:

    1.Ammoniy tuzlari tarkibidagi NH3 ni aniqlashning usullari.


    2.Ammoniy tuzlari bilan ishqor orasidagi oddiy bo’ladigan reaktsiya natijasi.
    3.Ammoniy tuzlari tarkibidagi NH3 ni aniqlash bo’yicha qilinadigan hisob kitoblar.


    10-LABORATORIYA ISHI
    Mavzu:NaCO3 va NaOH eritmasining birgalikdagi analizi.
    Ajratilgan vaqt-__ soat


    Ishdan maqsad: NaOH va Na2C03 eritmasining birgalikdagi analizida uning eritmalarini aniqlash.


    Kerakli asbob va reaktivlar: 250 ml sig’imli o’lchov kobasi, pipetka, NaOH, Na2C03, HC1, distillangan suv, BaC12, fenolftolein, metiloranj.


    Nazariy qism
    Ma’lumki, ishqorlar havodan C02 ni yutib, karbonatlarga aylanadi.
    Shu sababli o’yuvchi natriy eritmasidan har doim Na2C03 qo’shimchasi bo’ladi. Ba’zi xollarda eritmadagi NaOH va Na2C03 miqdorini bilish kerak. Shuning uchun ikkinchi misol tariqasida NaOH va Na2C03 ning ikkalasi ishtirok etganda ularni aniqlashni ko’rib chiqamiz. Bu masalani hal qilish uchun 2 usuldan foydalanish mumkin.

    1. CO2" ionlarini cho’ktirishga asoslangan metod.

    2. Ikkala ekvivalent nuktani topish metodi.



    CO~ ionlarini cho’ktirishga asoslangan metod.
    Bu metod ancha aniq bo’lib, bunda tekshirilayotgan eritmaning bir qismi metiloranj ishtirokida HC1 eritmasi bilan titrlanadi; ikkinchi qismiga BaC12 eritmasi qo’shib, CO~2 ionlari cho’ktiriladi. So’ngra BaC03 ni filtirlab olmasdan turib eritma fenolftalein ishtirokida titrlanadi. Birinchi namunani titrlashda natijasida NaOH va Na2C03 ni titirlash uchun sarf bo’lgan? xlorid kislotaning umumiy hajmi (V1) topiladi; ikkinchi namunani titirlash natijasida esa faqat NaOH ni netrallanish uchun sarf bo’lgan xlorid kislotaning hajmi (V2) aniqlanadi. Bu ikki xajm orasidagi ayirma (V1 — V2) Na2C03 ni neytrallash uchun sarf bo’lgan HC1 hajmini ko’rsatadi.
    Bajarilish tartibi.

    NaOH va Na2C03 aralashmasidan iborat eritmani 250 ml sig’imli o’lchov kolbasiga solib, uni kolbaning belgisiga qadar tarkibida C02 bo’lmagan distillangan suv bilan suyultiring va yaxshilab aralashtiring. Pipetka yordamida 25,00 ml eritma olib, unga 1—2 tomchi metiloranj qo’shing va HC1 eritmasi bilan, titrlang. Anik titirlashni 2 — 3 marta qaytarib, natijalarning o’rtacha arifmetik qiymatiny oling.


    O’lchov kolbasidagi eritmadan yana 25 ml olib, unga BaC12 ning 0,1 n. Eritmasidan 10 ml va 8 — 10 tomchi fenolftolein qo’shing. Hosil bo’lgan (BaC03) cho’kmani filtrlamasdan turib, eritmani xlorid kislota eritmasi bilan kizil rang yo’kolguncha titrlang; titrlash vaqtida eritmani oxistalik bilan chayqatib turing. Tajribani yana 1 — 2 marta takrorlab, o’zaro mos keladigan natijalarning o’rtacha arifmetik qiymatini oling.

    Hisoblash


    Metiloranj ishtirokida titrlash uchun o’rtacha 24,42 ml, fenolftolein ishtirokida titrlash uchun esa (CO32- ionlarini cho’ktirib bo’lgandan keyin) 20,16 ml HC1 ketgan deb faraz qilaylik. Keyingi qiymat NaOH ni neytrallash uchun sarf bo’lgan HC1 hajmini ko’rsatadi. Binobarin, Na2C03 ni neytrallash uchun 24,42 — 20,16+4,26 ml H2O eritmasi ketadi. Birinchi metodda ko’rsatilgandek mulohaza qilish bilan 250 ml eritmadagi NaOH va Na2C03 miqdorlarini hisoblab chiqaring.



    Download 1.77 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




    Download 1.77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Guliston davlat universiteti «Kimyo» kafedrasi Abduraxmonova O’. Q., Yettiboeva L. A

    Download 1.77 Mb.